LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN QORAQALPOQ ALIFBOSINI JORIY ETISh TO'G'RISIDA
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
26.02.1994 y. № 367/XII
LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN QORAQALPOQ ALIFBOSINI JORIY ETISh TO'G'RISIDA
Ushbu Qonunga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 10.06.1995 y. 50/I-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 29.12.1995 y. 143/I- sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 08.10.2009 y. 253/III- sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 10.06. 2016 y. 92/IX-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni Ushbu sonli Qonuni O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyalariga asoslanib, 1925-1940 yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har tomonlama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 1-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasida quyidagi 34 harfdan (jumladan 6 ta harf uct belgisi bilan) iborat lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosi joriy etilsin (ilova qilinadi). (QR 10.06.1995 y. 50/I-sonli, 29.12.1995 y. 143/I-sonli, 08.10.2009 y. 253/III-sonli, 10.06. 2016 y. 92/IX-sonli Qonunlariga asoslanib o'zgartirishlar kiritilgan) 2-modda. Lotin yozuvi asosidagi qoraqalpoq alifbosini joriy etish bilan birga qoraqalpoq xalqining milliy iftixori bo'lmish bebaho ma'naviy meros bitilgan arab yozuvini va kirillitsani o'rganish hamda ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi. Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosi