Bo’zatovdagi Mustaqillik bayramida salyut otildi

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligini Bo’zatov tumani ahli o’zgacha ruhda bayramladi. Chunki, mazkur qutlug’ sanaga bag’ishlangan bayram tadbiri bu yil hududning ayni o’zida yuqori darajada tashkil etildi.

Barchamizga ma’lum, joriy yilning 20-21 avgust kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning respublikamizga tashrifi chog’ida chorvachilikga ixtisoslashtirilgan Bo’zotov tumanini tashkil etish tashabbusini xalqimiz, ayniqsa, bo’zatovliklar katta quvonch bilan qarshi olgan edi.

Qutlug’ ayyom munosabati bilan 31 avgust kuni Bo’zatov tumani markazida «Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!» shiori  ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qoraqalpog’ison Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining qo’mita raislari, vazirlik, muassasa, tashkilotlar rahbarlari, shahar va tuman hokimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev yig’ilganlarni eng ulug’, eng aziz bayramimiz bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirga respublikamizning taniqli san’atkorlari tashrif buyurib, o’z san’atlari bilan tuman ahliga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

Kontsert dasturi yakunida bayram salyuti otildi. Har xil ranglarda, turli xil ko’rinishda tungi osmonda yog’du sochgan salyutlar barchaga bayramano kayfiyat bag’ishladi.