Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida 27 iyun – Matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tantanali tadbirda matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, soha faxriylari ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining qo’mita raisi D.Qurbaniyazov Matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashining bayram tabrigini o’qib eshittirdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, so’nggi yillarda yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida axborot va so’z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, soha fidoyilarini  munosib rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Prezidiumining qarori bilan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy qv madaniy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar va yangilanishlarni keng jamoatchilikka etkazishdagi faolligi, aholining ma’naviy dunyosini boyitishdagi fidoyiligi, o’z kasbiga bo’lgan sadoqati uchun bir guruh matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlari faxriy unvon va ko’krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashkil topganiga 90 yil, «Qaraqalpaqstan jaslarы» gazetasi chop etila boshlaganiga 90 yil, «Xalq minbari» gazetasi va «Miynet bayrag’ы» gazetasiga 75 yil, «Qanlыkөl xabarlarы» gazetasiga 50 yil, «Qaraqalpaq әdebiyatы» gazetasi chop etila boshlaganiga 10 yil to’lishi munosabati bilan ushbu gazetalar tahririyatiga, shu bilan birga, bir qator matbuot, televidenie va radio, internet jurnalistikasi, axborot xizmati, nashriyot xodimlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Bu kabi tadbirlar respublikamiz shahar va tumanlarida ham uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati