Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI
  • Bosh sahifa
  • Hujjatlar
  • 2024-2025 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlariga lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregatlar bilan er tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida

2024-2025 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlariga lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregatlar bilan er tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g'risida» 2024 yil 9 fevraldagi PQ-66-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, er va suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, sug'oriladigan erlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlariga lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregatlar bilan er tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g'risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlarga lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregatlar bilan er tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g'risidagi qarorni qabul qilish;

paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlarga lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregatlar bilan er tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish.

Bunda ushbu subsidiyalar:

birinchi bosqichda — 2024 yilda Amudaryo, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlaridagi loyihalarni, agar ushbu tumanlardagi loyihalarga ajratilgan mablag'lar iqtisod qilinsa, boshqa tumanlardagi loyihalarni;

keyingi bosqichda — 2025 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha tumanlaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.

2. Belgilansinki:

Qoraqalpog'iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlariga 2024 yil may oyidan boshlab lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg'i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi;

2024 yilda ushbu subsidiyalar 2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini lazerli qurilmaga ega tekislagich agregatlar bilan ta'minlash uchun subsidiyalarda nazarda tutilgan mablag'lar doirasida ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan 2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida Qoraqalpog'iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi etishtiruvchi sub’ektlariga lazerli qurilmaga ega er tekislagich agregatlar bilan er tekislash xarajatlari uchun subsidiyalarga talab etiladigan mablag'larning nazarda tutilishini ta'minlasin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjaev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2024 yil 24 iyun,

348-son