JO’QORG’I KENGES XODIMLARI KORONAVIRUSGA QARShI VAKTsINA OLDI

Hech kimga sir emas, butun dunyoni tashvishga solgan, odamlarning boshiga og’ir sinov bo’lib kelgan koronavirus infektsiyasi bugungi kunda ham turli shtammlarda, sohiliga urilgan dengiz kabi bir necha to’lqinlarda qayta tarqalmoqda.

Hozirgi vaqtda barcha davlatlarda, jumladan, yurtimizda ham koronavirusga qarshi kurash borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholini bosqichma-bosqich koronavirusga qarshi ommaviy emlash ana shunday tadbirlardan biridir.

Albatta, bugungi kunda xalqimizning salomatligini mustahkamlashda va ularni bu kasallikdan asrashda mazkur chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Avval xabar berilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, uning o’rinbosari, qo’mita raislari va Jo’qorg’i Kenges Apparatining mutaxassislari hamda xodimlari koronavirusga qarshi vaktsina olmoqda.

 

Joriy yilning 9 avgust kuni barcha xodimlar belgilangan tartibda, o’z xohishiga ko’ra yurtimizda tan olingan vaktsinalarning biri bilan 2-bosqichda emlandi.

Ma’lumot uchun, iyul oyida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi rahbariyati va Jo’qorg’i Kenges Apparatining mutaxassislari hamda texnik xodimlari koronavirusga qarshi vaktsina bilan 1-bosqichda emlangan edi.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati