Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISh TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

25.12.2009 y. №271/III

  

AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISh TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 28.12.2010 y. 64/IV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni   1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonun sil kasalligining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, sanitariya-gigienaga oid, epidemiyaga qarshi va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning, shuningdek sil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser ko'rigidan o'tkazish va reabilitatsiya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.   2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi  asosiy tushunchalar qo'llaniladi: BCG - Kalmett-Geren batsillasi: sil kasalligi mikrobining vaktsina sifatida qo'llaniladigan kuchsizlantirilgan shtammi (ko'rinishi); vaktsinatsiya - sil kasalligining oldini olish maqsadida chaqaloqlarda faol immunitet hosil qilish usuli; revaktsinatsiya - kasal yuqtirmaslik bobidagi yo'qolgan xususiyatni tiklash  yoki sil kasalligiga nisbatan yanada kuchliroq darajada immunitet hosil qilish uchun odam yoki hayvon organizmiga takroriy ravishda vaktsina kiritish; sil kasalligi  - sil mikobakteriyalari qo'zg'atadigan yuqumli kasallik; sil kasalligining yuqumli shakllari - sil kasalligining sil mikobakteriyalarini chiqarib turadigan faol shakllari; sil kasalligiga ko'ra noqulay bo'lgan chorvachilik ob’ekti - hayvonlarning  sil kasalligiga chalinish holati mavjud bo'lgan ob’ekt; sil mikobakteriyalari (mikroorganizmlar) - sil kasalligini qo'zg'atuvchilar; tuberkulin yordamida tashxis qo'yish - kasallikni aniqlash uchun odam va hayvonlarni tuberkulin yordamida tekshirish usuli.   3-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasining aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.   4-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishning asosiy printsiplari Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: sil kasalligi tarqalishining oldini olishga doir profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishning izchilligi va doimiyligi; O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga, mamlakatimizda doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga sil kasalligiga qarshi bepul yordam ko'rsatish.   5-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni ta'minlash Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish profilaktika  tadbirlari, tibbiy ko'riklar o'tkazish va aholini sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida, shuningdek davlat sog'liqni saqlash tizimining boshqa muassasalarida sil kasalligidan davolash yo'li bilan amalga oshiriladi. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni ta'minlash maqsadida tegishli vakolatli organ tomonidan belgilagan tartibda majburiy tarzda BCG bilan chaqaloqlarni vaktsinatsiya va bolalarni revaktsinatsiya qilish hamda tuberkulin yordamida tashxis qo'yish amalga oshiriladi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo'lgan shaxslarning bajarishi ijozat etilmaydigan ishlarning ro'yxati tegishli vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Ro'yxatda ko'rsatilgan ishlarni bajarishi ijozat etilgan shaxslarni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazish ularni albatta bakterioskopik tekshiruvdan, shuningdek tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadigan davriylikda rentgen-flyuorografiya tekshiruvidan o'tkazishni o'z ichiga oladi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Sil kasalligining yuqumli shakllariga chalingan bemorlarning yotoqxonalarga ko'chib kirishiga yo'l qo'yilmaydi. Sil kasalligiga chalingan bemorlarning yashash, ish, o'qish joylarida (epidemiya o'choqlarida) epidemiyaga qarshi va sog'lomlashtirish tadbirlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   6-modda. Sil kasalligiga chalingan shaxslarni  hisobga olish Tibbiyot muassasalari, shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy xizmati tibbiy ko'rik natijasida sil kasalligi borligi aniqlangan shaxslar haqida ularning turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarini  xabardor qilishlari shart. (QR 28.12.2010 y. 64/1V-sonli, 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonunlariga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Sil kasalligiga chalingan shaxslar turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida hisobga olinadi.   7-modda. Tergov  hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarni sil kasalligidan muhofaza qilish Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar sil kasalligining oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi shart. Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar sil kasalligiga chalingan hollarda ularga zarur tibbiy yordam ko'rsatiladi. Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, sil kasalligining yuqumli shakllariga chalingan shaxslar ajratib qo'yiladi va davolash uchun ixtisoslashtirilgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yotqiziladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy xizmati xodimlari tergov hibsxonalarida yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan  shaxslarning turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarini quyidagilardan xabardor qilishlari shart: (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) mazkur shaxslar sil kasalligiga chalinganligi ilk bor aniqlangan har bir holat haqida; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan, sil kasalligiga chalingan bemorlar haqida; mazkur shaxslarning sil kasalligidan vafot etganligi holatlari haqida. Jazoni ijro etish muassasalari ma'muriyati ozod qilinish to'g'risidagi ma'lumotnomalarda jazoni o'tab bo'lgan shaxslarda sil kasalligi bor-yo'qligi haqida belgi qo'yishi shart. Ichki ishlar organlari: jazoni ijro etish muassasasidan kelgan, sil kasalligiga chalingan bemor shaxsning pasportini yoki boshqa hujjatini rasmiylashtirish paytida sil kasalligiga qarshi kurash muassasasini u xizmat ko'rsatayotgan hududga sil kasalligiga chalingan bemor kelganligi haqida xabardor qiladi va uning yashash manzilini ko'rsatadi; jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan, sil kasalligiga chalingan bemorlar sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida hisobga olinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.   8-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga doir veterinariya-sanitariya tadbirlari Veterinariya xizmatlari aholini sil kasalligidan muhofaza qilish maqsadida hayvonlarni O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati  belgilagan tartib va muddatlarda majburiy tarzda tuberkulin yordamida tashxis qo'yishdan o'tkazadi. Sil kasalligiga chalingan va sog'lom hayvonlarni  birga saqlash, shuningdek sil kasalligiga ko'ra noqulay bo'lgan chorvachilik ob’ektlaridagi hayvonlar va chorvachilik mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish taqiqlanadi. Sil kasalligiga ko'ra noqulay bo'lgan chorvachilik ob’ektlaridagi hayvonlar belgilangan tartibda faqat go'sht kombinatlarida va kushxonalarda so'yiladi. Sil kasalligidan o'lgan hayvonlarni, shuningdek ularning zararlangan a'zolari, to'qimalari va tanalarini utilizatsiya qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xizmatlari muassasalari hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasalari odamlar va hayvonlarning sil kasalligiga chalinish hollari to'g'risida o'zaro xabar berib turilishini ta'minlaydilar.   9-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatish Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qo'yish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari o'tkazishni o'z ichiga oladi. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam fuqarolar ixtiyoriy ravishda murojaat qilganda, ularning o'z roziligiga ko'ra yoxud qonuniy vakillarining roziligi bilan ko'rsatiladi. Davlat organlari aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatish uchun: sil kasalligiga qarshi ambulatoriya, statsionar va sanatoriy yordami ko'rsatuvchi muassasalarni tashkil etadi; sil kasalligiga chalingan bolalarni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi statsionar va sanatoriy muassasalarida o'qitish uchun sharoitlar yaratadi; sil kasalligiga chalingan shaxslarning mehnat terapiyasini tashkil etish  hamda ularni yangi kasblarga o'rgatish uchun sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida davolash-mehnat ustaxonalarini barpo etadi; sil kasalligiga chalingan shaxslarga ijtimoiy yordam ko'rsatish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni ko'radi.   10-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi  yordam ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatilishi ustidan nazorat Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi veterinariya qo'mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga ega bo'lgan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.   11-modda. Sil kasalligiga chalingan  shaxslarning huquqlari Sil kasalligiga chalingan shaxslar quyidagi  huquqlarga ega: o'zlariga nisbatan muruvvatli va insoniy muomala qilinishi; o'z huquqlari to'g'risida hamda chalingan kasalliklarining xususiyati va qo'llanilayotgan davolash usullari haqida ma'lumot olish; sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatishning barcha turlarini, shu jumladan ambulatoriya va statsionar sharoitlarida maslahat-tashxis qo'yish, davolash va reabilitatsiya yordamini, sil kasalligi bilan bog'liq barcha ekspertiza turlarini, sanitariya-profilaktika yordamini olish; ixtisoslashtirilgan sanatoriylarda davolanish; ijtimoiy-maishiy yordam olish; ishga joylashishda ko'mak olish; o'qish va qayta ta'lim olish. Sil kasalligining yuqumli shakliga shalingan, sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashgan bo'limida majburiy tartibda davolanayotgan shaxslar ushbu moddada nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi, jumladan cheklovlarsiz xatlar yozish va olishga, posыlkalar, banderollar va pul junatmalarini olishga, telefondan foydalanishga, eng muhim narsalarga ega bo'lishga va ularni olishga, o'z kiyimlaridan foydalanishga haqli. (QR 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) Sil kasalligiga chalinish oqibatida mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo'qotgan shaxslarning ish joyi, egallab turgan lavozimi belgilangan tartibda ularda saqlanib turadi hamda ularga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to'lanadi. Yotoqxonalarda, shuningdek aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joylarida yashovchi shaxslarda sil kasalligining yuqumli shakllari aniqlangan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida uy-joy maydoni beriladi. Sil kasalligiga chalingan shaxslarning bolalari ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalariga, maktablar, internatlar va sanatoriy-sog'lomlashtirish muassasalariga navbatdan tashqari qabul qilinish huquqidan foydalanadilar. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi yoki sanatoriysida davolanayotgan bolalarga umumiy o'rta ta'lim dasturi bo'yicha o'qish imkoniyati yaratiladi. Sil kasalligiga chalingan va shu tufayli nogiron deb topilgan bolalarning ota-onalari (qonuniy vakillari) sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida bolalari bilan birga bo'lish huquqiga egadirlar. Sil kasalligiga chalingan  bemorlar va ularni kuzatib boruvchi shaxslar sil kasalligiga qarshi kurash sanatoriysiga borib kelishda mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan yiliga bir marta tekin yurish huquqiga ega. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga maslahat olish va davolanish uchun chaqirilayotgan yoki yuborilayotgan, sil kasalligiga chalingan bemorlar mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan tekin yurish (borib kelish) huquqiga ega.   12-modda. Sil kasalligiga chalingan shaxslarning majburiyatlari Sil kasalligiga chalingan bemorlar: jamoat joylarida, ish, o'qish joyida, jamoat transportidan foydalanishda, shuningdek yashash joylarida shu toifadagi bemorlar uchun belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishga; tibbiyot xodimining davolanish rejimiga, kundalik turmush va ishdagi yurish-turishiga doir tavsiyalarini bajarishga; tibbiyot xodimining chaqiruviga muvofiq sil kasalligiga qarshi kurash muassasasiga kelishga; turar joyi o'zgargan taqdirda o'n kunlik muddat ichida yangi joydagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida hisobga turishga majburdirlar. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan va shifokor belgilagan davolanishdan bo'yin tovlayotgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.   121-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishni rad etayotgan shaxsni davolash Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanserlik hisobda turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishni rad etayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga sudning hal qiluvchi qarori asosida majburiy tartibda joylashtirilishi kerak. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga majburiy tartibda joylashtirish haqida ariza ushbu shifoxonaning tibbiy komissiyasining tekshiruvidan va (yoki) davolanishni rad etayotgan shbu shaxsni majburiy tartibda joylashtirish zarurligi to'g'risidagi xulosa qabul qilingan kundan bir sutka davomida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanserlik hisobida trgan yoki davolanayotgan yoki uning yashayotgan (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasi tomonidan beriladi. (QR 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)   122-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanish muddatlari Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanishda bo'lishining davomiylik muddati olti oygacha belgilanadi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda turgan shaxs o'zining shbu shifoxonadan chiqishi yoki ushbu shifoxonada davolanish muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun o'zidan sil mikrobakteriyalari ajralib chiqishi bo'yicha har oyda kamida bir marotaba belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o'tkazilishi kerak. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza ushbu muassasaning tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda bo'lgan shifoxonada davolanishi muddatini uzaytirish zarrligi to'g'risidagi xulosasi asosida sudga beriladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanishda bo'lishi muddati ushbu muassasaning tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanishda bo'lgan shaxs ushbu shifoxonadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak: o'zidan sil mikrobakteriyalari ajralib chiqishi doimiy ravishda tuxtagan xolatda sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining tibbiy komissiyasi xulosasi; sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanish muddatini uzaytirishni bekor qilish haqidagi hal qiluvchi qarori. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanishda bo'lgan shaxs ushbu shifoxonadan chiqarilgandan keyin yashash manzilida dispanserlik nazoratda bo'lishi va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi. (QR 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)   123-modda. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanish to'g'risidagi hal qiluvchi qarorini bajarish (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurashish shifoxonasining ixtisoslashtirilgan bo'limida majburiy tartibda davolanish to'g'risidagi hal qiluvchi qarorini bajarish qonun hjjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. (QR 27.06.2014 y. 209/XV-sonli, 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonunlariga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   13-modda. Sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatishda  ishtirok etayotgan xodimlar uchun kafolatlar va imtiyozlar Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar mehnat  sharoiti noqulay va o'ziga xos ishlarda band bo'lgan shaxslar jumlasiga kiritiladi va ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. 14-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi  yordam ko'rsatishni moliyalashtirish Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish byudjet mablag'lari, byudjetdan tashqari manbalar va qonun hujjatlari bilan  taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.   15-modda. Aholini sil kasalligidan  muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.