OKRUG SAYLOV KOMISSIYaSI TARKIBIGA NOMZODLAR TAVSIYa ETILDI

10 avgust kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yigirma birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Videokonferentsaloqa tarzida o’tgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati a’zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov kirish so’z bilan ochdi va boshqarib bordi.

Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 24 oktyabr kuni yurtimizda Prezident saylovi bo’lib o’tadi. Saylov kampaniyasi 23 iyuldan boshlandi. Bugungi kunda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov okruglari tuzilgan.

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasiga muvofiq okrug saylov komissiyasigi nomzodlar Jo’qorg’i Kenges tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga tavsiya etiladi.

Sessiya majlisi kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentini saylovni o’tkazuvchi 1-Qoraqalpog’iston okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida masala ko’rib chiqildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro’yxatini o’qib eshittirdi.

Bu masala bo’yicha Jo’qorg’i Kenges deputatlari tegishli qaror qabul qildi.

Shuningdek, sessiyada «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to’g’risida»gi masala ko’rib chiqilib, bu bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Shu bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yigirma birinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati