QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI JO’QORG’I KENGESINING O’N SAKKIZINChI SESSIYaSI TO’G’RISIDA AXBOROT

12 iyun kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Videokonferentsaloqa tarzida o’tgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati a’zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov kirish so’z bilan ochdi va boshqarib bordi.

Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni «Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo’mitasi to’g’risida»gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirda) loyihasini ko’rib chiqish to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurash masalalari bo’yicha qo’mita raisi Z.Reymova bayonot qildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu Qonun loyihasining maqsadi – Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarini, yuqori davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari aktlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo’yicha huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Taqdim etilayotgan qonun loyihasi V bob va 45 moddadan iborat.

Qonun loyihasida nazarda tutilgan asosiy o’zgartirishlarning biri bu Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirishdagi umumiy qoidalarga, qo’mita a’zolarining maqomiga, qo’mita vakolatlari va masalalarni qarab chiqishining asosiy qoidalariga, qo’mita faoliyatini tashkil etish va uning xizmatiga doir boshqa masalalarga yanada aniqlik, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga qaratilgan.

Bu masala bo’yicha 57-sonli “Tazajol” saylov okrugidan deputat R.Matqurbanov so’zga chiqdi.

Deputatlar bu masala bo’yicha tegishli qaror qabul qildi.

Sessiyada ““2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining Qoraqalpog’iston Respublikasida ijrosi bo’yicha Vazirlar Kengashining hisoboti to’g’risida”gi masala ko’rib chiqildi. Bu masala bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ma’lumot berdi.

 

Sessiya kun tartibida «Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining o’rinbosarini saylash to’g’risida»gi masala ko’rib chiqildi. Bu lavozimga Ktaybekov Baxram Qurbanbaevichning nomzodi taklif etildi.

Bu masala bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi – Ktaybekov Baxram Qurbanbaevich Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining iqtisodiy ishlar bo’yicha o’rinbosari lavozimiga saylandi.

Shuningdek, sessiyada  «Qoraqalpog’iston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqida», “Shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reyting baholash ko’rsatkichlari, amaliy chora-tadbirlar rejalari hamda bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida Iqtisodiy rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirish vazirligining hisoboti to’g’risida», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal qilish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Kengashining hamda shahar, tuman hokimlarining hisobotlari to’g’risida», “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi hududiy vakilining 2021 yil birinchi choragi davomida olib borgan ishlari bo’yicha hisoboti to’g’risida”, «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining ayrim qo’mitalari hamda komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish to’g’risida», «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to’g’risida»gi masalalar ko’rib chiqilib, bu bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Shu bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n sakkizinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati
M.Habibullaev olgan suratlar