Jo'qorg'i Kenges Raisi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi
Orinbayev Amanbay Tleubayevich
Tug’ilgan sanasi: 17.09.1979
Tug’ilgan joyi: Kegeyli tumani
Millati: qoraqalpoq
Ma’lumoti: oliy
O’qish joyi: 2002 y. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi; 2004 y. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi; 2011 y. - O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi
Mutaxassisligi: huquqshunos, politolog
Ilmiy darajasi: -
Ilmiy unvoni: -
Chet tillarini bilishi: rus tili
Qo’shimcha ma’lumotlar Hudud: Chimboy tumani
Saylov okrugi: 56-son «Berdaq» saylov okrugi
Qo’mitaga a’zoligi: -
Fraktsiyaga a’zoligi: -
Partiyaga mansubligi: -
Davlat mukofotlari: 2013 y. - "Do'stlik" ordeni 2015 y. - "Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yurist"
MEHNAT FAOLIYATI
1996-1998 yy. - Kegeyli tumani qurilish montaj boshqarmasi ishchisi
1998-2002 yy. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi
2002-2003 yy. - Kegeyli tumani ichki ishlar bo'limi militsiya bo'linmasining jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish guruhi tezkor vakili
2003-2004 yy. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistranti
2004-2006 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili
2006-2009 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkib bo'yicha maxsus inspektsiyasi tezkor vakili
2009-2011 yy. - O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi tinglovchisi
2011-2012 yy. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va me’yoriy hujjatlarni tayyorlash bo'linmasi katta huquq-maslahatchisi
2012-2014 yy. - Amudaryo tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari - jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'linmasi boshlig'i
2014-2016 yy. - Amudaryo tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i
2016-2017 yy. - Nukus shahri ichki ishlar bo'limi boshlig'i
2017-2019 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig'i
2019-2020 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari
2020-2021 yy. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari - jamoat tartibini saqlashni tashkillatirish boshqarmasi boshlig'i
2021-2022 yy. - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig'i
2022-2022 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
2022-2022 yy. - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo'yi hududini rivojlantirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari
2022 yil 26 avgusttan - Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi