Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

AHOLI O'RTASIDA MIKRONUTRIENT ETIShMASLIGI PROFILAKTIKASI TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

28.12.2010 y. №62/IV

  

AHOLI O'RTASIDA MIKRONUTRIENT ETIShMASLIGI PROFILAKTIKASI TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni   I-BOB. UMUMIY QOIDALAR   1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.   2-modda. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi  profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlari Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasining aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.   3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: mikronutrientlar - inson organizmining normal o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan, o'rnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar); mikronutrient etishmasligi - inson organizmining oziq-ovqat bilan tushadigan mikronutrientlar etarli emasligi sababli kasalliklarning rivojlanishiga olib keladigan holati; boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti - ishlab chiqarilishi jarayonida mikronutrientlar bilan boyitilgan (fortifikatsiya qilingan) oziq-ovqat mahsuloti; mikronutrientlar saplementatsiyasi - aholining muayyan guruhlari o'rtasida mikronutrientlarning dori vositalari tarzida profilaktik dozalarda qo'llanilishi; aholining muayyan guruhlari - mikronutrient etishmasligi profilaktikasi chora-tadbirlari amalga oshirilayotgan aholi guruhlari.   II-BOB. AHOLI O'RTASIDA MIKRONUTRIENT ETIShMASLIGI PROFILAKTIKASI SOHASINING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINIShI   4-modda. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: aholini boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti bilan ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini ta'minlash; boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilishini rivojlantirish; oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqarilishini qo'llab-quvvatlash; mikronutrientlar saplementatsiyasi; aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash; mikronutrient etishmasligini aniqlovchi zamonaviy texnologiyalarni va uning profilaktikasi usullarini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.   5-modda. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog'iston Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Sinov va sertifikatlashtirish markazi amalga oshiradi. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat boshqaruvi: davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib borishni; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ishlab chiqishni, ishlarni tashkil etishni va ularni bajarishni ta'minlashni; profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari o'tkazilishini tashkil etishni o'z ichiga oladi.   6-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi  profilaktikasi sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi: aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat va xududiy dasturlarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi va amalga oshirilishini ta'minlaydi; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi masalalari bo'yicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni hamda unga rahbarlikni amalga oshiradi; aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy yo'nalishlarning amalga oshirilishini ta'minlaydi; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan olib tashlangan) aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo'limlarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati va xavfsizligini hamda saqash sharoitlari bilan ta'minlash bo'yicha choralar ko'radi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   7-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining aholi o'rtasida mikronutrient  etishmasligi profilaktikasi sohasidagi  vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi: aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi; aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi va amalga oshiradi; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etadi va ularning bajarilishini ta'minlaydi; aholining mikronutrientlar saplementatsiyasi o'tkazilishi lozim bo'lgan muayyan guruhlarini aniqlaydi; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan olib tashlangan) mikronutrientlar saplementatsiyasini tashkil etadi; aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi bo'yicha sanitariya-gigiena va tushuntirish ishlarini olib boradi; aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qiladi va baholaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   8-modda. Qoraqalpog'iston Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasining, Sinov va sertifikatlashtirish markazining aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Sinov va sertifikatlashtirish markazi: boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarni majburiy sertifikatlashtirish bo'yicha ishni tashkil etadi. Qoraqalpog'iston Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Sinov va sertifikatlashtirish markazi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   8¹-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi; aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi maqsadida tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo'linmalarining hamda boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning sifati hamda xavfsizligini va ularni saqlash sharoitlarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar ko'radi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   III-BOB. AHOLI O'RTASIDA MIKRONUTRIENT  ETIShMASLIGI PROFILAKTIKASI ChORA-TADBIRLARI   9-modda. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasining turlari Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasining quyidagi turlari amalga oshiriladi: boyitilgan oziq-ovqat mahsulotiga bo'lgan ehtiyojni aniqlash va uni iste’mol qilishni ta'minlash; mikronutrientlar saplementatsiyasi; sanitariya-gigiena va tushuntirish ishlari.   10-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan  vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarish Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarni ishlab chiqarish yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.   11-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan  vitamin-mineral aralashmalarni sertifikatlashtirish Boyitilgan oziq-ovqat mahsuloti va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljaplangan vitamin-mineral aralashmalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.   12-modda. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan  vitamin-mineral aralashmalarni o'rash, tamg'alash,  tashish, saqlash, realizatsiya qilish va O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotini va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo'ljallangan vitamin-mineral aralashmalarni o'rash, tamg'alash, tashish, saqlash, realizatsiya qilish va O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.   13-modda. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi reklama Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasiga qaratilgan notijorat yo'sindagi reklama ijtimoiy reklama axborotidir. Ijtimoiy reklama axborotini tekinga tayyorlovchilar va tarqatuvchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining reklamasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR   14-modda. Nizolarni hal etish Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.   15-modda. Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlarini  buzganlik uchun javobgarlik Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.