Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

14.12.1992 y. №229/XII

  

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 09.04.1993 y. 229/XII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 29.08.2005 y. 49/III-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni   1-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'ining sxematik va rangli tasviri (ilova beriladi) tasdiqlansin.   2-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   3-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i: Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida bo'lib o'tadigan xalqaro konferentsiyalarda, taqdimotlarda, sport musobaqalarida Qoraqalpog'iston Respublikasini tanitadi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   4-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'ri burchakli - bayroqning butun uzunligi bo'ylab o'tgan moviy rang, to'q sariq va to'q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to'g'ri to'rtburchak shaklida. To'q sariq rangning chetini oq va qizil hoshiyalar ajratib turadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ining uzunligi - 250 sm, kengligi - 125 sm. Moviy rang, va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. har bir en - 42 sm tengdir. Bayroqning o'rtasidagi to'q  sariq rangli en - 34 sm.  Oq hoshiyalarning eni - 1,0 sm, qizil hoshiyalarning eni - 2,5 sm dan iborat. Yuqori qismidagi moviy rangli enda oq rangli yarim oy tasvirlangan (uning do'ng tomoni bayroqning tayoqchasiga qaratilgan) va uning o'ng tomonida (agar bayroqning yuz qismidan qaraganda) o'zaro teng oq rangdagi besh qirrali yulduz bor. Yarim oy, diametrlari 22 sm va 19 sm bo'lgan ikki doiraning kesishishidan paydo bo'lib bu doiralarning markazlari moviy rangli  enni teng ikkiga ajratib turgan  to'g'ri chiziqda yotadi. Mazkur doiralar markazlari orasidagi masofa - 4 sm. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ining tayoqchasidan yarim oygacha bo'lgan masofa - 20 sm. Oq rangli besh qirrali yulduzlar 34 sm x 18 sm hajmdagi to'g'ri burchakka tutashib turibdi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ining tayoqchasidan to'g'ri burchakgacha bo'lgan masofa - 42 sm. Oq rangli besh qirrali yulduz ikki qatorga quyidagicha joylashgan: yuqori qaor ikki yulduzdan pastki qator - uch yuduzdan iborat. har bir yulduz diametri 10 sm bo'lgan doiraga joylashadi. Oq rangli yarim oyning pastki qismi va pastki qatordagi yulduzlar nurlarining cho'qqilari yuqoriga oq hoshiyadan 10 sm masofada joylashgan gorizontal chiziq bilan tutashadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ining yuzi va tashqi tomonlari bayroqning tayoqchasi simmetrik bo'lib keladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   5-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i: 1) doimiy ravishda: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining; respublika davlat boshqaruvi organlarining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; mahalliy davlat hokimiyat organlarining; sudlarning; prokuratra organlari imoratlarida; 2) doimiy ravishda: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Fuqarolik ishlar bo'yicha Oliy sudining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jalik sudining; respublika davlat boshqaruvi organlarining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; mahalliy davlat hokimiyat organlarining majlislar zalida; 3) doimiy ravishda: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasi raisining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Fuqarolik ishlar bo'yicha Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jalik sudi raislarining; respublika davlat boshqaruvi organlari raislarining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining; tuman va shahar hokimlarining xizmat xonalarida kỹtariladi; 4) O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan bayram kunlarida - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tuman va shahar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko'chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va ob’ektlarda; 5) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini, Senati a'zolarini, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlarini, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining deputatlarini saylovi yoki ovoz berish o'tkazilayotgan binolar va xonalarda; 6) Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumat buyrug'i bo'yicha; 7) sport musobaqalari - Qoraqalpog'iston Respublikasi chempionatlari va birinchiliklari, milliy terma jamoalar ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida hamda milliy terma jamoalarining vakillari bo'lgan g'oliblarini mukofotlash marosimlari vaqtida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i ko'tarilgandan keyin; 8) Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'i unga bo'lgan tegishli darajadagi hurmat ko'rsatilgan holda umumxalq bayramlari va tantanali marosimlar vaqtida ko'tarilishi mumkin.   51-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i: Ushbu Qonunning 5-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda soat 6 da ko'tariladi va soat 22 da tushirilib ko'yiladi; Ushbu Qonunning 5-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan saylovi yoki ovoz berish o'tkazish davrida ko'tarilib ko'yiladi.   52-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i tasvirlangan belgilardan Qoraqalpog'iston Respublikasiga tegishliligini belgilash maqsadida predmetlarda, o'quv-tarbiya jarayonlarida, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mukofatlarining elementi sifatida  foydalanishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i tasvirlangan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan mollarni (faoliyatni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat nltijorat tashkilotlarining belgilari Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'iga o'xshash bo'lishi mumkin emas. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   6-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i bilan bir vaqtda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i ko'tarilganda, Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i (binoning old tomoniga qarab turganda) ung tomonidan ko'tarilishi kerak. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i bilan bir vaqtda bir necha davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlarning bayroqlari ko'tarilganda Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro huquq normalariga muvofiq ko'tariladi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i boshqa davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlarning bayroqlari bilan ten ko'tarilishi kerak. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   7-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i o'rinlarda asosiy kirish joyining tepasida yoki buning uchun maqbul bo'lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bo'lgan dastada, yo bo'lmasa flagshtokda ko'tariladi, bunda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko'pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladi. Ko'tarib qo'yilgan Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i matosi er sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo'lishi kerak. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   8-modda. Motam munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining Farmoniga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i motamga moslab ko'tarilishi mumkin. Bunday hollarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining yigirmadan bir (1/20) qismiga teng bo'lgan qora tasma bog'lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Motam munosabati bilan flagshtokda Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i ko'tarilgan taqdirda bayroq flagshtok uzunligining uchdan bir (1/3) bo'lagicha tushirib qo'yiladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   9-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo'lishi kerak. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ini tayyorlash, saqlash va yo'q qilish tartibi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   10-modda. Ushbu Qonun ijrosini ta'minlash tegishli davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga yuklatiladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   11-modda. Ushbu Qonunning davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   12-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Qoraqalpog'istondagi boshqa shaxslar Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)