LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN QORAQALPOQ ALIFBOSINI JORIY ETISh TO’G’RISIDA

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

26.02.1994 y. № 367/XII

  

LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN QORAQALPOQ ALIFBOSINI JORIY ETISh TO’G’RISIDA

 

Ushbu Qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan:

10.06.1995 y. 50/I-sonli Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni

29.12.1995 y. 143/I- sonli Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni

08.10.2009 y. 253/III- sonli Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni

10.06. 2016 y. 92/IX-sonli Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni

 

Ushbu sonli Qonuni O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyalariga asoslanib, 1925-1940 yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har tomonlama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

 

1-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasida quyidagi 34 harfdan (jumladan 6 ta harf uct belgisi bilan) iborat lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosi joriy etilsin (ilova qilinadi). (QR 10.06.1995 y. 50/I-sonli, 29.12.1995 y. 143/I-sonli, 08.10.2009 y. 253/III-sonli, 10.06. 2016 y. 92/IX-sonli Qonunlariga asoslanib o’zgartirishlar kiritilgan)

 

2-modda. Lotin yozuvi asosidagi qoraqalpoq alifbosini joriy etish bilan birga qoraqalpoq xalqining milliy iftixori bo’lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab yozuvini va kirillitsani o’rganish hamda ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.

 

Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosi