«Parlament o’yinlari» sport musobaqalarining hududiy bosqichi yakunlandi

Nukus shahrida “Parlament o’yinlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi qaroriga muvofiq, senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb qilish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida o’tkazilayotgan “Parlament o’yinlari” sport musobaqalarining hududiy bosqichida Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati ishtirokchilari sportning mini-futbol hamda badminton singari turlari bo’yicha bahslashdi.

Musobaqaning hududiy bosqichi yakunlanib, g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Taqdirlash marosimida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov  «Parlament o’yinlari» sport musobaqalarining hududiy bosqichi g’oliblarini tabrikladi.

«Parlament o’yinlari» sport musobaqalarining hududiy bosqichida mini-futbol bo’yicha o’tkazilgan bahslarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi jamoasi, badminton bo’yicha xotin-qizlar o’rtasida Jo’qorg’i Kenges qo’mita raisi, deputat Z.Reymova birinchi o’rinni egallab, respublika bosqichiga yo’llanma oldi.

«Parlament o’yinlari» sport musobaqalarining hududiy bosqich g’olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

 

Tadbirda san’at ustalari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati