QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
28.11.1998 y. №419/I
AHOLINI ISh BILAN TA’MINLASh TO'G'RISIDA
(yangi tahriri)
Ushbu Qonunga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan:
01.12.2000 y. 80/II-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni
28.12.2001 y. 144/II-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni
29.08.2006 y. 94/III-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni
30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni
11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni
18.08.2018 y. 167/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni
- UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlari
Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
2-modda. Aholini ish bilan ta'minlash
Ish bilan ta'minlanish - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Fuqarolarga unumli va ijodiy mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan, haq to'lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo'lmagan faoliyat bilan shug'ullanish mutlaq huquqi fuqarolarga tegishlidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo'llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi. Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo'lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo'la olmaydi.
Quyidagilar ish bilan ta'minlangan deb hisoblanadi:
yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to'liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan kasanachilik bilan shug'ullanayotgan, shuningdek haq to'lanadigan boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo'lgan fuqarolar;
betobligi, mehnat ta'tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to'xtatib qo'yilganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida bo'lmaganda;
ish haqi to'lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
o'zini ish bilan mustaqil ta'minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan hunarmandlar, oilaviy korxonalar a'zolari, dehqon xo'jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a'zolari, fermerlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar;
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarda, shuningdek Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy xavfsizlik xizmati qo'shinlarida va ularning organlarida xizmatni o'tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o'tayotgan fuqarolar;
o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shuningdek diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
3-modda. Ishsiz deb e’tirof etish
Ishsizlar - o'n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta'minlanish huquqini olishgacha bo'lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo'lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar (bunga ta'lim muassasalarida tahsil olayotganlar kirmaydi).
Ushbu moddaning birinchi bandida ko'rsatilgan, ishga joylashishda yordam olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidirayotgan shaxs sifatida ruyhatga olingan shaxslar ishsiz deb belgilanadi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish to'g'risidagi qaror mahalliy mehnat organi tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan kundan e’tiboran o'n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilmaydi:
mehnat organlarida ro'yxatga olingan kundan boshlab o'n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar;
ro'yxatga olingan kundan boshlab o'n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko'ra mehnat organiga kelmagan shaxslar.
Taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko'ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o'ttiz kalendar kun o'tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta ro'yxatdan o'tishga haqli bo'ladi.
Fuqarolarni ishsiz sifatida ro'yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
4-modda. Maqbul keladigan ish
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo'lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo'lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to'lanadigan boshqa ish, shu jumladan, vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo'lgan, yoshini, sog'lig'i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo'yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ushbu Qonun 27-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan so'ng kasbiga (mutaxassisligiga) mos ish topib berish mumkin bo'lmagan taqdirda, uning qobiliyatini, sog'ligini, oldingi tajribasini va unga qulay bo'lgan o'qitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) o'zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Quyidagi hollarda ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas, agar:
ish yashash joyini o'zgartirish bilan bog'liq bo'lsa;
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo'lsa va transportda qatnash jihatidan qulay bo'lmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan uzoqlikni) mazkur joyda jamoat transporti tarmog'ining rivojlanganligini hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi aniqlaydi;
taklif etilgan ishda ish haqi shu mutaxassislik va malaka uchun belgilangan tartibda aniqlanadigan eng kam miqdordan oz bo'lsa.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
5-modda. Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari
Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi printsiplarga asoslanadi:
mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va mansab mavqeidan, dinga munosabati, e’tiqodidan, jamoat birlashmalariga mansubligidan, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlariga hamda ular mehnatining natijalariga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlardan qat’i nazar, teng imkoniyatlarni ta'minlash;
kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta'minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko'maklashish;
mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
ish bilan ta'minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta'minlash;
ijtimoiy himoyaga o'ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag'batlantirish;
ish bilan ta'minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirish;
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
aholini ish bilan ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o'zaro hamkorligi;
aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlik.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
6-modda. Mehnat qilish huquqi kafolatlari
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati:
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ish bilan ta'minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g'ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;
maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
har kimga kasbga va ishga ega bo'lishda, mehnat qilish va ish bilan ta'minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq to'lashda, xizmat pog'onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o'qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo'llanmasi bilan boshqa o'quv yurtlarida stipendiya to'lab malakasini oshirishni;
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to'lashni;
haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
7-modda. Aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirishdagi qo'shimcha kafolatlar
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati:
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo'lmagan shaxslarga, shu jumladan, o'n to'rt yoshga to'lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg'iz ota, yolg'iz onalarga hamda ko'p bolali ota-onalarga;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy ta'limi muassasalarini davlat grantlari asosida ta'lim olgan bitiruvchilarga;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlarga;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo'sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
odam savdosidan jabrlanganlarga qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Qo'shimcha kafolatlar qo'shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan, nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o'rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxona, muassasa va tashkilotlarga ushbu moddaning birinchi bandida mazkur toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan ta'minlanadi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Ish beruvchi ish o'rinlarining belgilangan eng kam miqdori hisobidan ish o'rinlariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi bandida ko'rsatilgan shaxslarni ishga qabul etishi shart. Bu shaxslarni ishga qabl etishdan asossiz bosh tortgan ish beruvchi va uning vakilikli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos uchinchi bo'lim bilan to'liqtirilgan)
8-modda. Qurolli Kuchlardan, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatidan bo'shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishdagi qo'shimcha kafolatlar
Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa - mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
9-modda. Saylab qo'yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo'shimcha kafolatlar
Davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo'yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo'yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo'lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.
91-modda. Sudya lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo'shimcha kafolatlar
Sudya lavozimiga saylangan yoki tayinlanganligi sababli ishdan bo'shatilgan shaxslarga ularning vakolatlari tamomlangandan keyin sudya lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishgacha egallab trgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) bo'lmagan taqdirda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos 91-modda bilan to'liqtirilgan)
- FUQAROLARNING ISh BILAN TA’MINLANISh HUQUQLARI
10-modda. Ishga joylashish huquqi
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatiga egalik etish va qonun hujjatlari bilan man etilmagan ish bilan chug'ullanish har kimning to'la huquqi hisoblanadi.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga ega.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
11-modda. Kasb-korga doir maslahat olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish va axborotlar olish huquqi
Ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ta'min etiladigan ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasb-korga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o'tish, malaka oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega.
12-modda. Ishsizlik davrida ijtimoiy madad olish huquqi
Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
13-modda. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi hamda chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida va Qoraqalpog'ison Respublikasidagi mehnat faoliyati
O'zbekiston Respublikasi (shuning ichida Qoraqalpog'ison Respublikasi) fuqarolari O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shug'ullanish, mustaqil ish qidirish va ishga joylashish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat tashqarisida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, fuqarolarni chet elga ishga joylashtirish bo'yicha xo'jalik hisobidagi xududiy byurolar tomonidan amalga oshiriladi.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos olib tashlangan).
Chet el fuqarolarining Qoraqalpog'ison Respublikasida mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
14-modda. Mehnat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish huquqi
Mehnat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan bo'ysunish bo'yicha yuqori organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish mumkin.
III. AHOLINI ISh BILAN TA’MINLAShNI TARTIBGA SOLISh
15-modda. Davlat boshqaruv organlarining aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi vakolatlari
Davlat boshqaruv organlari:
mehnat bozorini barpo etish va rivojlantirishni ta'minlovchi tuzilmaviy, moliyaviy, kredit, investitsiya va soliq siyosatini amalga oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi;
iqtisodiyot tuzilishini tahliliy tadqiq etadi, mehnat bozori holati hamda aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi ahvolning istiqbolini belgilaydi, bu sohada davlat statistika hisobi va hisobotini yuritadi;
aholini ish bilan ta'minlash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
fuqarolarning ish bilan ta'minlanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan tegishli ravishda kafolatlanishini, shuningdek himoya qilinishini ta'minlaydi;
qo'shimcha ish joylari yaratilishiga, mehnat sharoitlari yaxshilanishiga ko'maklashadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning mahalliy organlarining aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi vakolatlari (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini ro'yobga chiqarish hamda fuqarolarni tegishli kafolatlar bilan ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
mehnat bozori holatining monitoringini tashkil etadi hamda shu asosda hududlar va tarmoqlar kesimida yangi ish o'rinlarini tashkil etishga doir yillik buyurtmalarni shakllantiradi;
mehnat bozorini tartibga solish va bandlik sohasida bozor sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
aholini ish bilan ta'minlash masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko'rsatadi;
O'zbekiston Respublikasi Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi (bundan buyon matnda Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi deb yuritiladi) mablag'laridan ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, yangi ish o'rinlari yaratish, ish bilan band bo'lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, uning malakasini oshirish uchun foydalanishning yo'nalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni ta'minlaydi;
ishga joylashishga muhtoj bo'lgan shaxslarni iqtisodiyotning va mehnat bozorining haqiqiy ehtiyojlariga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishda ishtirok etadi;
boshqa vazirliklar, idoralar va xo'jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ilg'or axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayoniga joriy etadi, shu jumladan Bo'sh ish o'rinlarining milliy bazasini yaratadi va uni doimo rivojlantirib borishda ishtirok etadi;
ishga joylashishga ko'maklashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratishda ishtirok etadi;
aholi va ish beruvchilar o'rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo'yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy mehnat organlari:
mehnat organlariga murojaat etgan ishsizlarning ishga joylashtirilishini ta'minlaydi;
fuqarolarga maqbul keladigan ishni tanlashda, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam beradi;
mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolar va ish beruvchilarga ish topish va ishchi kuchi bilan ta'minlanish imkoniyatlari to'g'risida, xodimlarga nisbatan qo'yiladigan talablar haqida va ish bilan ta'minlashga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar beradi;
ishlamayotgan fuqarolarni kasbga o'rgatish, qayta o'rgatish va ularning malakasini oshirish to'g'risida o'quv yurtlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;
ishsizlarning ro'yxatga olinishini ta'minlaydi va ularga yordam ko'rsatadi, shu jumladan nafaqalar tayinlash va to'lashni amalga oshiradi;
mehnat bozorining holatiga va mazkur bozorni rivojlantirish istiqbollariga baho beradi hamda uning monitoringini tashkil etadi va o'tkazadi hamda tegishli axborotning tarqatilishini ta'minlaydi;
ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarning, shuningdek bo'sh ish o'rinlarining (vakant lavozimlarning) hisobini yuritadi;
aholini ish bilan ta'minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturlarining bajarilishi monitoringini ushbu dasturlarga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining ma'lumotlari asosida amalga oshiradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan mo'ljallanayotgan tuzilmaviy o'zgarishlar hamda amalga oshirilishi natijasida xodimlar ishdan ozod etilishi mumkin bo'lgan boshqa tadbirlar to'g'risida, shuningdek bo'sh ish o'rinlari (vakant lavozimlar) bor-yo'qligi, mehnatning xususiyati va shart-sharoitlari to'g'risida axborot oladi;
davlat va nodavlat ta'lim muassasalaridan ularning yo'nalishi va ixtisoslashuvi, bitiruvchilarning kasb-malaka tarkibi hamda soni to'g'risida axborot oladi;
mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolarni kasb tayyorgarligi va malaka darajasiga muvofiq korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ularda bo'sh ish o'rinlari (vakant lavozimlar) bo'lgan taqdirda ishga joylashtirish uchun yuboradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga qabul qilish uchun ish o'rinlarining eng kam miqdorini belgilash to'g'risida takliflarni ishlab chiqadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ko'rib chiqishi uchun kiritadi, shuningdek mazkur fuqarolarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yuboradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishonchnomasi asosida ular nomidan fuqarolarni ishga joylashtirish to'g'risida ularni oldindan (zarurat bo'lgan taqdirda) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, yo'lkira, kundalik xarajatlar haqini to'lash sharti bilan shartnomalar tuzadi, shuningdek yangi yashash va ish joyiga ko'chib borish chog'ida tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag'lari hisobidan yordam puli beradi;
ishsizlarni haq to'lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda ularning o'z xohishiga ko'ra jo'natadi;
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining mablag'larini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
fuqarolarga ishsizlik nafaqasini belgilangan tartibda tayinlaydi.
Mahalliy mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mehnat organlari tomonidan aholiga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, boshqa ish beruvchilarga ko'rsatilayotgan xizmatlar, shu jumladan mehnat bozori holati to'g'risida axborot berish bo'yicha xizmatlar bepul amalga oshiriladi
. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
17-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlari (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini amalga oshirish;
aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining umumiy printsiplari amalga oshirilishini ta'minlovchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
kasanachilik, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining va oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ushbu Qonunning 7-moddasida ko'rsatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash yoki ayrim turdagi ishlarni (kasblarni) ehtiyot tariqasida saqlab turish;
mehnat bozoridagi ahvol barqarorlashuviga ko'maklashuvchi, shu jumladan, mehnat shartnomalari ommaviy ravishda bekor qilinishining oldini olishni, mavjud ish joylarini saqlab qolish va yangi ish joylarini yaratishni, haq to'lanadigan vaqtinchalik va jamoat ishlarini tashkil qilishni, ustuvor rivojlanish hududlarini aniqlashni o'z ichiga olgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek jamoa kelishuvlari bilan ushbu Qonunga zid bo'lmagan, fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytiruvchi maqbul keladigan ish taklif etish, ishsizlarni ro'yxatdan o'tkazish va qayta ro'yxatga olishning boshqa shartlari va tartibi, shu jumladan, mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan ishsizlik nafaqalarini to'lash muddatlarini uzaytirish va miqdorlarini oshirish, jamoat ishlaridagi mehnatga haq to'lash, shuningdek kasbga o'qitish davrida stipendiya to'lash nazarda tutilishi mumkin.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish to'g'risidagi qarorni olti oygacha muddatga to'xtatib qo'yishi mumkin, bunda ular ana shu kechiktirish tufayli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ko'radigan zararni qisman yoki to'liq qoplaydi.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
18-modda. Ish beruvchilarning aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdagi ishtiroki
Ish beruvchilar ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga quyidagi yo'llar bilan ko'maklashadilar:
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma va kelishuvlar shartlarini bajarish;
xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun sharoit yaratish;
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi jamg'armaga mablag' ajratish;
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ish o'rinlarini tashkil etish va hududiy bandlikni ta'minlash dasturlarini amalga oshirishga qatnashish;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadigan tartibda miqdorini davlat hokimiyati organlari belgilaydigan ish joylariga ushbu Qonunning 7-moddasida ko'rsatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish;
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli, 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonunlariga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
bo'sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, oldindan (kamida ikki oy oldin) mahalliy mehnat organiga mo'ljallanayotgan ishdan ozod qilishlar to'g'risidagi axborotlarni bo'shab qoladigan har bir xodimni ko'rsatgan holda taqdim etish. Bo'sh ish joylari bor-yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotlarni hamda xodimlarning ishdan ozod qilinishi to'g'risidagi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Axborotning o'z vaqtida taqdim etilmasligida va bo'sh ish joylarini (vakant lavozimlarni) yashirganlikda aybdor bo'lgan hamda ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasiga ajratmalar o'tkazishdan bosh tortgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarni bajarmaganligi uchun, shuningdek oldin talabnoma berilgan, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim olgan yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning lavozimli shaxslari ma'muriy javlbgarlikka tortiladi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Ish beruvchilarning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdordan ortiqroq qo'shimcha ish joylarini yaratish, shuningdek bunday shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish maqsadida qilgan sarf-xarajatlari mahalliy byudjet mablag'lari, ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'lari va boshqa mablag'lar hisobidan qoplanishi mumkin.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ish joylarini qisqartirish yoki tugatish, kasaba uyushmalari qo'mitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
19-modda. Kasaba uyushmalari va xodimlar boshqa vakillik organlarining aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashishdagi ishtiroki
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari quyidagi huquqlarga ega:
aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosati masalalari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasining Qonunlarini va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ish beruvchilarga aholini ish bilan ta'minlash va aholining ijtimoiy kafolatlariga oid masalalar yuzasidan o'zaro maslahatlashuvlar o'tkazish haqida takliflar kiritish.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
20-modda. Aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi muvofiqlashtirish qo'mitalari
Aholini ish bilan ta'minlash siyosatini belgilash va amalga oshirish bo'yicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqish maqsadida respublika miqyosida va mahalliy miqyoslarda kasaba uyushmalarining yoki xodimlar boshqa vakillik organlarining, ish beruvchilar uyushmalarining, davlat boshqaruv organlarining va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ifodalovchi boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillaridan iborat aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi muvofiqlashtirish qo'mitalari tuziladi.
21-modda. Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi
Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi tuziladi.
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining daromadlari:
yagona ijtimoiy to'lov tushumlarining belgilangan miqdori;
vaqtinchalik bo'sh mablag'larni joylashtirishdan tushgan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'larining etmish foizi keyinchalik tumanlar va shaharlar o'rtasida qayta taqsimlangan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlari tasarrufida qoladi, o'ttiz foizi esa respublika darajasida markazlashtiriladi.
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining mablag'larini sarflash yo'nalishlari aholi bandligiga oid tegishli respublika, hududiy va boshqa maxsus dasturlarida belgilanadi.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
22-modda. Haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifiga ko'ra va ularning ishtirokida aholini ish bilan ta'minlash maqsadida o'z mulkidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to'lanadigan jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar.
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar bilan haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun keyinchalik ikki oygacha muddatgacha bo'lgan muddatli mehnat shartnomalari tuziladi.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Jamoat ishlarini bajarish chog'ida fuqarolarga bajarilayotgan ishga qarab, biroq o'n besh foizga oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lash, ana shu ishlar muddatini umumiy mehnat stajiga qo'shish, pensiya ta'minoti va vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar olish huquqi kafolatlanadi.
Haq to'lanadigan jamoat ishlariga tortilgan fuqarolarga to'lanadigan xizmat haqining kamida ellik foizi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag'lari hisobidan, qolgan qismi mahalliy byudjetlar hamda aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armalari mablag'lari hisobidan to'lanadi.
23-modda. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish
Mehnat organlarida ro'yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo'lmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo'lmasa;
ishsiz shaxsning kasb ko'nikmalariga mos keladigan ish yo'qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg'ulot turini) o'zgartirish zarur bo'lsa;
ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo'yicha ish bajarish qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa.
Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o'quv yurtlarida mehnat organlarining yo'llanmalari bo'yicha ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
- IShDAN MAHRUM BO'LGAN ChOG'DAGI IJTIMOIY KAFOLATLAR
24-modda. Ishsiz shaxslarga moddiy madad berishga oid kafolatlar
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ishsizlik nafaqasi to'lash;
mehnat organlarining yo'llanmasi bo'yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to'lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo'shish;
ishsiz shaxsga qaramog'idagilarini hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;
mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko'chish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash.
25-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda xodimlarga moddiy madad berish uchun belgilangan qo'shimcha kafolatlar
Mehnat shartnomasi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli;
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli;
xodimning malakasi etarli bo'lmaganligi yoki sog'lig'i holatiga ko'ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo'lmagan davr mobaynida xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to'langan bir oylik ishdan bo'shatish nafaqasi ham qo'shib hisobga olinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor o'zgarganligi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham tatbiq etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o'n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma'lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o'rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo'ladilar.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko'rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o'n kun ichida mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan va kasbi bo'yicha qayta o'qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga ushbu Qonunning mazkur moddasi sakkizinchi qismida hamda 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to'lanadi.
Agar ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnatga oid munosabatlarda bo'lgan xodimlar ish haqi va o'zlariga tegishli boshqa to'lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Tugatilayotgan korxonalarning mablag'i bo'lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'lanadi.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o'n kun ichida mehnat organlarida ro'yxatga olingan hamda kasbi bo'yicha qayta o'qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga oid munosabatlar to'xtatilgan kundan boshlab dastlabki uch oy davomida oldingi ishidagi o'rtacha ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi.
Mehnat organi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ishdan bo'shatilayotgan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning o'qishini tashkil etish xarajatlarini to'la yoki qisman qoplashi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli yoki o'zlariga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra kasb kasalligiga yo'liqish natijasida ishdan mahrum bo'lgan hamda ishga joylashishga va kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malakani oshirishga muhtoj shaxslar ishdan ozod etilgan xodimlarga tenglashtiriladi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan, pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo'lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko'ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi beriladi.
26-modda. Kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirish davrida fuqarolarga to'lanadigan stipendiyalarning miqdori
Ushbu Qonunning 25-moddasida ko'rsatib o'tilgan shaxslardan tashqari ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan, mehnat organlarida ro'yxatga olingan, qaramog'ida voyaga etmagan bolalari va boshqa kishilar bo'lgan shaxslarga kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malaka oshirish davrida oldingi ish joyidagi o'rtacha oylik ish haqining kamida etmish besh foizi (qaramog'ida bolalari va boshqa kishilar bo'lmaganlarga esa - ellik foizi) miqdorida, biroq qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasida tarkib topgan o'rtacha ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi.
Uzoq vaqt (bir yildan ko'proq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan oz bo'lmagan va qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi.
27-modda. Ishsizlik nafaqalarini to'lash shartlari va muddatlari
Ishsizlik nafaqasi ushbu Qonunning 3-moddasiga muvofiq ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi.
Ishsizlik nafaqasi ularga mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va to'lanadi.
Ishsizlik nafaqasi ko'pi bilan:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o'n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;
ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan shaxslarga esa o'n ikki oylik davr mobaynida o'n uch kalendar hafta to'lanadi.
Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirishga yullanma olish uchun murojaat etishi kerak.
(QR 30.09.2014 y. 229/XVI-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
28-modda. Ishsizlik nafaqasi miqdorlarini aniqlash tartibi
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o'rtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.
Qaramog'ida o'n olti yoshga to'lmagan bolalari va boshqa kishilar bo'lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori o'n foizga oshiriladi.
Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsientni qo'llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab chiqishda rayon koeffitsientlarini qo'llash tartibi O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
29-modda. Ishdan va ish haqidan mahrum bo'lgan shaxslarga mo'ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o'rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo'lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekiston Respublikasida tarkib topgan o'rtacha ish haqidan ortiq bo'lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to'lash kafolatlanadi.
30-modda. Harbiy xizmatdan, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo'shatilgan shaxslarga mo'ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Harbiy xizmatdan, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo'shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo'lgan shaxslar ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan shartlar asosida ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Harbiy xizmatdan, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo'shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab chiqariladi.
31-modda. Birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga mo'ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida nafaqa to'lash kafolatlanadi.
32-modda. Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo'ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga quyidagi miqdorda nafaqa to'lash kafolatlanadi:
mutaxassisligi bo'lgan shaxslar uchun, shuningdek o'n ikki oy mobaynida haq to'lanadigan ish bilan bandligi o'n ikki kalendar haftadan kam bo'lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o'rgatishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda;
boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo'lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining etmish besh foizi miqdorida.
33-modda. Kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tgan, malaka oshirishni tugatgan shaxslarga mo'ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
34-modda. Ishsizlik nafaqasi to'lashni bekor qilish, to'xtatib qo'yish va uning miqdorini kamaytirish
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash bekor qilinadi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda;
ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta'minoti huquqiga ega bo'lgan taqdirda;
qaramog'ida uchtagacha kishi bo'lgan, o'ttiz besh yoshga to'lmagan ishsiz erkak haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda;
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm etilgan taqdirda;
ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtinchalik bajariladigan ishga joylashilgan taqdirda;
ishsizlik nafaqasini aldov yo'li bilan olgan taqdirda;
ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to'lash to'xtatib qo'yiladi:
ishsiz shaxs kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan bo'lsa, stipendiya olgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tish yoki malaka oshirish davrida;
ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o'tayotgan bo'lsa, bunday muassasada bo'lgan davrida;
ishsiz shaxs haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo'lsa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida;
(QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)
ishsiz shaxs uzrsiz sabablarga ko'ra belgilangan muddatda mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda, ishsizlik nafaqasini to'lash uch oygacha muddatga to'xtatib qo'yilishi yoki nafaqa miqdori kamaytirilishi mumkin.
35-modda. Ishsiz fuqarolarga moddiy yordam
Ishsizlik nafaqasini to'lashning belgilangan muddati o'tishi munosabati bilan ishsizlik nafaqasini olish huquqidan mahrum bo'lgan ishsiz fuqarolarga ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasidan yoki mahalliy byudjetlardan ajratiladigan moddiy yordam ko'rsatilishi mumkin.
Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi yoki mahalliy byudjetlar mablag'laridan ajratiladigan moddiy yordam ko'rsatish tartibi, miqdori va shartlari tegishli tartibda O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
(QR 11.08.2017 y. 153/XVII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)