Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

ARXEOLOGIYA MEROSI OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

22.05.2010 y. №29/II

 

 ARXEOLOGIYA MEROSI OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni   1-BOB. UMUMIY QOIDALAR   1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.   2-modda. Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlari Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasining “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.   3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: arxeolog - tegishli oliy ma'lumotga ega bo'lgan tadqiqotchi; Arxeologiya ashyolari davlat katalogi - har bir arxeologiya ashyosi to'g'risidagi asosiy ma'lumotlar mavjud bo'lgan hisobga olish hujjati; arxeologiya ashyosi - arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda yoki xo'jalik va o'zgacha faoliyat jarayonida aniqlangan, shuningdek tasodifan topilgan (xazina) va identifikatsiyalashdan o'tkazilgan moddiy qoldiq; arxeologiya yodgorligi - Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritilgan arxeologiya ob’ekti; arxeologiya merosi ob’ektlari - arxeologiya ob’ektlari va arxeologiya ashyolari majmui; arxeologiya nazorati - arxeologiya tadqiqotining arxeologiya ob’ektini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan va arxeologiya ob’ekti hududining chegaralarida er qazish, er tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik, yo'lsozlik ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda madaniy meros ob’ektlarini saqlash talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat o'rnatiladigan turi; arxeologiya ob’ekti - inson faoliyatining barcha ko'rinishlariga taalluqli hamda saqlanish holatidan qat’i nazar arxeologik, antropologik, etnografik qimmatga yoki o'zga tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bo'lgan joy, inshoot (asar), imorat, majmua (ansambl), ularning bo'laklari, ular bilan bog'liq hududlar; arxeologiya tadqiqoti - arxeologiya ob’ektlari, arxeologiya yodgorliklari va arxeologiya ashyolarini o'rganish orqali yangi bilimlarni egallash maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat; arxeologiya qazishmalari - arxeologiya tadqiqotining arxeologiya ob’ektida qazishma ishlarini qo'llagan holda madaniy qatlamlar, me’moriy va boshqa moddiy qoldiqlarni o'rganish maqsadida amalga oshiriladigan turi; arxeologiya qidiruvlari - arxeologiya tadqiqotining arxeologiya ob’ekti madaniy qatlamining emirilishi bilan bog'liq bo'lmagan (madaniy qatlam qalinligini aniqlash uchun cheklangan qazishmadan tashqari) va arxeologiya ob’ektini aniqlash, xaritalashtirish, uning chegaralarini belgilash, izohlash, tekshirish, shuningdek ilgari aniqlangan arxeologiya ob’ekti to'g'risida zamonaviy ma'lumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladigan turi; ilmiy hisobot - ochiq varaq va ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilgan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratining natijalari to'g'risida to'liq ma'lumot beruvchi hujjat; ochiq varaq - arxeologning professional darajasini tasdiqlovchi va unga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat; ruxsatnoma - ochiq varaq olgan arxeologga arxeologiya ob’ektida arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.   4-modda. Arxeologiya merosi ob’ektlariga bo'lgan mulk huquqi Arxeologiya merosi ob’ektlariga bo'lgan mulk huquqi davlatga tegishlidir. Arxeologiya ashyolari operativ boshqarish huquqi asosida fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilishi mumkin. Arxeologiya merosi ob’ektlari moddiy madaniy meros ob’ektlari sirasiga kiradi.   2-BOB. ARXEOLOGIYa MEROSI OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh SOHASIDAGI DAVLAT BOShQARUVI   5-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi: arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi; arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha hududiy dasturlarini ishlab chiqilishni, tasdiqlanishini va amalga oshirishini ta'minlaydi; Arxeologiya ashyolari davlat katalogi to'g'risidagi nizomini ishlab chiqishda ishtirok etadi; arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazish tartibini belgilashda ishtirok etadi; arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularni fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yish tartibini belgilashda ishtirok etadi; fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish tartibini belgilashda ishtirok etadi; arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni belgilangan tartibda tartibga soladi; arxeologiya merosi ob’ektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi; arxeologiya merosi ob’ektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   6-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligining arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi: arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat va xududiy dasturlarni ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etadi; arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; arxeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlashini nazorat qiladi; Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritishga ishtirok etadi; arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazishda ishtirok etadi; arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish to'g'risida taklif beradi; berilgan har bir ruxsatnoma bo'yicha ilmiy hisobot qabul qiladi; ilmiy hisobotlar arxivini yig'adi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   7-modda. Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli muassasa Maxsus vakolatli muassasa: fan, madaniyat va ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan arxeologiya tadqiqotlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi; arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazorati bo'yicha belgilangan tartibni amalga oshirishda ishtirok etadi; o'ziga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolari hisobga olinishi va saqlanishini ta'minlaydi; ilmiy hisobotni tuzish, ekspertizadan o'tkazish va undan foydalanish tartibini belgilashda ishtirok etadi; berilgan har bir ochiq varaq bo'yicha ilmiy hisobot qabul qiladi; ilmiy hisobotlar arxivini yig'adi; arxeologiya merosi ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini o'tkazishda ishtirok etadi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Maxsus vakolatli muassasa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   -modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z hududlari doirasida: arxeologiya merosi ob’ektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi; arxeologiya merosi ob’ektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi; er qazish, er tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik, yo'lsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun er uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arxeologiya ob’ektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonun hujjatlariga muvofiq ta'minlaydi; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda targ'ib qilishga doir tadbirlar o'tkazishga ixtiyoriy asosda jalb etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   3-BOB. ARXEOLOGIYa MEROSI OB’EKTLARINI DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh   8-modda. Arxeologiya ob’ektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta'minlash va ulardan foydalanish Arxeologiya ob’ektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta'minlash va ulardan foydalanish madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   9-modda. Arxeologiya ob’ektini moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritish Arxeologiya ob’ektini moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritish madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   10-modda. Arxeologiya yodgorligini moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarish Arxeologiya yodgorligini moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarish uning uzil-kesil arxeologiya tadqiqotidan keyingina madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   11-modda. Arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olish va saqlash Arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olishga ularni aniqlash, batafsil tavsifi bilan ularning ro'yxatini tuzish, ilmiy va madaniy qimmatini aniqlash, ilmiy hisobot taqdim etish, arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazish, fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish kiradi. Arxeologiya ashyolarini saqlash ularning but saqlanishini ta'minlash uchun moddiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. Fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.   12-modda. Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish Arxeologiya ashyolari davlat katalogini Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuritadi. Yuridik shaxslarning arxeologiya ashyolariga bo'lgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari mazkur harakatlar Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.   13-modda. Arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazish Arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazish Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.   14-modda. Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas, ularning yo'qolishi, emirilishi yoki boshqa arxeologiya ashyolariga ayirboshlanishi hollari bundan mustasno. Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazilgan arxeologiya ashyolarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish to'g'risidagi qaror O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.   15-modda. Arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yish Arxeologiya ashyolari ularni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yish uchun davlatga topshirilishi kerak. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog arxeologiya ashyolari davlatga topshirilishiga qadar ularning but saqlanishini ta'minlashi lozim. Arxeologiya ashyolari davlatga topshirilganidan keyin ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga topshirilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Arxeologiya ashyolarini fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yish to'g'risida qaror qabul qilinayotganda, mazkur muassasalarda moddiy-texnika bazasining, shu jumladan, xona yoki xonalar, saqlash uchun zarur asbob-uskunalar, muhofaza vositalari hamda yong'inga qarshi vositalarning mavjud bo'lishi majburiy shart hisoblanadi. Arxeologiya ashyolari ular aniqlangan joyda qoldirilgan taqdirda, ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organ bilan birgalikda mazkur ashyolarni konservatsiyalash chora-tadbirlarini ko'rishlari lozim. Bunda mazkur arxeologiya ashyolari tavsiflanishi, suratga olinishi va ilmiy hisobotda ko'rsatib o'tilishi kerak.   16-modda. Fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish Fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanishga faqat quyidagi maqsadlarda yo'l qo'yiladi: ilmiy, madaniy, ta'lim va ma'rifiy faoliyat; arxeologiya ashyolarini e’lon qilish. Fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.   17-modda. Arxeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari Arxeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari konservatsiyalash, ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlarini o'z ichiga oladi. Arxeologiya ashyosini konservatsiyalash - arxeologiya ashyosini mavjud ko'rinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Arxeologiya ashyosini ta'mirlash - arxeologiya ashyosining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Arxeologiya ashyosini rekonstruktsiya qilish - butunlay yoki qisman shikastlangan arxeologiya ashyosini tiklash bo'yicha uning saqlanib qolgan asl bo'laklarini imkon boricha aniqlashtirish maqsadida, biroq kiritilgan to'ldirishlar yaqqol bilinib turadigan tarzda amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Arxeologiya ashyosini konservatsiyalash, ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari mazkur arxeologiya ashyosi biriktirib qo'yilgan fan, madaniyat va ta'lim muassasasi ma'muriyatining qarori asosida amalga oshiriladi.   18-modda. Arxeologiya ashyolarini O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish Arxeologiya ashyolari O'zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno. Arxeologiya ashyolarini O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.   4-BOB. ARXEOLOGIYa MEROSI OB’EKTLARINING ARXEOLOGIYa TADQIQOTI   19-modda. Arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish shartlari Arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazorati o'z ta'sis hujjatlarida arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan davlat muassasalari hamda tashkilotlari tomonidangina maxsus vakolatli muassasa belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Ular ishlarning sifatli bajarilishi, ilmiy hisobotning o'z vaqtida taqdim etilishi va sifati uchun javobgar bo'ladi. Arxeologda ochiq varaq va ruxsatnoma mavjud bo'lgandagina arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. U arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratiga bevosita rahbarlik qilishi shart. Arxeologiya ob’ektida qazishmalarni o'zboshimchalik bilan amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday harakat davomida qo'lga kiritilgan arxeologiya ashyolari davlat mulkiga topshirilishi kerak.   20-modda. Arxeologiya qazishmalarini rejalashtirishdagi ustuvorlik Arxeologiya qazishmalarini rejalashtirishda ustuvorlikka rioya qilinishi lozim bo'lib, bunday ustuvorlikka muvofiq arxeologiya qazishmalari, avvalo, tabiiy emirilish va qonun hujjatlariga muvofiq har qanday boshqa harakatlar hamda holatlar xavf tug'dirayotgan arxeologiya ob’ektlarida yoki arxeologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi.   21-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma berish tartibi hamda shartlari Ochiq varaq berish tartibi va shartlari, uning shakllari namunalari maxsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi. Ruxsatnoma berish tartibi va shartlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.   22-modda. Ochiq varaqning shakllari va amal qilish muddati Arxeologiya tadqiqotlarining xususiyatiga qarab ochiq varaq quyidagi shakllarga ega bo'ladi: arxeologiya qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-shakl; uncha katta bo'lmagan maydonlarni (1 arxeologiya ob’ektida 20 kv. metrgacha) qazib ochgan holda arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish va arxeologiya merosi ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini o'tkazish hamda arxeologiya nazoratini amalga oshirish doirasida er uchastkalarini tadqiq etish huquqini beruvchi 2-shakl; arxeologiya ob’ektida biron-bir er qazish ishlarini bajarmagan holda, arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish (bundan ochilib qolgan joylarda cheklangan tozalash ishlari mustasno) huquqini beruvchi 3-shakl; er qazish, qurilish ishlari chog'ida emirilayotgan yoki avariya holatida bo'lgan arxeologiya ob’ektida uning emirilishi xavfini bartaraf etish maqsadidagi muhofaza-qutqaruv qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 4-shakl. 1 va 4-shakllar bo'yicha ochiq varaqlar muayyan arxeologiya ob’ektlarida arxeologiya qazishmalarini amalga oshirish uchun beriladi. 2 va 3-shakllar bo'yicha ochiq varaqlar Qoraqalpog'iston Respublikasining tegishli ma'muriy-hududiy birligi va zarur bo'lgan hollarda, muayyan arxeologiya ob’ekti ko'rsatilgan holda, arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish uchun beriladi. Berilgan sanasidan qat’i nazar, ochiq varaqning amal qilish muddati kalendar yilning so'nggi kunida tugaydi.   23-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning huquqlari Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog: arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish; arxeologiya ob’ektining emirilishiga olib kelayotgan har qanday harakatlarni to'xtatish talabi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat qilish; o'zi aniqlagan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti va ilmiy ekspertizasini o'tkazish huquqiga ega bo'ladi. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.   24-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning majburiyatlari Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog: ruxsatnomani madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organda ro'yxatdan o'tkazishi; arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish tartibiga rioya qilishi; arxeologiya qidiruvlari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda arxeologiya ob’ektida aniqlangan emirilishlar to'g'risida madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga bir haftalik muddatda yozma shaklda xabar berishi; arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan ilgari noma'lum bo'lgan arxeologiya ob’ektlari va arxeologiya ashyolari to'g'risida madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga yozma shaklda xabar berishi; batafsil tavsifi (materiali, o'lchamlari, sanasi va boshqalar) bilan har bir arxeologiya ashyosining ro'yxatini tuzishi; arxeologiya ob’ektining birlamchi konservatsiyasi va but saqlanishini ta'minlashi; arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan arxeologiya ashyolarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlatga topshirishi; ochiq varaqning amal qilish muddati tugaganidan so'ng, biroq kelgusi kalendar yilning birinchi choragi tugashidan kechiktirmasdan tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligiga va maxsus vakolatli muassasaga ilmiy hisobot taqdim etishi shart. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.   25-modda. Arxeologiya ob’ektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish Arxeologiya ob’ektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanishga maxsus vakolatli muassasa tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma mavjud bo'lgandagina yo'l qo'yiladi. Arxeologiya ob’ektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlari maxsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.   26-modda. Fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti Fan, madaniyat va ta'lim muassasalariga biriktirib qo'yilgan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   27-modda. Ilmiy hisobot tuzishga doir talablar Ilmiy hisobotda arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan va (yoki) tadqiq etilgan arxeologiya merosi ob’ektlari to'g'risidagi to'liq ma'lumotlar matn va chizma ko'rinishida taqdim qilinishi kerak. Ilmiy hisobotga arxeologiya ashyosi davlatga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim. Ilmiy hisobot muddatsiz saqlanishi lozim. Ilmiy hisobotning rasmiylashtirilishi, mazmuni va ilovasiga, uni taqdim etish muddatiga doir talablar, shuningdek ilmiy hisobotni ekspertizadan o'tkazish tartibi maxsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi hududidagi arxeologiya tadqiqotlari to'g'risida tegishli hujjatlarga ega bo'lgan yuridik shaxslar maxsus vakolatli muassasaning yozma so'roviga ko'ra mazkur hujjatlarning asl yoki ko'chirma nusxalarini taqdim etishi shart. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning ilmiy hisobotga bo'lgan mualliflik huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ta'minlanadi.   5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR   28-modda. Arxeologiya merosi ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni moliyalashtirish Arxeologiya merosi ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni, shuningdek arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.   29-modda. Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.   30-modda. Nizolarni hal etish Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.   31-modda. Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.