JO’QORG’I KENGES RAISI ELLIKQAL’A, TO’RTKO’L VA BERUNIY TUMANLARIDA TAShKIL ETILGAN QIShLOQ XO’JALIGI SEMINARLARIDA QATNAShDI

Bugun Ellikqal’a, To’rtko’l va Beruniy tumanlarida joriy yilgi chigit ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan ko’rgazmali seminarlar tashkil etildi.

Ellikqal’a   tumanidagi  “Xudaybergan Ernazarov” fermer ho’jaligida o’tkazilgan ana shunday seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Raisi M.Kamalov, Jo’qorg’i Kengesning Agrar, suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza  qilish va ekologiya masalalari bo’yicha qo’mita raisi D.Utambetov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari S.Xojametov, Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq ho’jaligi vaziri A.Yakubov, Ellikqal’a tuman hokimi S.Avezov, tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining  o’rinbosarlari, sohaga masul tashkilot va korxonalar, paxta klasterlari korxonalari rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Raisi M.Kamalov so’zga chiqib yi­g’ilganlarni chigit ekish ishlari boshlanishi bilan tabrikladi.

Seminarda zamonaviy texnika vositalari va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ko’rgazmasi, shuningdek, tumanda yoshlarga ajratilayotgan ekin erlaridan samarali foydalanish va mo’l hosil olish bo’yicha namunali ko’rgazma tashkil  qilindi.

Mutasaddilarga chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash bo’yicha tavsiyalar berildi. Buning uchun mavjud texnikalar kuchidan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Bajarilishi lozim masalalar belgilab olindi. Chigit ekish ishlari belgilangan muddatlarda sifatli olib borish uchun tumanda barcha sharoitlar yaratildi.

Ma’lumot o’rnida aytish joiz, bu yil Ellikqal’a tumanida  2021 yil hosili uchun chigit ekish ishlarini uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida puxta tayyorgarlik ko’rildi. Tumanda 10 ming 195 gektardan ortiq erga chigit qadab, mo’l hosil olish maqsad qilingan. Buning uchun hozirgi kunda 32 otryad tashkil etilgan.

Nuroniy otaxonlar duosi bilan chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.

To’rtko’l tumanida o’tkazilgan seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Raisi M.Kamalov, Jo’qorg’i Kengesning Agrar, suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo’yicha qo’mita raisi D.Utambetov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari S.Xojametov, Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq ho’jaligi vaziri A.Yakubov, tuman hokimi R.Shamuratov hamda sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi sohasiga mas’ul tashkilotlar, paxta klasterlari vakillari, fermer xo’jaliklari raislari ishtirok etdilar.

To’rtko’l tumanida 2021 yil hosili uchun 9330 gektar maydonga 37320 tonna chigit ekish rejalashtirilgan.

Beruniy tumanidagi seminar “Qizilqal’a” OFY dagi “Nurislom Anira” fermer ho’jaligi paxta dalasida tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov, Jo’qorg’i Kengesning Agrar, suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo’yicha qo’mita raisi D.Utambetov,Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv ho’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari S.Xojametov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Bosh prokurori F.Allambergenov, Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov,   Beruniy tumani hokimi A.Saparbaev, “Beruniy klaster” MChJ rahbari G’.Isomiddinov va soha mutasaddilari ishtirok etdi.

 

Ellikqal’a, To’rtko’l va Beruniy tumanlari hokimliklari axborot xizmatining xabarlari asosida tayyorlandi