QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT TILI TO'G'RISIDA
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
18.09.1996 y. №197/I
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT TILI TO'G'RISIDA
(yangi tahrirda)
Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 28.12.2010 y. 64/IV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 1-modda. Qoraqalpoq va o'zbek tillari Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat tili hisoblanadi. 2-modda. Koraqalpoq va o'zbek tillariga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 3-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida qoraqalpoq va o'zbek tillari davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi. Ushbu Qonun tillarni hayotda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog'liq udumlarni ado etishda qo'llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o'z xohishlariga ko'ra tanlash huquqiga egadirlar. 4-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida barcha fuqarolarga davat tilini urganish uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo'lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o'qitish bepul amalga oshiriladi. 5-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko'rsatadigan, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda ularning tillarida faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta'minlanadi. 6-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o'rta maxsus va oliy ma'lumot olishni ta'minlaydi. 7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda qoraqalpoq va o'zbek tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat, davlat tilining boyitilishi va takomillashtirilishini shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi. Davlat tiliga yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining tegishli qo'mitalarining roziligi bilan joriy etiladi. 8-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanadi. Respublikada o'tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o'zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. 10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, davla tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o'sha joydagi ko'pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi ta'minlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o'rtasidagi xo'jalik nizolarini ko'rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo'llaniladi. 12-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko'ra notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo'lgan taqdirda boshqa maqbul tilda beriladi. (QR 28.12.2010 y. 64/IV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin. 14-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta'minlanadi. 15-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida yashovchi shaxslar, o'z millatidan qat’i nazar, o'z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar. 16-modda. Televidenie va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. 18-modda. Pochta-telegraf jo'natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko'ra boshqa tilda amalga oshiriladi. 19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlarining matnlari davlat tilida bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo'shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlari o'zlari xohlagan ilda yoziladi davlat tilida takrorlanadi. 20-modda. Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko'rgazmali hamda og'zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi. 21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo'riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi. 22-modda. Respublikaning ma'muriy-hududiy birlashmalarining, maydonlarining va geografik ob’ektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi. 23-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o'zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi. 24-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o'zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.