Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g’oliblari taqdirlandi

Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o’tkazildi.







Festival YuNESKO, AYSESKO, TURKSOY, MDHning Ijroiya qo’mitasi, Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo’yicha xalqaro tadqiqot markazi kabi nufuzli tashkilotlardan tashrif buyurgan martabali mehmonlar, dunyoning turli davlatlaridan kelgan 260 nafardan ziyod xalq ijodiyoti namoyandalari, san’at va madaniyat arboblari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi.

Festival doirasida poytaxtimizda «Baxshichilik san’atining jahon madaniyati tsivilizatsiyasida tutgan o’rni» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya hamda «Orol baliqlaridan 99 xil taomlar» Gastronomik festivali ham o’tkazildi.

Festival kontsert dasturi bilan yakunlandi.












Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati