Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi

Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning ma’naviyatini rivojlantirish, iqtisodiy qudratini mustahkamlash, tinchligini asrash, xalqimizning farovon turmushini ta’minlashdagi alohida xizmatlari, jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun bir guruh vatandoshlarimiz O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida Prezidentimizning farmonlari bilan faxriy unvonlar, orden va medallar, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesida ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov yig’ilganlarni eng ulug’, eng aziz bayramimiz, yurtimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan qizg’in tadbrikladi.

Ta’kidlanganidek, so’nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan hayotimizning barcha jabhalarida keng ko’lamli islohotlar, yaratuvchanlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi O’zbekistonni barpo etish, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ulkan o’zgarishlarni amalga oshirish, xalqimizning baxtli va farovon hayotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirishda fidoiylik ko’rsatgan, yurtimiz mustaqilligining yanada mustahkamlanishiga katta hissasini qo’shib kelayotgan vatandoshlarimizning mehnati yuksak baholanmoqda.

Tadbirda davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar, esdalik nishonlari o’z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlanganlar nomidan so’zga chiqqanlar mehnatlarini yuksak baholagani uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik izhor qildi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati