Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

24.12.1993 y. №322/XII

 

 QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYaSI TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 29.08.2005 y. 49/III-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 30.12.2017 y. 167/XIX-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni   1-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri tasdiqlansin.   2-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash Qoraqalpog'iston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.   3-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi: 1) Qoraqalpog'iston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bag'ishlangan tantanali yig'ilishlar va majlislari ochilishi chog'ida va yopilishida O'zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosidan keyin; 2) Qoraqalpog'iston Respublikasi televidenie va radioeshittirishlarida, har kuni - ko'rsatuv va eshittirishlar boshida va oqirida, ko'rsatuv va eshittirishlar kechasi va kunduzi olib borilganda soat 6 da va soat 24 da, yangi yil oqshomida soat 24 da O'zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosidan keyin; 3) respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va san’at arboblari sharafiga o'rnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chog'ida O'zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosidan keyin; 4) davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o'tkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayroqlarini ko'tarish chog'ida; 5) harbiy marosimlarni o'tkazish vaqtida - O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq; 6) umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida – yangi o'quv yili boshlanishi va o'quv yili tamomlanishi marosimlari vaqtida; 7) sport maydonlarida - Qoraqalpog'iston Respublikasi chempionatlarini, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida milliy terma jamoalar qatnashida xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida hamda ushbu musobaqalarda g'olib bo'lgan milliy terma jamoalarining vakillarini mukofotlash marosimlari vaqtida O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayroqlari ko'tarilganda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosidan keyin. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   4-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat madhiyasi unga bo'lgan tegishli darajadagi hurmat ko'rsatilgan holda umumxalq bayramlari va tantanali marosimlar vaqtida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosidan keyin ijro etilishi mumkin. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   5-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, orkestr-xor tomonidan yoki o'zga vokal va cholg'u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg'u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to'liq ijro etiladi, cholg'u asboblarining o'zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo'l qo'yiladi, ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi.   6-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog'i lozim.   7-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi ko'pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida bosqacha qoida belgilanmagan bo'lsa ishtirokchilar Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini tik turib va o'ng qo'lini ko'krakning chap tarafiga qo'yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar bo'lsa qo'lini bosh kiyimiga qo'yib tinglaydi. Agar Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasining ijro etilishi Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ining ko'tarilishi bilan birga amalga oshirilsa, ishtirokchilar unga yuzi bilan ugiriladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   8-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish: harbiy qismlarda, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etilayotgan paytda harbiy xizmatchilarning harbiy salom berishi harbiy ustavlar bilan; ichki ishlar idoralarida, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etilayotgan paytda ichki ishlar idoralarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibidan bo'lgan shaxslarning salom berishi Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilab qo'yadigan qoidalar bilan; ta'lim muassasalarida Qoraqalpog'iston Respublikasining Hukumati, Xalq ta'limi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo'yadigan qoidalar bilan tartibga solinadi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   9-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya sport qo'mitasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo'yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi. (QR 30.12.2017 y. 167/XIX-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi. (QR 29.08.2005 y. 49/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   10-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar va tashkilotlarning tadbilari vaqtida  Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qo'yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   11-modda. Ichki ishlar idoralarida, ta'lim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi xududida xorijiy davlatlar va tashkilotlarning tadbilari vaqtida Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   12-modda. Ushbu Qonunning ijrosini ta'minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu Qonunning ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   13-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Qoraqalpog'istonda turgan boshqa shaxslar Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishlari shart. Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. (QR 21.10.2011 y. 99/VII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)