QUTLOVLAR

Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi Murat Kamalov 66 yoshini qarshi olmoqda.

Sana munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi parlamenti, hukumati vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, taniqli davlat va jamoat arboblari samimiy tabriklab, o’zlarining ezgu tilaklarini bildirmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Qoraqalpog’iston xalqining farovon turmushini ta’minlash, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratayotgan alohida e’tiborini yuksak baholab, bu borada amalga oshirayotgan ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati

Surat: senat.uz