QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO'G'RISIDA
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
12.11.2003 y. № 223/II
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO'G'RISIDA
(yangi taxrirda)
Ushbu Qonunga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 28.12.2016 y. 119/XIII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Asosiy tushinchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: donor - o'z qoni va uning tarkibiy qismlaridan bir qismini tibbiyot ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda beruvchi jismoniy shaxs; donor qoni banki - qon bilan ishlash xizmati tomonidan vujudga keltiriladigan va yangilab boriladigan, uzoq muddat saqlashga mo'ljallangan donor qoni tarkibiy qismlarining zaxiralari; donor qoni preparatlari - donor qoni tarkibiy qismlarini qayta ishlashda olingan davolash vositalari; donor qoni tarkibiy qismlari - qonning qon plazmasi va hujayralari shaklidagi tarkibiy qismlari. 3-modda. Qon va uning tarkibiy qisimlari donorligi to'g'risidagi qonun hujjatlari Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. 4-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy printsiplari Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi; qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararligi; donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligi. 5-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi Qon va uning tarkibiy qismlarini tibbiyot ehtiyojlari uchun topshirish donor tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Shaxsni qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishga biron-bir tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi. 6-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararligini ta'minlash Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararliligi qon bilan ishlash xizmati tomonidan donor bo'lishga rozilik bildirgan shaxsni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, qon va uning tarkibiy qismlarini olishda tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiena normalari va qoidalariga rioya etishi, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning davriyligi va hajmiga rioya etilishi orqali ta'minlanadi. 7-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarinin ishlatish xavfsizligini ta'minlash Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligini ta'minlash sog'liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari donor qoni va uning tarkibiy qismlari sifati hamda xavfsizligini kafolatlovchi belgilangan standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart. 8-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish shartlari Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish bepul va pulli asosda amalga oshirilishi mumkin. Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat bo'lganda, donorning o'ziga ishlatilishini ko'zlab topshirish (autodonorlik) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 9-modda Tibbiy ko'rikdan o'tkazish Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish yoshi o'n sakkizga to'lgan shaxslar tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi. (QR 18.08.2018 y. 200XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish oldidan shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish hamda ularning salomatligi to'g'risida hujjat berish bepul amalga oshiriladi. 10-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini tuplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to'plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni qon bilan ishlash xizmati amalga oshiradi. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini ishlatish sog'liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to'plash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash hamda ishlatish tartibi tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadi. (QR 18.08.2018 y. 200XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to'plash, tayyorlash va qayta ishlashni xususiy tartibda amalga oshirish taqiqlanadi. 11-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlariga bỹlgan ehtiyojlar Donor qoni va uning tarkibiy qismlariga, shuningdek donor qoni preparatlariga bo'lgan ehtiyojlar, donor qoni bankini vujudga keltirish va yangilab borish tartibi tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadi. (QR 18.08.2018 y. 200XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 12-modda. Qon bilan ishlash xizmati Qon bilan ishlash xizmati davlat sog'liqni saqlash tizimining donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to'plash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari majmuidan iborat. Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirib borish tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. (QR 18.08.2018 y. 200XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) 13-modda. Qon bilan ishlash xizmati vakolatlari Qon bilan ishlash xizmati qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etishni quyidagi yo'llar bilan amalga oshiradi: donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to'plash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash; aholini qon va uning tarkibiy qismlarini ixtiyoriy ravishda topshirishga jalb etish; donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini ishlatish xavfsizligi sharoitlarini ta'minlash; donor qoni va uning tarkibiy qismlari, shuningdek donor qoni preparatlarining tashilishini tashkil etish; donor qoni bankini vujudga keltirish va yangilab borish. Qon bilan ishlash xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 14-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va joylardagi davlat xokimiyati organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohosidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va joylardagi davlat boshkaruv organlari o'z vakolatlari doirasida: qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to'g'risidagi qonun hujjatlari ijro etilishini ta'minlaydilar; o'z hududlarida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etadilar; qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy byudjetdan mablag'lar ajratadilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va joylardagi davlat boshkaruv organlari qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin. 15-modda. Korxonalar, muassasalari va tashkilotlarning qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi majburiyatlari Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ma'muriyati, harbiy qism komandirlari (boshliqlari): shaxslarni donorlar safiga jalb qilishda qon bilan ishlash xizmatiga ko'maklashadilar; tibbiy ko'rikdan o'tadigan kuni va qon topshiradigan kuni donorni uning murojaatiga binoan ish, xizmat yoki o'qish joyidan sog'liqni saqlash muassasalariga borishiga moneliksiz ruxsat beradilar, donorning shu kunlari ish yoki xizmat joyida bo'lmasligi odamlar hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'dirishiga, davlat mudofaasi, xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlash bilan bog'liq vazifalar bajarilmasligiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan hollar bundan mustasno; qon topshirish tashkil etilishi uchun zarur bo'lgan binolarni berib turadilar; donorga qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni beradilar hamda rag'batlantirish choralarini qo'llaydilar. 16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ỹzini ỹzi boshqarish organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishdagi ishtiroki Qoraqalpog'iston Qizil Yarim oy jamiyati, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari aholini qon va uning tarkibiy qismlari bepul donorligiga jalb qilishda, donorlarga turli shakldagi rag'batlantirishlar belgilashda, ommaviy axborot vositalari orqali aholining keng xabardor qilinishini tashkil etishda hamda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga doir boshqa tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Aholini qon va uning tarkibiy qismlari bepul donorligiga jalb etish maqsadida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish jamoat fondlari tashkil etilishi mumkin, bunday fondlarni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 17-modda. Donorning huquqlari Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish chog'ida donor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: sog'lig'i saqlanishi kafolatining tibbiyot xodimlari tomonidan ta'minlanishi; sog'lig'iga etkazilgan zararning o'rni qoplanishi; bepul ovqat bilan ta'minlanish. Donor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. 18-modda. Donor bo'lishga rozilik bildirgan shaxsning majburiyatlari Donor bo'lishga rozilik bildirgan shaxs tibbiy ko'rikdan o'tish paytida o'zi bilgan ilgarigi va hozirgi kasalliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni ma'lum qilishi shart. 19-modda. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi Qon topshirish davriyligi bir martalik qon olish to'rt yuz millilitrdan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun yigirma millilitrdan ortiq bo'lmagan normada yiliga to'rt marotabadan oshmasligi kerak. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi (QR 28.12.2016 y. 119/XIII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan). 20-modda. Donorga beriladigan kafolatlar va kompensiyalar Qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko'rikdan o'tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining o'quvchilari, oliy o'quv yurtlarining talabalari, ta'lim oluvchilarning boshqa toifalari qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko'rikdan o'tadigan kuni mashg'ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni o'tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadilar. Donorga har safar qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda qo'shimcha bir kun beriladi. Donorning xohishiga ko'ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta'tiliga qo'shib berilishi mumkin. 21-modda. Donorni rag'batlantirish Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor «O'zbekiston Respublikasi faxriy donori» («Pochetnыy donor Respubliki Uzbekistan») ko'krak nishoni bilan taqdirlanadi va eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir yo'la beriladigan pul mukofoti oladi. Donor qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham rag'batlantirilishi mumkin (QR 28.12.2016 y. 119/XIII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan). 22-modda. Qon bilan ishlash xizmati tibbiyot xzodimlarini ijtimoiy himoyalash Qon bilan ishlash xizmatining qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, ularni to'plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlash jarayonida qon bilan aloqada bo'luvchi tibbiyot xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi. 23-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish tegishli transport turlarida ayrim toifadagi maxsus yuklarni tashish bo'yicha belgilangan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini tashish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 24-modda. Favqulotda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar ro'y bergan hollarda va boshqa favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 25-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish Qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag'lari va qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 26-modda. Nizolarni hal etish Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 27-modda. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi tỹg'risida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.