Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

VOYAGA ETMAGANLAR O'RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASI TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

28.12.2011 y. №110/VIII

 

VOYAGA ETMAGANLAR O'RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASI TO'G'RISIDA

  1-BOB. UMUMIY QOIDALAR   1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.   2-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlari Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasining voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.   3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: voyaga etmagan - o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxs; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi - voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmagan - voyaga etmaganning nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida uning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavf tug'diradigan yoxud uni ta'minlash, tarbiyalash va unga ta'lim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda bo'lgan yoxud huquqbuzarlik yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etayotgan voyaga etmagan; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oila - ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar voyaga etmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo'layotgan oila; nazoratsiz - ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmaganni ta'minlash, tarbiyalash va unga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida xulq-atvori nazoratsiz qolgan voyaga etmagan; yakka tartibdagi profilaktika ishi - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlar va oilalarni o'z vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyat; qarovsiz - aniq yashash joyi bo'lmagan nazoratsiz qolgan voyaga etmagan; g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar - voyaga etmaganning muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishida, fohishalik, tilanchilik bilan shug'ullanishida ifodalanadigan xatti-harakatlari, shuningdek o'zga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan boshqa xatti-harakatlari.   4-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: voyaga etmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash; voyaga etmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish; voyaga etmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish.   5-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy printsiplari Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; insonparvarlik; tizimlilik; oilani qo'llab-quvvatlash va u bilan o'zaro hamkorlik qilish; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlarning tarbiyasiga yakka tartibda yondashish.   6-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatni axborot bilan ta'minlash Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar: prokuratura organlarini - voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida; voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarni - voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida, shuningdek voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar faoliyatida yo'l qo'yilgan kamchiliklar to'g'risida; vasiylik va homiylik organlarini - etim bolalar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoxud hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'diradigan yoxud ta'minlash, tarbiyalash va ta'lim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda bo'lgan bolalar to'g'risida; mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo'lgan voyaga etmaganlar va oilalar aniqlanganligi to'g'risida; ichki ishlar organlarini - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlar va oilalar, huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etgan voyaga etmaganlar to'g'risida, shuningdek voyaga etmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa g'ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan ota-onalar va o'zga shaxslar haqida; sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalarini - muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishi oqibatida tibbiy tekshiruvga, kuzatuvga yoki davolanishga muhtoj bo'lgan voyaga etmaganlar to'g'risida; ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalarini - ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini o'zboshimchalik bilan tark etgan yoxud ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo'lgan voyaga etmaganlar to'g'risida zudlik bilan xabardor qiladi.   7-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki Ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar bolalarini ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha majburiyatlarini bajara borib, ularning xavfsizligini, hayoti va sog'lig'i muhofaza qilinishini, nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining profilaktikasini ta'minlash maqsadida: ta'lim muassasalarida o'qiyotgan voyaga etmaganlarning o'qish vaqtida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, internet tarmog'idan foydalanish xizmatlarini ko'rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko'ngilochar (dam olish) joylarda bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, bundan mazkur muassasalarda ta'lim faoliyati yoki ta'lim muassasasi tomonidan o'tkaziladigan tadbir doirasida bo'lishi mustasno; voyaga etmaganlarning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishiga, chekishiga yo'l qo'ymaslik; voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlarini ko'radi. Ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar voyaga etmaganlarning restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, internet tarmog'idan foydalanish xizmatlarini ko'rsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa ko'ngilochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda ulardan birining kuzatuvisiz bo'lishiga yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlarini ko'radi.   2-BOB. VOYaGA ETMAGANLAR O'RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASINI AMALGA OShIRUVChI ORGANLAR HAMDA MUASSASALAR VA ULARNING VAKOLATLARI   8-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimi Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar; ichki ishlar organlari; ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalari; vasiylik va homiylik organlari; sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari; mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilmagan organlar hamda muassasalar voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.   9-modda. Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash bo'yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi, shuningdek ushbu tadbirlarning ro'yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradi va ommalashtiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatadi; voyaga etmaganlar, pedagogik jamoalar va jamoatchilik o'rtasida huquqiy targ'ibotni olib boradi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarda voyaga etmaganlarni saqlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish sharoitlarini nazorat qiladi; voyaga etmaganlarni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalar bo'yicha sudga murojaat qiladi; ta'lim muassasalarining voyaga etmaganlarni mazkur muassasalardan chiqarish to'g'risidagi iltimosnomalarini ko'rib chiqadi; voyaga etmaganlarning, ularning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek boshqa shaxslarning voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog'liq shikoyatlari va arizalarini ko'rib chiqadi; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga etmaganlarga ishga joylashish va turmushini yo'lga qo'yishda yordam ko'rsatadi, davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo'lgan voyaga etmaganlarni joylashtirish shakllarini belgilashda ko'maklashadi; huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga etmaganlarni qayta tarbiyalashda ota-onaga yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga yordam berish uchun zarur tayyorgarlikka, hayotiy tajribaga yoki bolalar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan fuqarolarni ularning roziligi bilan jalb qiladi; o'z majlislariga mansabdor shaxslar, mutaxassislar va boshqa shaxslarni ko'rilayotgan masalalar yuzasidan axborot hamda tushuntirishlar olish uchun taklif qiladi; voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini bartaraf etish, tarbiya-profilaktika faoliyatini yaxshilash maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi; voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollari to'g'risida prokuratura organlariga xabarlar yuboradi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarning qarorlarini bajarmagan, shuningdek voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarning voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini bartaraf etishga doir taqdimnomalarida ko'rsatilgan choralarni ko'rmagan hollarda, ularni javobgarlikka tortish to'g'risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi; voyaga etmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ta'sir choralarini belgilangan tartibda qo'llaydi. Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarning tashkil etilishi va faoliyat ko'rsatishi tartibi Korakalpogiston  Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi.   10-modda. Ichki ishlar organlari Ichki ishlar organlari voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo'linmalari voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo'linmalaridan hamda voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlaridan (bundan buyon matnda ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi deb yuritiladi) iboratdir. Ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida o'z vakolatlari doirasida ishtirok etadi hamda zarur yordam ko'rsatadi.   11-modda. Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar o'rtasida uquqbuzarliklarning profilaktikasi bo'linmalari Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo'linmalari o'z vakolatlari doirasida: yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi; qidiruv e’lon qilingan voyaga etmaganlarni, shuningdek ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda ularni voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi tegishli organlarga yoki muassasalarga yuboradi; voyaga etmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud voyaga etmaganlarga nisbatan boshqa g'ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni, shuningdek voyaga etmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga etmaganlarning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo'layotgan ota-onalarni yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi hamda ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'sir choralarini qo'llash to'g'risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi; voyaga etmaganlarning, ularning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek boshqa shaxslarning voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog'liq shikoyatlari va arizalarini ko'rib chiqadi; huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga etmaganlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'sir choralarini qo'llash to'g'risida voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi tegishli organlar va muassasalarga takliflar kiritadi; voyaga etmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlariga yoki ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish uchun ularga taalluqli hujjatlarni tayyorlaydi; voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklari yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlari faktlari, shuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar to'g'risida tegishli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi; huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga etmaganlarni, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga etmaganlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ichki ishlar organlariga olib boradi, bu haqda zudlik bilan bayonnoma tuzadi hamda voyaga etmaganlar keltirilganligi haqida ularning ota-onasini yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarni xabardor qiladi; voyaga etmaganlarning yashash, o'qish (ish) joyidagi ta'lim, madaniy-ko'ngilochar, sport-sog'lomlashtirish muassasalarida, boshqa tashkilotlarda, to'garaklar va klublarda voyaga etmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvolini o'rganadi; voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish to'g'risida tegishli davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi; voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklari yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlari to'g'risidagi materiallarning tegishli organlar va muassasalar tomonidan ko'rib chiqilishida ishtirok etadi; voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar va boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarning, voyaga etmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo'layotgan ota-onalar yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning hisobini yuritadi, shuningdek statistika hisobotini tuzish uchun zarur bo'lgan axborotni yig'adi va umumlashtiradi; etim bolalar hamda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishda vasiylik va homiylik organlariga ko'maklashadi. Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo'linmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   12-modda. Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlari Ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlari o'z vakolatlari doirasida: uch yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sog'lig'ini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni ta'minlaydi; olib kelingan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi, voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda bu haqda tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi; voyaga etmaganlarni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga olib boradi, shuningdek ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga etmaganlarni joylashtirish bo'yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlariga quyidagi voyaga etmaganlar joylashtirilishi mumkin: nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar; ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalarini, etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun ta'lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o'zboshimchalik bilan tark etganlar; ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan o'n olti yoshgacha bo'lganlar; ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo'lgan yoshga to'lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog'liq bo'lmagan holda rivojlanishda o'z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to'la ravishda anglab etishga qodir bo'lmaganlar, agar voyaga etmaganlarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni ta'minlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur bo'lsa, shuningdek ularning shaxsi aniqlanmagan yoxud ularning aniq yashash joyi bo'lmasa yoki o'zlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo'lsa; ma'muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan bo'lsa yoxud ularning aniq yashash joyi bo'lmasa yoki o'zlari huquqbuzarliklar sodir etgan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo'lsa; o'zining ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi to'g'risidagi masalaning sud tomonidan ko'rib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar; sudning ajrimiga ko'ra ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish uchun sudning ajrimi asos bo'ladi. Voyaga etmagan ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga ichki ishlar organi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi boshlig'ining yoxud uning o'rinbosarining qarori asosida joylashtirilishi mumkin. Bu holda voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar voyaga etmagan markazga joylashtirilganidan keyin 48 soatdan kechiktirmasdan sudga yuboriladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi boshlig'i yoki uning o'rinbosari voyaga etmaganning ushbu markazga joylashtirilganligi to'g'risida mazkur markaz joylashgan erdagi prokurorni va voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyani zudlik bilan, lekin 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi. Voyaga etmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida ularni joylashtirish uchun zarur bo'lgan eng kam vaqt davomida, lekin ko'pi bilan o'ttiz kun bo'lishi mumkin. Alohida hollarda bu muddat sudning ajrimi asosida o'n besh kungacha uzaytirilishi mumkin. Ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida voyaga etmaganning bo'lishi muddatiga quyidagilar kirmaydi: ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida sog'liqni saqlashni boshqarish organi tomonidan e’lon qilingan karantin davri; voyaga etmaganning sog'liqni saqlash muassasasining hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilaga qaytarishga yoki tegishli muassasaga yuborishga to'sqinlik qilayotgan kasalligi davri; sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi ajrimi ustidan berilgan shikoyatning (protestning) ko'rib chiqilish vaqti. Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlari to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.   13-modda. Ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalari Ta'limni boshqarish organlari o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sog'lom turmush tarzi asoslarini singdirishga yo'naltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va ta'lim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi; ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalarining, shuningdek voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voga etmaganlarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi, ularning umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olishiga doir chora-tadbirlarni ko'radi; voyaga etmaganlarga o'z hayot yo'lini va kasb-hunar tanlashida ularning qobiliyati, qiziqishi, moyilligi hamda sog'lig'ining holatiga muvofiq psixologik yordam ko'rsatadi; rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni bo'lgan voyaga etmaganlarni aniqlaydigan, ularni kompleks tekshiruvdan o'tkazadigan hamda ularning kelgusidagi ta'minoti, tarbiyasi va ta'limi shakllarini belgilash bo'yicha tavsiyalar tayyorlaydigan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar tuzadi; yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi; ta'lim muassasalarida ommabop sport sektsiyalari, texnik va boshqa to'garaklar, klublar tashkil etilishini hamda voyaga etmaganlarni ularda qatnashishga jalb etishni ta'minlaydi, voyaga etmaganlarning bandligi va dam olishini tashkil etishda qatnashadi. Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari hamda boshqa ta'lim muassasalari o'z vakolatlari doirasida: rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni yoxud o'qishida muammolari bo'lgan voyaga etmaganlarga ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik yordam ko'rsatadi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan, shuningdek ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga etmaganlarni aniqlaydi, ularni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berishga doir chora-tadbirlarni ko'radi; ta'lim muassasalarida ommabop sport sektsiyalari, texnik va boshqa to'garaklar, klublar tashkil qiladi hamda voyaga etmaganlarni ularda qatnashishga jalb etadi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalarni aniqlaydi hamda ushbu oilalarga o'z bolalarini ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasida yordam ko'rsatadi; voyaga etmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sog'lom turmush tarzi asoslarini singdirishga yo'naltirilgan dasturlar hamda uslublarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ko'radi. Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun ta'lim muassasalari o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlarning ota-onasi vafot etgan, ularning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ular ota-onalarining ota-onalik huquqi cheklangan, ota-onasi muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onasi kasal bo'lgan, ota-onasi uzoq muddat bo'lmagan, ota-onasi bolalarini tarbiyalashdan yoki ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan hollarda, shu jumladan, ota-onasi o'z bolalarini ta'lim muassasalaridan, sog'liqni saqlash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortgan taqdirda, shuningdek bolalar ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan boshqa hollarda voyaga etmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash, ularga ta'lim berish, kelgusida ularni joylashtirish va mustaqil hayotga tayyorlash uchun qabul qiladi; kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalarning voyaga etmagan bolalarini, faqat otasi yoki onasi bor bo'lgan voyaga etmaganlarni ushbu oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida bir yildan ortiq bo'lmagan muddatga ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish uchun qabul qiladi; mazkur muassasalarda saqlanayotgan voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi; yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi. Ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   14-modda. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari kiradi. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga o'n bir yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan, ta'minlash, tarbiyalash va ta'lim berish uchun alohida sharoitlarga muhtoj voyaga etmaganlar quyidagi hollarda uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga joylashtirilishi mumkin, agar ular: ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo'lgan yoshga to'lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog'liq bo'lmagan holda rivojlanishda o'z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to'la ravishda anglab etishga qodir bo'lmagan bo'lsa; aybliligi to'g'risidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaga ko'rib chiqish uchun topshirilgan bo'lsa; ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qo'llanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan bo'lsa; yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan bo'lsa. Voyaga etmaganlarni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun quyidagilar asos bo'ladi: ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida ko'rsatilgan voyaga etmaganlarga nisbatan ushbu Qonunga muvofiq chiqarilgan sud ajrimi; ushbu modda ikkinchi qismining to'rtinchi xatboshisida ko'rsatilgan voyaga etmaganlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq chiqarilgan sud ajrimi. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga ushbu muassasalarda saqlash, tarbiyalash va ta'lim berishga to'sqinlik qiladigan kasalligi bo'lgan voyaga etmaganlar joylashtirilishi mumkin emas. Voyaga etmaganlarni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalarida saqlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berishga to'sqinlik qiladigan kasalliklar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlarni o'qitishni, ularning kasb-hunar tayyorgarligini va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiradi; voyaga etmaganlarni saqlashning mazkur muassasalar hududini ko'riqlashni, voyaga etmaganlarning shaxsiy xavfsizligini va salbiy ta'sirlardan himoyalanganligini, ushbu muassasalar hududiga begona shaxslarning erkin kirishini, bu muassasalarda saqlanayotgan voyaga etmaganlarning erkin chiqishini cheklashni o'z ichiga olgan maxsus shart-sharoitlarini ta'minlaydi; voyaga etmaganlarning mazkur muassasalarni o'zboshimchalik bilan tark etishi holatlari to'g'risida ushbu muassasalar joylashgan erdagi va voyaga etmaganlarning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini xabardor qiladi hamda ichki ishlar organlari bilan birgalikda ularni topish va mazkur muassasalarga qaytarishga doir chora-tadbirlarni ko'radi; voyaga etmaganlarning yashash joyidagi voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarga voyaga etmaganlarning ushbu muassasalardan chiqarilayotganligi to'g'risidagi xabarnomalarni, shuningdek voyaga etmaganlarga oid tavsifnomaparni ularni chiqarishdan kamida bir oy oldin yuboradi. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari mazkur muassasalar joylashgan erdagi voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarga quyidagi masalalar yuzasidan taqdimnomalar kiritadi: voyaga etmaganlarni boshqa ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga o'tkazish; voyaga etmaganlarning mazkur muassasalarda bo'lishini sud tomonidan belgilangan muddat o'tishidan oldin, agar ular xulq-atvori tuzalganligi sababli ushbu ta'sir chorasini qo'llashni davom ettirishga muhtoj bo'lmasa yoki sog'lig'i holatiga ko'ra bu muassasalarda bo'la olmasa, tugatish; voyaga etmaganlarni o'qitishni tamomlash zarur bo'lgan taqdirda, ularning ushbu muassasalarda bo'lish muddatini uzaytirish. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari to'g'risidagi nizomlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.   15-modda. Vasiylik va homiylik organlari Vasiylik va homiylik organlari o'z vakolatlari doirasida: etim bolalarni, ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi hamda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek ularni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish sharoitlari ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda voyaga etmaganlarga nisbatan vasiylik va homiylikni belgilashga doir chora-tadbirlarni ko'radi; o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganning o'z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qo'yish yoki uni bu huquqdan mahrum qilish to'g'risidagi iltamosnoma bilan sudga murojaat qiladi, bundan voyaga etmaganning belgilangan tartibda to'la hajmda muomala layoqatini olishi hollari mustasno; yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi; ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish to'g'risida da'volar qo'zg'atadi; ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi, shuningdek ota-onalik huquqini tiklash haqidagi ishlarni sudlarda ko'rib chiqishda ishtirok etadi. Vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   16-modda. Sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari Sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar o'rtasida sanitariya-gigiena bilimlarini keng yoyishni, shuningdek sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni tashkil etadi; voyaga etmaganlar o'rtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik va zaharvandlik hamda ularning xulq-atvoridagi shu bilan bog'liq nuqsonlarning profilaktikasi bo'yicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta'minlaydi; voyaga etmaganlar o'rtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik va zaharvandlikning tarqalishi to'g'risida voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarni xabardor qiladi; uch yoshgacha bo'lgan adashib qolgan, tashlab ketilgan va ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan boshqa bolalarni kecha-kunduz qabul qilish hamda parvarishlashni amalga oshiradi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarga, shuningdek voyaga etmaganlarning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga maslahat yordamini ko'rsatadi; alkogol ta'sirida mast holatda bo'lgan yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida bo'lgan voyaga etmaganlarni kecha-kunduz qabul qilishni amalga oshiradi va ularga tibbiy yordam ko'rsatadi; rivojlanishida yoki fel-atvorida kamchiligi bo'lgan voyaga etmaganlarga ixtisoslashtirilgan diagnoz qo'yish va davolash-tiklash yordamini ko'rsatadi; ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga yuborilayotgan voyaga etmaganlarning sog'lig'i to'g'risida belgilangan tartibda xulosalar tayyorlaydi; spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilayotgan voyaga etmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni tashkil etadi; jinsiy yo'l bilan yuqtiriladigan kasalliklarning manbalarini aniqlash, ushbu kasalliklarga chalingan voyaga etmaganlarni tekshirish va davolashni tashkil etadi. Sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   17-modda. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari o'z vakolatlari doirasida: ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlarga va oilalarga ijtimoiy yordam ko'rsatishda belgilangan tartibda ishtirok etadi; yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlarga va oilalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish va ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslub hamda texnologiyalaridan foydalanadi; voyaga etmaganlarning dam olishini, ijtimoiy muassasalarda ochilgan to'garaklar yoki klublarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishni tashkil etishda ishtirok etadi; nogiron bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatilishini ta'minlaydi, nogiron bolalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini rivojlantiradi; voyaga etmaganlarni ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko'maklashadi, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqadi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   18-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlarning hamda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo'yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; faoliyati voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan bolalar va yoshlar jamoat birlashmalari, ijtimoiy muassasalar, jamoat fondlariga hamda boshqa tashkilotlarga yordam ko'rsatadi; voyaga etmaganlarni o'qitishni, ularning bandligi va dam olishini tashkil etishda ishtirok etadi; voyaga etmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda shakllantirish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi. Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   19-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o'z vakolatlari doirasida: voyaga etmaganlarning ma'naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etadi, ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga ko'maklashadi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmaganlarga va oilalarga yordam ko'rsatadi; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko'maklashadi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.   3-BOB. YaKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKA IShINI TAShKIL ETISh   20-modda. O'ziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib boriladigan shaxslarning toifalari Yakka tartibdagi profilaktika ishi quyidagi voyaga etmaganlarga nisbatan olib boriladi: nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar; g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etganlar; ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalarida yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlarida saqlanayotganlar; ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotganlar; ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etganlar; amnistiya akti asosida yoki qilmish yoxud shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi sababli yoki aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi yoxud yarashilganligi munosabati bilan, shuningdek voyaga etmaganni jazo qo'llamasdan turib tuzatish mumkin deb e’tirof etilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlar; ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo'lgan yoshga to'lmaganlar yoxud ruhiy kasallik bilan bog'liq bo'lmagan holda rivojlanishda o'z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to'la ravishda anglab etishga qodir bo'lmaganlar; jinoyat sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot chorasi qo'llanganlar; majburlov choralari qo'llangan holda jinoiy jazodan ozod qilinganlar; jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganlar, shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi sababli yoki aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan yoxud amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganlar; hukmning ijrosi kechiktirilganlar; shartli hukm qilinganlar, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa jazo turlariga hukm qilinganlar; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar yoki ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlar; ruhiy kasallik tufayli sog'liqni saqlash muassasalarida hisobda turganlar va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lganlar. Yakka tartibdagi profilaktika ishi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalarga nisbatan ham olib boriladi.   21-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish asoslari Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish uchun ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan holatlar, agar ular quyidagi hujjatlarda qayd etilgan bo'lsa, asos bo'ladi: voyaga etmaganning yoxud uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan o'ziga yordam ko'rsatish to'g'risidagi arizasida; sudning hukmi yoki ajrimida; voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaning, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki ichki ishlar organi boshlig'ining qarorida; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi muassasalarga voyaga etmaganlarni joylashtirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarda; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organ yoki muassasa rahbari shikoyatlar, arizalar yoki boshqa xabarlarni tekshirish natijalari bo'yicha tasdiqlagan xulosada.   22-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish muddatlari Yakka tartibdagi profilaktika ishi ijtimoiy va boshqa yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan muddatlarda, voyaga etmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar bartaraf qilinguniga yoki voyaga etmaganlar o'n sakkiz yoshga to'lguniga yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar yuzaga kelguniga qadar olib boriladi.   23-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilishini tashkil etish Ichki ishlar organlari ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmagan bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini uning shaxsi va yon-atrofidagilarning o'ziga xos xususiyatlarini, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarning xususiyatini, oilaviy tarbiya sharoitlarini hisobga olgan holda olib boradi. Ushbu holatlar voyaga etmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar, boshqa shaxslar bilan profilaktika suhbatlari o'tkazish, voyaga etmaganni uning yashash, o'qish (ish) joyiga borib ko'rish, tavsiflovchi materiallarni o'rganish davomida aniqlanadi. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga etmagan bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish davomida: voyaga etmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyati aniqlanadi; voyaga etmaganga huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oqibatlari tushuntiriladi; voyaga etmaganning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishi sabablari va shart-sharoitlari aniqlanadi hamda ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ko'riladi; voyaga etmaganni huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etayotgan shaxslar aniqlanadi va ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga doir chora-tadbirlar ko'riladi; voyaga etmaganga ijobiy ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan shaxslar jalb etiladi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan o'zaro hamkorlikda voyaga etmaganni saqlash, tarbiyalash, unga ta'lim berish, uning bandligi va dam olishini tashkil etish masalalari hal etiladi. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan oilalar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish davomida: oiladagi muhitni sog'lomlashtirishga, ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning bolalarga salbiy ta'sir ko'rsatishini bartaraf etishga doir tadbirlar amalga oshiriladi; ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga voyaga etmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, bolalarning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatganlik yoxud ular bilan shafqatsiz muomalada bo'lganlik oqibatlari tushuntiriladi; oilani yashash joyiga borib ko'rish, tavsiflovchi materiallarni o'rganish, sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari, ta'limni boshqarish organlari va ta'lim muassasalari vakillari, boshqa shaxslar bilan suhbatlar o'tkazish orqali ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning turmush tarzi hamda niyati aniqlanadi; ularga ijobiy ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan shaxslar jalb etiladi; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan o'zaro hamkorlikda voyaga etmaganlarni saqlash, tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning bandligi va dam olishini tashkil etish masalalari hal etiladi; voyaga etmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo'layotgan ota-onalar yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'sir choralarini qo'llash to'g'risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda takliflar kiritiladi.   24-modda. O'ziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotgan shaxslarning huquqlari O'ziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotgan voyaga etmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlar bilan ta'minlanadi. Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida saqlanayotgan voyaga etmaganlar belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan ta'minlanadi: ota-onasini yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarni voyaga etmaganlar mazkur muassasalarga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi to'g'risida xabardor qilish; voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga, voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish; odamning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada bo'lish; cheklanmagan miqdorda telefonda so'zlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan aloqada bo'lish, posilkalar, banderollar, yo'qlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda jo'natish; belgilangan normalar bo'yicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy ta'minotning boshqa buyumlarini olish.   4-BOB. VOYaGA ETMAGANNI IJTIMOIY-HUQUQIY YoRDAM KO'RSATISh MARKAZIGA JOYLAShTIRISh TARTIBI   25-modda. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi materiallarni tayyorlash Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirishni talab qiluvchi holatlar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari voyaga etmagan ichki ishlar organlarining bo'linmalariga keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar voyaga etmagan topilgan joydagi yoxud ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi joylashgan erdagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi boshlig'i yoki uning o'rinbosari tomonidan yuboriladi.   26-modda. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomaning sud tomonidan ko'rib chiqilishi Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma ichki ishlar organi uni taqdim etgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko'rib chiqiladi. O'ziga nisbatan ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma ko'rib chiqilayotgan voyaga etmagan, prokuror, vasiylik va homiylik organining, ichki ishlar organining vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Iltimosnomani ko'rib chiqishda voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaning vakili va advokat ishtirok etishi mumkin. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish ichki ishlar organi vakilining voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish zarurligini asoslab beradigan ma'ruzasidan boshlanadi. So'ngra prokuror, o'ziga nisbatan iltimosnoma ko'rib chiqilayotgan voyaga etmagan, advokat, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar o'rganiladi. Ajrim sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risida; iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risida. Sudyaning voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risidagi ajrimi u o'qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha chiqargan ajrimi darhol ichki ishlar organiga ijro etish uchun, voyaga etmaganga, uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organiga, advokatga, agar u sud majlisida ishtirok etgan bo'lsa, ma'lumot uchun yuboriladi. Sudyaning voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha chiqargan ajrimi ustidan sudya mazkur ajrimni chiqargan kundan e’tiboran o'n kun ichida Jinoyat ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudiga, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlariga voyaga etmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi hamda advokat tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Jinoyat ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudining, tuman, shahar sudlarining sudyasi voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyatni (protestni) shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran o'n kun ichida ko'rib chiqadi va quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risida; sudyaning ajrimini o'zgartirish to'g'risida; sudyaning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish to'g'risidagi ajrimini bekor qilish haqida; sudyaning iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risidagi ajrimini voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish masalasini hal qilgan holda bekor qilish haqida.   27-modda. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish tartibi Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma va ushbu muddatni uzaytirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi boshlig'i yoki uning o'rinbosari tomonidan mazkur markaz joylashgan erdagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudiga voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida saqlashning muddati tugashidan kamida uch kun oldin yuboriladi. Voyaga etmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan ko'rib chiqiladi.   5-BOB. VOYaGA ETMAGANNI IXTISOSLAShTIRILGAN O'QUV-TARBIYa MUASSASASIGA JOYLAShTIRISh TARTIBI   28-modda. Voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi materiallarni tayyorlash Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya voyaga etmaganga nisbatan kelib tushgan uning aybliligi to'g'risidagi masala hal qilinmay turib rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini yoxud o'ziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilgan voyaga etmaganning huquqbuzarligi yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlari to'g'risidagi materiallarni ko'rib chiqib, voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish yoki boshqa ta'sir choralarini qo'llash haqida qaror qabul qiladi. Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda zudlik bilan xabardor qilinadi. Ichki ishlar organlari voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun zarur bo'lgan materiallarni o'n kun ichida voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya uchun tayyorlashi shart. Ichki ishlar organlari tegishli davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga zarur hujjatlarni taqdim etish to'g'risida so'rovlar yuboradi. So'rovlar olingan kundan e’tiboran besh kun ichida bajarilishi kerak. Sog'liqni saqlash muassasalari voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligini aniqlash uchun uni tibbiy tekshiruvdan o'gkazadi. Tibbiy tekshiruv vaqtida voyaga etmaganda uning ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasida saqlanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishiga to'sqinlik qiladigan kasalliklar aniqlangan taqdirda, unga taalluqli materiallar boshqa ta'sir choralarini qo'llash uchun voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaga topshiriladi. O'ziga nisbatan ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish haqidagi materiallar tayyorlanayotgan voyaga etmagan ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirilishi yoxud ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning nazoratiga topshirilishi mumkin bo'lib, ular voyaga etmaganning munosib xulq-atvorda bo'lishini va sudning chaqiruviga binoan kelishini ta'minlashi shart. Sudga kelishdan bo'yin tovlayotgan ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar, shuningdek o'n olti yoshga to'lgan voyaga etmaganlar majburiy keltirilishi mumkin. Voyaga etmaganlar, agar jinoyat ishini qo'zg'atish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan yoxud jinoiy jazodan ozod qilingan paytdan e’tiboran bir yildan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa, ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilmaydi   29-modda. Voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani sudga yuborish Ichki ishlar organi boshlig'i yoki uning o'rinbosari voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi haqidagi masalani ko'rib chiqish uchun voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaga quyidagi hujjatlarni yuboradi: voyaga etmaganning o'qish (ish) joyidan ma'lumotnoma va tavsifnoma; voyaga etmaganning oilaviy-maishiy turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi; ichki ishlar organining voyaga etmagan tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar hamda shu sababli ko'rilgan ta'sir choralari haqidagi axborotni o'z ichiga olgan ma'lumotnomasi; sog'liqni saqlash muassasasining voyaga etmaganning sog'lig'i holati hamda uni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi haqidagi xulosasi. Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarni olgach, voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani olingan hujjatlarni, shuningdek jinoyat ishini qo'zg'atish rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini ilova qilgan holda uch sutkadan kechiktirmay sudga yuboradi.   30-modda. Voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomaning sud tomonidan ko'rib chiqilishi Voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya uni taqdim etgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida voyaga etmaganning yashash joyidagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko'rib chiqiladi. O'ziga nisbatan ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma ko'rib chiqilayotgan voyaga etmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar, prokuror, vasiylik va homiylik organining, voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Iltimosnomani ko'rib chiqishda ichki ishlar organining vakili va advokat ishtirok etishi mumkin. Voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya vakilining voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish zarurligini asoslab beradigan ma'ruzasidan boshlanadi. So'ngra prokuror, o'ziga nisbatan iltimosnoma ko'rib chiqilayotgan voyaga etmagan, advokat, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar o'rganiladi. Ajrim sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi. Voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga mazkur majburlov chorasini qo'llash muddatini ko'rsatgan holda joylashtirish to'g'risida; voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirmay turib tuzalishi mumkinligini tasdiqlovchi holatlar yoki uni mazkur muassasaga joylashtirishga to'sqinlik qiladigan sabablar sudya tomonidan aniqlangan hollarda, iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish va materiallarni voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaga voyaga etmaganga nisbatan boshqa ta'sir choralarini qo'llash uchun yuborish to'g'risida. Sudyaning voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risidagi ajrimi u o'qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha chiqargan ajrimi darhol mazkur ajrimni ijro etishni ta'minlovchi organlar va muassasalarga yuboriladi, voyaga etmaganga, uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organiga, advokatga, agar u sud majlisida ishtirok etgan bo'lsa, ma'lumot uchun yuboriladi. Sudyaning voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha chiqargan ajrimi ustidan sudya mazkur ajrimni chiqargan kundan e’tiboran o'n kun ichida jinoyat ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudiga, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlariga voyaga etmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi, voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya hamda advokat tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Jinoyat ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudining, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarining sudyasi voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyatni (protestni) shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran o'n kun ichida ko'rib chiqadi va quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risida; sudyaning ajrimini o'zgartirish to'g'risida; sudyaning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi ajrimini bekor qilish haqida; sudyaning iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risidagi ajrimini voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish masalasini hal qilgan holda bekor qilish haqida.   31-modda. Sudning voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimini ijro etish Sudning voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimining ijrosini quyidagilar ta'minlaydi: voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya - voyaga etmaganga nisbatan ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ta'sir choralarini qo'llashga taalluqli qismini; ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi - voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasiga olib borishga taalluqli qismini; ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasi - voyaga etmaganni mazkur muassasada saqlash muddati mobaynida uning tuzalishi va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishini ta'minlashga taalluqli qismini.   6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR   32-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning moliyaviy va moddiy-texnika ta'minoti Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning moliyaviy hamda moddiy-texnika ta'minoti O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.   33-modda. Nizolarni hal etish Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.   34-modda. Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.