QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO'G'RISIDA
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
09.04.1993 y. №258/XII
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TO'G'RISIDA
Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 29.08.2005 y. 49/III-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 1-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlansin. 2-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbi Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat suverenitetligining ramzidir. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) 3-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbi o'ng tomoni sholi boshoqlaridan va chap tomoni chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan, tog'ning narigi tarafidan chiqib kelayotgan quyoshning Amudaryo bilan Orol belgisi bo'lgan daryo va dengiz tasviridan iborat. Gerbning yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz va besh yulduzli yarim oy tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Xumo qushining orqasida Qoraqalpog'iston xalqlarining qadimgi madaniyatining o'ziga xos tag-tomirlari birligining nishoni bo'lgan Qo'rg'ontog' tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "Qaraqalpaqstan" deb yozib qo'yilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko'rinishida Xumo qushi kumush, daryo va dengiz moviy rangda, orqa tarafdagi tog'lar to'q kul rangda, Qo'rg'ontog' – to'q sariq rangda, quyosh, boshoqlar va paxta chanoqlari oq rangga ega. " Qaraqalpaqstan" yozuvi – qizil, oltin chambar sakkiz qirrali yulduz - moviy rangda yarim oy va yulduz oq rangda tasvirlangan. Gul chambar lentalari Qoraqalpog'iston Respublikasi (tag qismida) va O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining aynan o'zi hisoblanadi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) 4-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbi: 1) doimiy ravishda: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining; respublika davlat hokimiyati organlarining; sudlarning; prokuratura organlari binolarining old tomoniga; 2) doimiy ravishda: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining; respublika davlat hokimiyati organlarining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; mahalliy davlat hokimiyat organlarining; sudlarning; fuqarolik holati aktlarini yozish organlarining nikoh tantanali ravishda ruyhatga olinadigan majlislar zalida; 3) doimiy ravishda: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasi raisining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Fuqarolik ishlar bo'yicha Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jalik sudi raislarining; respublika davlat boshqaruvi organlari raislarining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining; tuman va shahar hokimlarining xizmat xonalarida joylashtiriladi; 4) Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumi qarorlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining farmoyishlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining blankalarida; 5) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va uning Apparatining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining; respublika davlat hokimiyati organlarining; Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining; mahalliy davlat hokimiyat organlarining; sudlarning; prokuratura organlarining; notariuslarning hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi idoraviy notarial arxivlarning; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbini qo'yish huquqi berilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida; 6) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlarining rasmiy nashrlarida; 7) Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat gerbi tasviridan Qoraqalpog'iston Respublikasiga tegishliligini belgilash maqsadida predmetlarda, o'quv-tarbiya jarayonida, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mukofatlarining elementi sifatida foydalanishi mumkin. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) 41-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat gerbi elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan mollarni (faoliyatni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilari Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat gerbiga o'xshash bo'lishi mumkin emas. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) 5-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat gerbining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qat’i nazar, ushbu Qonunda berilgan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos bo'lishi kerak. 6-modda. Ushbu Qonun ijrosini ta'minlash tegishli davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga yuklatiladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) 7-modda. Ushbu Qonunning davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan) 8-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Qoraqalpog'istonda turgan boshqa shaxslar Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asos o'zgartirishlar kiritilgan)