JO’QORG’I KENGES RAISI MAKTAB O’QUVChILARIGA «MUSTAQILLIK DARSI»NI O’TDI

Respublikamizdagi umumta’lim maktablarida 2021/2022 o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan birinchi qo’ng’iroq va “Mustaqillik darsi” tadbirlari o’tkazildi.

Poytaxtimizdagi 37-umumta’lim maktabida o’tkazilgan tantanali tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.

O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari davlat madhiyalari ijro etildi.

Tadbirda Jo’qorg’i Kenges Raisi maktab o’quvchilarini yangi o’quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g’oya asosida ta’lim va tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi, o’quvchilarning kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga katta hissa qo’shishiga qat’iy ishonch bildirib, ularga bu yo’lda muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda birinchi qo’ng’iroq chalindi.

Shundan so’ng Jo’qorg’i Kenges Raisi 1 sinf o’quvchilariga “Mustaqillik darsi”ni o’tib, mustaqillik, tinchlik, farovonlik singari tushunchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot va o’zgarishlardagi, erishilayotgan muvaffaqiyatlardagi roli haqida hayotiy misollar bilan aytib berdi va o’quvchilarga Prezident sovg’alarini topshirdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati