DAVLAT MUKOFOTLARI TOPShIRILDI

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashdagi, uning iqtisodiy salohiyatini orttirishdagi, sohalarda olib borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi samarali xizmatlari, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning farovon turmushini ta’minlash yo’lidagi fidokorona mehnatlari, jamiyatimizda millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g’olyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi uchun bir guruh vatandoshlarimiz faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari bilan taqdirlangan edi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesida 1 sentyabr kuni mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo’ldi.

Tantanali tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan qizg’in muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta islohotlar, o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat rahbarining respublikamizga bo’lgan alohida e’tibori va g’amxo’rligi natijasida barcha hududlarda keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari, xalqimizning farovon turmushini ta’minlash bo’yicha bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ezgu ishlarda faol ishtirok etgan bir guruh vatandoshlarimiz yurtimizning yuksak mukofotlarini olishga muyassar bo’ldi.

Tadbirda faxriy unvonlar, ko’krak nishonlari o’z egalariga topshirildi.

Mukofotlanganlar nomidan so’zga chiqqanlar mehnatlarini yuksak baholagani uchun respublikamiz rahbarlariga o’z minnatdorchiligini izhor qildi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati