«Moynoq akva sanoat» korxonasi ishga tushdi

28 dekabr kuni Moynoq tumanida “Moynoq akva sanoat” korxonasi foydalanishga topshirildi. Bu Yangi yil arafasida tuman aholisi uchun katta sovǵa boldi.

Korxonaning ochilish marosimida sӯzga chiqqan Qoraqalpoǵiston Respublikasi Joqorǵi Kengesining Raisi M.Erniyazov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar, ozgarish va yangilanishlar barcha hududlar qatori respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida, xalqimiz turmushida ozining ijobiy natijalarini berayotganini takidladi. Buni Moynoq tumani misolida ham korishimiz mumkin.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolboyi mintaqasi uchun kop sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolboyi xalqaro innovaciya markazi, Orolboyida innovaciyalarni qollab-quvvatlash jamǵarmasi tashkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya ormonzorlari, Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda.

Shu bilan birga, tumanning iqtisodiy-ijtimoiy infratuzulmasini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning otgan yilgi tashrifi davomida berilgan korsatmalar asosida hukumatning Moynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilinib, otgan qisqa vaqt ichida qator obektlar foydalanishga topshirildi.

«Moynoq akva sanoat» korxonasi – ana shunday yirik loyihalarning biridir. Loyiha qiymati 20,2 milliard somlik mazkur korxonada 150 ishchi orni yaratilgan bolib, yiliga qlkariyb 4 ming tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu erde 200 tonna tuzlangan baliq, 780 tonna farsh, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqariladi. Mahsulotlarining 30 foizini qoshni davlatlarga eksport qilishni rejalashtirilgan.