Jo’qorg’i Kenges deputatlari

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deputatlari

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga saylangan va Qoraqalpog’iston Respublikasi «Caylov to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat bo’lib hisoblanadi.Deputat Jo’qorg’i Kengesning vakolat muddatiga saylanadi.

Jo’qorg’i Kengesning deputatlari Jo’qorg’i Kengesda doimiy asosda ishlashi mumkin hamda o’z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin emas.

Deputat Jo’qorg’i Kengesning sessiyasida ko’rib chiqilayotgan barcha masalalar bo’yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.

 

Deputat:

– Jo’qorg’i Kengesning qo’mitalari va komissiyalariga saylash va saylanishga;

– Jo’qorg’i Kengesning sessiyalarida ko’rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;

– Jo’qorg’i Kenges sessiyasining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko’rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;

– qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;

– Jo’qorg’i Kenges tomonidan tuziladigan qo’mitalarning va komissiyalarning yakka tarkibi va saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan lavozimli shaxslarning nomzodlari bo’yicha fikr bildirishga;

– munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;

– deputat so’rovi bilan murojaat etishga;

– o’z takliflarini asoslab berish uchun so’zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;

– Jo’qorg’i Kenges sessiyasida raislik qiluvchiga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;

– o’zi a’zo bo’lgan Jo’qorg’i Kenges qo’mitalarining va komissiyalarining qaroriga qo’shilmagan taqdirda o’z nuqtai nazarini sessiya majlisida bayon etishga yoki bu haqda Jo’qorg’i Kenges Raisiga yozma ravishda ma’lum qilishga;

– Jo’qorg’i Kengesga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini sessiya majlislarida eshitish to’g’risida taklif kiritishga;

– O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, Jo’qorg’i Kenges qarorlarining bajarilishini tekshirish to’g’risida ko’rib chiqish uchun masalalar taklif etishga;

– sessiya majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;

– fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari ma’lum bo’lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo’yish choralarini ko’rish talabi bilan tegishli organlarga hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.

 

Jo’qorg’i Kenges deputatlari

 

Orinbayev Amanbay Tleubayevich

 

Saparbaev Rustam Tursinbaevich

 

Utambetov Duysenbay Usnatdinovich

 

Reymova Zuxra Abatbaevna

 

Kurbaniyazov Dauıtbay Kalbaevich

 

Otemisov Sharapat Jangabaevich

 

Aytjanov Paxratdin Yuldashevich

 

Reimbaev Adilbek Ruzimuxammadovich

 

Otemuratov Bayrambay Perdebaevich

 

Ayımbetova Gulxatsha Aymanovna

 

Kaipbergenov Batırbek Tulepbergenovich

 

Reymov Axmed Mambetkarimovich

 

Sidiqov Baxodirjon Baxromovich

 

Bekchanov Djurabek Uluǵbek ulı

 

Baymuratov Kuvonchboy

 

Axmedov Yaxshimurat

 

Ataniyazova Oral Aminovna

 

Eshmuratov Kuandik

 

Shımbergenov Murat

 

Daniyarov Abatbay

 

Kamalov Murat Kallibekovich

 

Bekbergenov Orınbay

 

Paluanova Zuxra Daribaevna

 

Kalenova Venera Duysenbaevna

 

Ruzmetova Tabassumxon Bekbergenovna

 

Romanov Tajibay Nietullaevich

 

Uteniyazova Altıngul Palwanovna

 

Omirova Andjela Kurbanbaevna

 

Jalmenov Ulıkbek Abılaevich

 

Karimov Kenes Aytmuratovich

 

Abdullaeva Zavra Ibadullaevna

 

Gichgeldieva Sayat Gayıpovna

 

Matniyazova Aysha Ataniyazovna

 

Eshimbetov Xalilla Bekimbetovich

 

Xodjamuratov Komiljon Djumabaevich

 

Imamova Sayyora Yakubbaevna

 

Xwjamuratova Sanobar Ismailovna

 

Xalilaev Faxratdin Sadullaevich

 

Xasilov Xusnutdin Nuritdinovich

 

Ibragimov Baxıtjan Jarılqapovich

 

Aytekov Batır Qaniyazovich

 

Utambetova Bibixan Kalbaevna

 

Matyakubova Nazira Toxtabaevna

 

Allabergenova Uringul Tuxtabaevna

 

Irisbekova Kammuna Narinbaevna

 

Kim Vitaliy Yakovlevich

 

Aitbaeva Diloram

 

Babadjanov Zakirjan

 

Isakulov Dadajon

 

Dauletnazarova Raya

 

Kadirov Kamiljan

 

Gaipov Murat Xojabaevich

 

Mambetkadırov Ruslan Alimbaevich

 

Eshanov Suyeubay Alievich

 

Nawrızov Qalbay Togaevich

 

Davletov Atabek Ilxamovich

 

Abdinazimov Shamshetdin Najimovich

 

Mustafoev Ulugbek Mavlonovich

 

Zorkina Galina Aleksandrovna