JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
25.06.1997 y. №263/I
JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA
Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 3-modda. Jurnalist Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to'plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 4-modda. Tsenzuraga yo'l qo'yilmasligi Qoraqalpog'iston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining tsenzura qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o'zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 5-modda. Jurnalistning huquqlari Jurnalist o'z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog'ida: axborotni to'plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish; davlat sirlarini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) jurnalist tekshiruvi o'tkazish; o'zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo'yib tarqatish, ularda o'z fikr-mulohazasini ifodalash; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo'lish; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo'lish; ma'lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish; sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo'lish; e’lon qilishga tayyorlangan ma'lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish; basharti qonunni buzishga olib keladigan bo'lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish; o'zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo'ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish; axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish; taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o'ziga etkazilgan ma'naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish; jamoat birlashmalariga, shu jumladan, jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega. Jurnalist o'ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi. 6-modda. Jurnalistning majburiyatlari O'z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog'ida jurnalist: qonun hujjatlari hamda O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi; o'zi tayyorlayotgan materiallarining to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi; aybsizlik prezumptsiyasi printsipiga amal qilishi; jurnalistika sohasining sirini oshkor etmasligi; jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart. Jurnalist o'z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas. Jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart. 7-modda. Jurnalistika sohasining siri Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan o'z nomini oshkor etmaslik sharti bilan ixtiyoriy ravishda ma'lum qilingan mahfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma'lumotlarni bu ma'lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o'zining g'arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko'zlab foydalanishi taqiqlanadi. 71-modda. Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va o'z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog'ida uning xulq-atvoriga qo'yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir. Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 8-modda. Jurnalistning daxlsizligi Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog'ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi. Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta'qib qilishga yo'l qo'yilmaydi. 9-modda. Jurnalist tekshiruvi Jurnalist axborot to'plash va tekshiruv o'tkazish huquqiga ega. Jurnalist o'z tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u ko'lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo'yilishi yoki ko'zdan kechirilishi mumkin emas. 10-modda. Jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari Jurnalistning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan qo'riqlanadi. Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o'z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta'minlaydi. Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o'z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog'ida olgan biror bir ma'lumotni talab etish taqiqlanadi. 11-modda. Jurnalistni akkreditatsiya qilish Jurnalist davlat organi, jamoat birlashmasi va tashkilot huzurida akkreditatsiya qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining jurnalisti xorijiy davlatda akkreditatsiya qilinishi mumkin. Chet el jurnalisti O'zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin. Akkreditatsiya qilingan jurnalist: bo'lib o'tadigan ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to'g'risida oldindan axborot olish; akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa ob’ektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish; ochiq hay’at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir bo'lish; akkreditatsiya qiluvchi organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so'rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko'chirma nusxalar olish; olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega. Akkreditatsiya qilingan jurnalist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 12-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi jurnalistining chet eldagi va chet el jurnalistining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi faoliyati Qoraqalpog'iston Respublikasining jurnalisti chet elda jurnalistlik faoliyatini O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining va o'zi akkreditatsiya qilingan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasining hududida akkreditatsiya qilingan chet el jurnalisti axborot to'plash va tarqatishda Qoraqalpog'iston Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega. Chet el jurnalisti Qoraqalpog'iston Respublikasining hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog'ida Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etishi shart. 13-modda. Chet el jurnalisti akkreditatsiyasining bekor qilinishi Ushbu Qonunni, boshqa qonun hujjatlarini, xarakatdagi xalqaro shartnomalarining qoidalarini buzgan taqdirda, chet el jurnalistining Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifi asosida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini bekor qilishi mumkin. Chet el jurnalisti o'zining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi akkreditatsiyasini bekor qilish to'g'risida qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 14-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari: tsenzura qilganlik; jurnalist o'z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo'rin bekor qilish yo'li bilan to'sqinlik qilganlik; jurnalistning so'rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik; jurnalistga tazyiq o'tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik; jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g'ayriqonuniy ravishda olib qo'yganlik; axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Jurnalistning ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bog'liq holda sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga tahdid, zo'ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. 15-modda. Jurnalistning javobgarligi Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo'lmaydi: agar bu ma'lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma'lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo'lsa; agar bu ma'lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud bo'lsa yoki chiqishlarning so'zma-so'z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo'lsa. (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 16-modda. Xalqaro shartnomalar Agar Qoraqalpog'iston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. (olib tashlandi) (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan 16-modda olib tashlangan)