1

OKRUG SAYLOV KOMISSIYaSI TARKIBIGA NOMZODLAR TAVSIYa ETILDI

10 avgust kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yigirma birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Videokonferentsaloqa tarzida o’tgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati a’zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi M.Kamalov kirish so’z bilan ochdi va boshqarib bordi.

Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 24 oktyabr kuni yurtimizda Prezident saylovi bo’lib o’tadi. Saylov kampaniyasi 23 iyuldan boshlandi. Bugungi kunda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov okruglari tuzilgan.

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasiga muvofiq okrug saylov komissiyasigi nomzodlar Jo’qorg’i Kenges tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga tavsiya etiladi.

Sessiya majlisi kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentini saylovni o’tkazuvchi 1-Qoraqalpog’iston okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida masala ko’rib chiqildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro’yxatini o’qib eshittirdi.

Bu masala bo’yicha Jo’qorg’i Kenges deputatlari tegishli qaror qabul qildi.

Shuningdek, sessiyada «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to’g’risida»gi masala ko’rib chiqilib, bu bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Shu bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yigirma birinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati




Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yigirma birinnchi sessiyasining ochilishi to’g’risida

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining yigirma birinchi sessiyasi 2021 yil 10 avgust kuni soat 17.30 da Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining majlislar zalida ochiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati




QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI JO’QORG’I KENGESINING O’N SAKKIZINChI SESSIYaSI TO’G’RISIDA AXBOROT

12 iyun kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Videokonferentsaloqa tarzida o’tgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati a’zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov kirish so’z bilan ochdi va boshqarib bordi.

Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni «Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo’mitasi to’g’risida»gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirda) loyihasini ko’rib chiqish to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurash masalalari bo’yicha qo’mita raisi Z.Reymova bayonot qildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu Qonun loyihasining maqsadi – Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarini, yuqori davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari aktlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo’yicha huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Taqdim etilayotgan qonun loyihasi V bob va 45 moddadan iborat.

Qonun loyihasida nazarda tutilgan asosiy o’zgartirishlarning biri bu Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirishdagi umumiy qoidalarga, qo’mita a’zolarining maqomiga, qo’mita vakolatlari va masalalarni qarab chiqishining asosiy qoidalariga, qo’mita faoliyatini tashkil etish va uning xizmatiga doir boshqa masalalarga yanada aniqlik, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishga qaratilgan.

Bu masala bo’yicha 57-sonli “Tazajol” saylov okrugidan deputat R.Matqurbanov so’zga chiqdi.

Deputatlar bu masala bo’yicha tegishli qaror qabul qildi.

Sessiyada ““2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining Qoraqalpog’iston Respublikasida ijrosi bo’yicha Vazirlar Kengashining hisoboti to’g’risida”gi masala ko’rib chiqildi. Bu masala bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ma’lumot berdi.

 

Sessiya kun tartibida «Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining o’rinbosarini saylash to’g’risida»gi masala ko’rib chiqildi. Bu lavozimga Ktaybekov Baxram Qurbanbaevichning nomzodi taklif etildi.

Bu masala bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi – Ktaybekov Baxram Qurbanbaevich Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining iqtisodiy ishlar bo’yicha o’rinbosari lavozimiga saylandi.

Shuningdek, sessiyada  «Qoraqalpog’iston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqida», “Shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reyting baholash ko’rsatkichlari, amaliy chora-tadbirlar rejalari hamda bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida Iqtisodiy rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirish vazirligining hisoboti to’g’risida», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal qilish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Kengashining hamda shahar, tuman hokimlarining hisobotlari to’g’risida», “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi hududiy vakilining 2021 yil birinchi choragi davomida olib borgan ishlari bo’yicha hisoboti to’g’risida”, «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining ayrim qo’mitalari hamda komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish to’g’risida», «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to’g’risida»gi masalalar ko’rib chiqilib, bu bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Shu bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n sakkizinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati
M.Habibullaev olgan suratlar




Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n oltinchi sessiyasi: Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining raisi saylandi

13 fevral kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 

Videokonferentsaloqa tarzida o’tgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati a’zolari, tegishli soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov kirish so’z bilan ochdi va boshqarib bordi.

Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan maxsus Farmon bilan sud tizimiga tashkiliy-tuzilmaviy o’zgarishlar kiritildi. Shu asosda hududimizdagi jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik sudlari birlashtirilib, ular asosida sudyalarning qat’i ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi tashkil etildi.

Sud sohasiga kiritilgan o’zgarishlarni hisobga olib, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n beshinchi sessiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasining tegishli moddalariga qo’shimchalar kiritildi va deputatlarimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanib, Qonun qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida «Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining raisini saylash to’g’risida»gi masala ko’rib chiqildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq, Bazarbaeva Gulnara Jumanazarovnani Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining raisi etib saylash to’g’risidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining taqdimnomasi deputatlar e’tiboriga taqdim etildi.

Bu masala bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi  – Bazarbaeva Gulnara Jumanazarovna besh yil muddatga Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining raisi lavozimiga saylandi.

Shu bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n oltinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati




QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI JO’QORG’I KENGESINING O’N BEShINChI SESSIYaSI TO’G’RISIDA AXBOROT

12 fevral kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Videokonferentsaloqa tarzida o’tgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati a’zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining o’rinbosari A.Davletov kirish so’z bilan ochdi va boshqarib bordi.

Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini orttirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni sud-huquq tizimi sohasidagi davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishda, sud hokimiyatining tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlashda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishda, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan asosiy yo’nalishlarni belgilab berishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O’z navbatida, mazkur farmonda belgilangan vazifalar fuqarolarning sudma-sud sarson-sargardon bo’lib yurishini bartaraf etib, ularning muammosini bir joyda hal qilish, sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirish, shuningdek, sudlarni tashkiliy-moliyaviy va moddiy-texnik tomondan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash imkoniyatini bermoqda.

Kun tartibidagi birinchi masala – ya’ni «Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqidagi masala bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari qo’mitasi raisi Z.Reymova, 45-son «Shumanay» saylov okrugidan deputat, senator U.Jalmenov so’zga chiqdi.

Bu masala bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Barchamizga ma’lum, joriy yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.

10 fevral kuni Hurmatli Prezidentimiz raisligida ushbu Davlat dasturining ijrosini samarali tashkil etish bo’yicha videoselektor yig’ilishi o’tkazildi.

Mazkur videoselektor yig’ilishida davlatimiz rahbari rivojlanishdan ortda qolayotgan tumanlar va og’ir ahvoldagi mahallalarning yo’li, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmog’ini yaxshilash, tibbiyot va ta’lim tizimidagi islohotlarni eng uzoq qishloqlargacha etkazish, yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash, dehqonchilik bilan shug’ullanishni istagan yoshlarga 10 sotixdan 1 gektargacha er ajratish va bu jarayonda jamoatchilik fikrini inobatga olish, hududlardagi yirik ziyorat ob’ektlari atrofini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari joylardagi “o’sish nuqtalari”dan kelib chiqib, shakllantirilish hamda mahalliy kengashlarga kiritish, madaniyat markazlari, muzeylar va teatr binolarini ta’mirlash hamda jihozlash, kommunal xizmatlar tizimini yanada yaxshilash singari bir qator eng muhim vazifalarga to’xtalib o’tdi hamda ijrosini ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Sessiyada Davlat dastur yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirishda, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etishi, undagi har bir bandning ijrosi bo’yicha deputatlik nazorat o’rnatilishi  va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, har chorakda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, takliflar, xususan, Davlat dasturi ijrosi bo’yicha sektorlar va tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib, tanqidiy muhokama qilib borilishi aytib o’tildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala – ya’ni “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining ijrosini samarali tashkil etish haqidagi masala bo’yicha Qoraqalpo­g’­iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari M.Jumanov bayonot qildi.

Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo’mitasi raisi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Jo’qorg’i Kengesdagi fraktsiyasi rahbari D.Qurbaniyazov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Yoshlar siyosati va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari qo’mitasi raisi, senator A.Daniyarov, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Jo’qorg’i Kengesdagi fraktsiyasi rahbari T.Romanov, O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Jo’qorg’i Kengesdagi fraktsiyasi rahbari Sh.O’temisov, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining Jo’qorg’i Kengesdagi fraktsiyasi rahbari X.Eshimbetov, O’zbekiston Ekologik partiyasining Jo’qorg’i Kengesdagi fraktsiyasi a’zosi M.Gaipov  so’zga chiqib, Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning o’z muddatlarida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy deputatlik nazorati amalga oshirilishini ta’kidladi.

Bu masala bo’yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Sessiyada “Ayollar daftari” bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining hisoboti haqidagi masala bo’yicha vazirning birinchi o’rinbosari M.Axmedova, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturida belgilangan vazifalarning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ijrosi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirining hisoboti haqidagi masala bo’yicha vazir A.Yakubovning hisobotlari tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, sessiyada Jo’qorg’i Kenges Prezidiumi tomonidan sessiyalar oralig’ida qabul qilingan tegishli qarorlarni tasdiqlash to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Shu bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n beshinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi matbuot xizmati
M.Habibullaev olgan suratlar