JAMOAT BIRLASHMALARI TO'G'RISIDA
QORAQALPOG'ISTON RESPUBIKASINING QONUNI
26.06.1991 y. №130/XII
JAMOAT BIRLAShMALARI TO'G'RISIDA
Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 15.08.1995 y. 87/I-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 25.06.1997 y. 271/II-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 09.10.2004 y. 293/II-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 29.08.2005 y. 49/III-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 22.05.2010 y. 314/II-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 02.03.2015 y. 28/III-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 26.12.2018 y. 28/XXIV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni I BOB. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi Siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi o'z huquqlari, erkinliklarini xamda qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko'ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini ko'zlaydigan yoxud boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko'maklashadigan kooperativ tashkilotlarga xamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat ko'rsatish tartibi boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadigan o'zga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2-modda. Jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunlari Jamoat birlashmalari to'g'risidagi Qoraqalpog'iston Respublikasining qonunlari jamoat birlashmalarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu Qonundan va respublikaning boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo'ladi. 3-modda. Jamoat birlashmalarini tuzishning maqsadi Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar xamda erkinliklarni ro'yobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; qasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish; vatan-parvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o'rtasida tinchlik va do'stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining va Qoraqalpog'iston Respubikasining konstitutsion tuzumini g'ayriqonuniy yo'l bilan o'zgartirish yoki hududining birligini buzish, urushni, zo'ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini ko'zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo'l qo'ymaydi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura bo'laklari tashkil etish taqiqlanadi. Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yo'l bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari xamda hokimiyat vakolatlariga ega bo'lganlarga nisbatan g'ayridemokratik tarzda quch ishlatib tazyiq o'tkazish taqiqlanadi. Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq ta'qib qilinadi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari Jamoat birlashmalari o'z a'zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, tenghuquqliligi, o'zini o'zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi. Barcha jamoat birlashmalari o'z ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko'radilar. Jamoat birlashmasi faoliyatida fuqaroning qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda ko'zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo'la olmaydi. Mehnat to'g'risidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy ta'minoti va ijtimoiy sug'urta qildirish to'g'risidagi qonunlar jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi. 5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma'naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o'tkazilishini ta'minlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi. Qonunda ko'zda tutilgan xollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Xalq depuatlarini saylovlar, xalq ovoz berish haqidagi qonunlarga muvofiq saylovlarni moliyaviy ta'minlashdan boshqa siyosiy maqsadni ko'zlovchi ommaviy jamoat harakatlari faoliyatining davlat tomonidan moliyaviy ta'minlanishi taqiqlanadi. Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular a'zolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan bo'sh vaqtida va mazkur birlashmalar mablag'i hisobidan amalga oshiriladi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq saylovlarni moliyaviy ta'minlashdan boshqa siyosiy maqsadni ko'zlovchi siyosiy partiyalarning va jamoat harakatlari faoliyatining davlat tomonidan moliyaviy ta'minlanishi taqiqlanadi. 6-modda. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun respublika hududida amalga oshiriladigan va Qoraqalpog'iston Respublikasining hududida o'z tashkilolariga ega birlashmalar umum ittifoq va respublikalik jamoat birlashmalarning bo'g'inlariga kiradi. Respublika tashqarisida tuzilgan, faoliyati mazkur qonunning 3-moddasiga zid keladigan jamoat birlashmalari filiallarining va boshqa strukturalik bo'limlarining faoliyatiga yo'l qo'yilmaydi. Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun respublika hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari respublika jamoat birlashmalariga kiradi. Bunda siyosiy partiyaning Qoraqalpog'iston Respublikalik tashkiloti Nukus shahrini qo'shganda kamida o'n ikki hududiy sub’ektlarda (shahar va tumanlarda) yashayotgan kamida besh yuz, kasaba uyushmasining esa kamida uch yuz a'zosi bo'lishi kerak. Tuman, shahar, posyolka va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi. Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun tuman hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari tuman va shahar jamoat birlashmalariga kiradi. Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati posyolka, qishloq hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari posyolka, qishloq jamoat birlashmalariga kiradi. Zarurat paydo bo'lgan xollarda tumanlararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin. 7-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari Jamoat birlashmalari ixtiyoriylik asosida jamoat birlashmalarining ittifoqlariga uyushishga haqlidirlar. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari ushbu Qonunda jamoat birlashmalari uchun belgilab qo'yilgan tartibda tuziladi, amal qiladi va o'z faoliyatini to'xtatadi. II BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINI TUZISh VA ULAR FAOLIYaTINING TO'XTATISh 8-modda. Jamoat birlashmalarini tuzish Jamoat birlashmasi kamida o'n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi. Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta'sis s’ezdini (konferentsiyasini) yoki umumiy yig'ilishini chaqiradilar, unda ustav (nizom, o'zga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi. 9-modda. Jamoat birlashmasiga a'zolik Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi a'zosi bo'lish xuquqiga ega - bu holat Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasiga ham (32 modda) muvofiq bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasining o'n sakkiz yoshga to'lgan fuqarolari respublika siyosiy partiyalarining a'zolari bo'lishlari mumkin. Bir siyosiy partiyaning a'zosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning a'zosi bo'la olmaydi. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida ko'zda tutilgan xollarda jamoa a'zolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin. 10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi Jamoat birlashmasining ustavida qo'yidagilar ko'zda tutilishi kerak: a) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi; b) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o'z faoliyatini amalga oshiradigan hudud; v) jamoat birlashmasi a'zoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma ro'yxatda qayd etiladigan a'zolarga ega bo'lsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) g) jamoat birlashmasi a'zolari (qatnashchilari)ning huquqlari va burchlari; d) jamoat birlashmasi xamda uning tashkilotlarining mablag'lari va boshqa mol-mulkini hosil qilish manbalari; e) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablag'lari va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta'minlanish manbalari; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) j) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qaerda joylashganligi; z) jamoat birlashmasi ustaviga o'zgartishlar, qo'shimchalar kiritish tartibi; i) jamoat birlashmasi faoliyatini to'xtatish tartibi. Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa xam rejalar ko'zda tutilishi mumkin. Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunlarga zid bo'lmasligi kerak. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro'yxatga olish Umum ittifoq va respublikalik jamoat birlashmalarining xalqaro, respublikalararo jamoat birlashmalarining Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat ko'rsatadigan respublika bo'limlarning, shuningdek respublika va mahalliy jamoat birlashmalarining ustavlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olinadi. Jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbar idorasi a'zolari tomonidan imzolangan va shu a'zolar xar birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili, istiqomat joyi ko'rsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta'sis s’ezdi (konferentsiyasi) yoki umumiy yig'ilish protokoli, ushbu Qonuning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi. Ustavni ro'yxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab ikki oy muddatda ko'rib chiqiladi. (QR 02.03.2015 y. 28/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan o'zgarishlar, qo'shimchalar xam ustavlarni ro'yxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq ro'yxatga olinishi lozim. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro'yxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar ro'yxatini tuzib boradilar. Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning ustavlari ro'yxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab qo'yilgan tartibda o'z faoliyatlarini amalga oshiradilar va milliy qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs deb tan olinishi mumkin. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Tegishli tartibda o'z ustavlarini ro'yxatdan o'tkazmagan jamoat birlashmalarining, shu jumladan ommaviy harakatlari filliallarining va ularning boshqa tarmoq bo'linmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalarining faoliyat ko'rsatishlariga yo'l qo'yilmaydi (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Jamoat birlashmasi ustavini, unga kiritilgan keyingi o'zgartishlar va qo'shimchalarni ro'yxatdan o'tkazganlik uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat boji undiriladi. (QR 22.05.2010 y. 31/II-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 12-modda. Jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olishni rad etish Agar jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 3, 4 yoki 10-moddalari qoidalariga zid bo'lsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi ro'yxatga olingan bo'lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olishni rad etish mumkin. Ustavni ro'yxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi ko'rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. Jamoat birlashmasining ustavini ro'yxatdan o'tkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunida ko'zda tutilgan tartibda qarab chiqiladi. Jamoat birlashmaning ustavini ro'yxatdan o'tkazishning rad etilishi ustidan tegishli tartibda sudga shikoyat qilish mumkin. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 13-modda. Jamoat birlashmalarining ramzlari Jamoat birlashmalari ramz sifatida o'z timsoliga, bayrog'iga va vimpeliga ega bo'lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat birlashmalarining timsollari va vimpellari ushbu Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismida ko'rsatilgan maqsadlarni targ'ib etishga xizmat qilmasligi kerak. Bayroqlar va vimpellar belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. 14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining to'xtatilishi Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qo'shilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yo'li bilan to'xtatilishi mumkin. Jamoat birlashmalari ularning s’ezdlari (konferentsiyalari) yoki umumiy yig'ilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan so'ng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida ko'zda tutilgan tartibda ro'yxatga olinadi. Jamoat birlashmasi s’ezd (konferentsiya) yoki umumiy yig'ilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida ko'zda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi. S’ezd (konferentsiya) yoki umumiy yig'ili qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida ko'zda tutilgan maqsad yo'lida sarflanadi. Siyosiy partiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasidagi tashkilot faoliyatini tugatish yoki to'xtatib turish “Siyosiy partiyalar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. III BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING HUQUQLARI VA FAOLIYaTINING ShART-ShAROITLARI (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar. Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi. Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o'z maqsadlari va faoliyati to'g'risidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunda ko'zda tutilgan xollarda va tartibda esa: davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi; qonun chiqarish tashabbus ko'tarib chiqadi; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan olib tashlandi) davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi; davlat va jamoat idoralarida o'z a'zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; ushbu Qonunda xamda Qoraqalpog'iston Respublikasining boshqa hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 16-modda. Siyosiy partiyalarning Qoraqalpog'iston Respublikasi tashkilotlari va ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari Siyosiy partiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi tashkiloti davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiladi xamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi. Partiyalarning dasturiy hujjatlari bo'ladi, ular ommaning e’tibori uchun matbuotda e’lon qilinadi. Siyosiy partiyalarning Qoraqalpog'iston Respublikasi tashkiloti deputatlikka nomzodlar ko'rsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi xamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir. Siyosiy maqsadlarni yoki boshqa maqsadlarni ko'zlaydilar xamda ularning ro'yxatga olingan a'zolari bo'lmaydi. Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar o'z xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar xamda siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bog'liq bo'lmaydilar. Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xo'jalik tashkilotlari, kooperativ va o'zga jamoat birlashmalari bilan o'zaro munosabatlarda kasaba uyushmalari to'g'risidagi amaldagi qonunlarga muvofiq kasaba uyushmasi a'zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini ko'zlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda ro'yxatga olinadigan a'zolari bo'ladi. 17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qo'yiladigan tartibda ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadilar xamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan korxonalar va xo'jalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadilar. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ana shu birlashmalar a'zolari (qatnashchilari) o'rtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi, jamoat birlashmalari o'z mablag'laridan hatto o'z ustavida ko'rsatilmagan bo'lsa xam, xayriya maqsadlari yo'lida foydalanishlariga yo'l qo'yiladi. Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda belgilab qo'yilgan tartibda va miqdorda byudjetga pul o'tkazadilar. 18-modda. Jamoat birlashmalari mulki Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-ma'rifiy va sog'lomlashtirish maqsadlari uchun mo'ljallangan mulklarga, pul mablag'iga, aktsiyalarga, boshqa qimmatli qog'ozlarga xamda ularning ustavlarida ko'zda tutilgan faoliyatni moddiy ta'minlash uchun zarur bo'lgan o'zga mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk ob’ektlariga egalik qilishlari mumkin. Jamoat birlashmalarining o'z ustavlarida ko'rsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning mablag'i hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya, muassasalari jamoat birlashmalarining mulki bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki bo'la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo'yilishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag'lari, agar ustavda ko'zda tutilgan bo'lsa, birlashmaga kirish va a'zolik badallarini to'lashdan, ixtiyoriy ravishda o'tkazilgan pul va xayriyalardan, ustavga muvofiq o'tkazilgan lektsiyalar, ko'rgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xo'jalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko'rsatilgan shaxslardan moliyaviy va o'zgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablag'lar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo'lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o'tkazilishi lozim. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qo'shilgan birlashmalarga karashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qo'yiladi. 19-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta'sis etishga xamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonunlarga muvofiq noshirlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidirlar. IV BOB. JAMOAT BIRLAShMALARI FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh QONUNNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK 20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag' bilan ta'minlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag' miqdorini va soliqlar to'g'risidagi qonunlarga muvofiq soliq to'lanishini nazorat qilib boradilar. Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar. Jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Ro'yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o'tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o'z vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bog'lik masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a'zolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir. 21-modda. Javobgarlik asoslari Jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunlarni buzish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, ma'muriy, moddiy yoki o'zga javobgarlikka sabab bo'ladi. Jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunni buzganlik uchun bu ishda aybdor bo'lgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar bo'ladilar. Jamoat birlashmasi, shu jumladan o'z ustavini ro'yxatdan o'tkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar bo'ladi. Ustavida belgilab qo'yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin. 22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 4-qismi va 18-moddasining uchinchi qismida ko'zda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi to'rtinchi qismida ko'zda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin. Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Umumittifoq jamoat birlashmalari, respublika jamoat birlashmalari va uning bo'linmalari, tumanlararo jamoat birlashmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining va Adliya vazirligining taqdimiga binoan, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning taqdimiga asosan sudning chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi. Sudning jamoat birlashmasini tugatish to'g'risidagi qarori ustidan shikoyat qilinmaydi. Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli tuman va shahar sudlari tomonidan tugatiladi. V BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING XALQARO ALOQALARI, XALQARO JAMOAT BIRLAShMALARI 23-modda. Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari Jamoat birlashmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlariga va o'z ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga qo'shilishi, bevosita xalqaro aloqalar o'rnatishlari, tegishli bitimlar tuzishlari mumkin. 24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari Qoraqalpog'iston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq faoliyatini respublikasi hududida va bitta yoki undan ko'proq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi. Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv a'zo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustavi xam ushbu Qonunga muvofiq ro'yxatga olinishi kerak. O'z faoliyatini xorijiy davlat hududida amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilgan ustavini qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining o'zga turlarini maqsad qilib qo'ygan jamoat birlashmalari qonunda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu Qonunning qoidalari xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida tuzilgan bo'limlari (filiallari va boshqa tarkibiy bo'linmalari) faoliyatiga ushbu qonun rejalari qo'llanilmaydi. 25-modda. Xalqaro shartnomalar O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasining ushbu Qonundagidan o'zga qoidalar belgilangan bo'lsa, unda xalqaro shartnomadagi qoidalar qo'llanadi.