Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

MADANIY MEROS OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

28.12.2001 y. №142/II

  

MADANIY MEROS OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 09.10.2004 y. 293/II-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 05.10.2007 y. 99/VII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 30.06.2011 y. 88/VI-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni 26.12.2018 y. 88/XXIV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni  
  1. UMUMIY QOIDALAR
  1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi Qoraqalpog'iston xalqining umummilliy boyligi bo'lmish madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.   2-modda. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlari Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Agar Qoraqalpog'iston Respublikasining va O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi Qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.   3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: ansambllar - tarixan tarkib topgan hududda aniq ko'zga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me’moriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan, ijtimoiy, ma'muriy, diniy, ilmiy, o'quv-ta'lim, istehkom, saroy, turar joy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, me’morchilik asarlari bilan bog'liqlikda alohida yoki o'zaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bog'-rog' san’ati asarlari (bog'lar, istirohat bog'lari, xiyobonlar, sayilgohlar); diqqatga sazovor joylar - inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega bo'lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog'liq bo'lgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek ko'hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar; yodgorliklar - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bog'liq bo'lgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental san’at asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) ob’ektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va san’at asarlari, arxiv, qo'lyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qo'lyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega bo'lgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga o'yib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari; madaniy meros ob’ektlari - moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlari; moddiy madaniy meros ob’ektlari - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar; nomoddiy madaniy meros ob’ektlari - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so'z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog'liq bilimlar, ko'nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.   4-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektlarining toifalari Moddiy madaniy meros ob’ektlari quyidagi toifalarga bo'linadi: butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo'lgan respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros ob’ektlari; viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me’moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo'lgan mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros ob’ektlari.  
  1. MADANIY MEROS OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh SOHASIDAGI DAVLAT BOShQARUVI
  5-modda. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Arxiv boshqarmasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   6-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi: madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini amalga oshiradi; madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish xududiy dasturlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlashini va amalga oshirilishini ta'minlaydi; madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishini ta'minlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   7-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi: (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi; moddiy madaniy meros ob’ektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, konservatsiyalash, ta'mirlash hamda hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish bo'yicha davlat dasturlarini amalga oshiradi; madaniy meros ob’ektlarining aniqlanishi, hisobga olinishi, muhofaza qilinishi, targ'ib qilinishi va ulardan foydalanilishini ta'minlaydi; madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo'yicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini va nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatini yuritadi; madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.     8-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Arxiv ishlari boshqarmasining madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Arxiv ishlari boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasining Milliy arxiv fondida turgan madaniy meros hujjatli ob’ektlarini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida hisobga olinishi, muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishini amalga oshiradi.   9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'zlariga berilgan vakolatlar doirasida o'z hududlarida joylashgan madaniy meros ob’ektlarini aniqlaydilar hamda ularni hisobga oladilar, muhofaza qiladilar, asraydilar va ulardan foydalanadilar, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta'minlaydilar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish tadbirlarini o'tkazishga jalb etadilar.   III. MADANIY MEROS OB’EKTLARINI DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILISh   10-modda. Madaniy meros ob’ektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta'minlash Madaniy meros ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish bu madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ko'riladigan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, axborotga doir, moddiy-texnikaviy va boshqa chora-tadbirlar tizimidir. Madaniy meros ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish: tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan ob’ektlarni davlat hisobiga olish hamda Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatini yuritish; madaniy meros ob’ektlarining ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etilishini rivojlantirish; madaniy meros ob’ektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o'tkazish; moddiy madaniy meros ob’ektlari muhofaza chegaralarining loyihalarini ishlab chiqish; moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan erlarda hamda ularga tutash hududlarda er qazish, er tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros ob’ektlarini asrash bo'yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros ob’ektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o'tkazish uchun ruxsatnomalar berish; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) alohida tartibga solinishi lozim bo'lgan va moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bilan bog'liq shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining chegaralarini belgilash; moddiy madaniy meros ob’ektlarida muhofaza belgilarini o'rnatish; madaniy meros ob’ektlari holatining monitoringini amalga oshirish. Madaniy meros ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham ta'minlanishi mumkin.   11-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastri va Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxati Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u moddiy madaniy meros ob’ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to'g'risidagi yangilanib turiladigan ma'lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo'ladi. Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini yuritishga quyidagilar kiradi: moddiy madaniy meros ob’ektlariga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish; moddiy madaniy meros ob’ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish; moddiy madaniy meros ob’ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastr axborotini tizimga solish, saqlash va yangilab borish; moddiy madaniy meros ob’ektlarining holati haqida hisobotlar tuzish; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr axboroti bilan ta'minlash. Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxati nomoddiy madaniy meros ob’ektlari to'g'risidagi yangilanib turiladigan ma'lumotlar ko'rsatilgan hisobga olish hujjatidan iborat bo'ladi. Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatini yuritishga quyidagilar kiradi: nomoddiy madaniy meros ob’ektini identifikatsiya qilish; tegishli nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining tarmoqlari, yo'nalishlari, janrlari va uslublarini tasniflash; nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini doimiy ravishda tiklovchi shaxslarni, guruhlarni ko'rsatish; ma'lumotlarni tizimga solish, saqlash va yangilab borish; nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining sifat holatini aniqlash va uning natijalari bo'yicha hisobotlar tuzish. Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatini yuritish tartibi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi.     12-modda. Madaniy meros ob’ektini Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatiga kiritish Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan ob’ektlarni Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatiga kiritish Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan ob’ektlarni Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatiga kiritish maqsadga muvofiqligi to'g'risida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan kundan e’tiboran mazkur ob’ektlar aniqlangan madaniy meros ob’ektlari jumlasiga kiritiladi. Arxeologiya yodgorliklari topilgan paytidan e’tiboran aniqlangan moddiy madaniy meros ob’ektlari jumlasiga kiritiladi. Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan yangi aniqlangan moddiy madaniy meros ob’ektlari Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritilishi to'g'risidagi masala hal qilingungacha ushbu Qonun talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak. Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi aniqlangan moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdorini mazkur ob’ekt Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritilganligi to'g'risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran o'ttiz kun ichida xabardor qilishi shart. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   13-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektining pasporti Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritilgan moddiy madaniy meros ob’ektiga moddiy madaniy meros ob’ektining pasporti berilib, unga mazkur moddiy madaniy meros ob’ektini muhofaza qilish mazmunidan iborat ma'lumotlar va ob’ektning tavsiflari kiritiladi.   14-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektini Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarish Moddiy madaniy meros ob’ektini Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarish, agar ob’ekt jisman to'la yo'qotilgan bo'lsa yoki moddiy madaniy meros ob’ekti sifatidagi o'z qimmatini yo'qotgan bo'lsa, tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Moddiy madaniy meros ob’ektini Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarish to'g'risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.   15-modda. Madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi: madaniy meros ob’ekti Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatiga kiritilishini asoslash; moddiy madaniy meros ob’ektining toifasini belgilash; moddiy madaniy meros ob’ektining toifasi o'zgartirilishini asoslash; moddiy madaniy meros ob’ektini Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarish; moddiy madaniy meros ob’ektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek mo'ljallanayotgan er qazish, er tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik ishlari va boshqa ishlarning moddiy madaniy meros ob’ektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   16-modda. Tarixiy-madaniy ekspertiza ob’ektlari Tarixiy-madaniy ekspertiza ob’ektlari quyidagilardir: xo'jalik jihatidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan er uchastkalari, agar ularda moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan bo'lsa; madaniy meros ob’ektlari Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar; moddiy madaniy meros ob’ektlari Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar; moddiy madaniy meros ob’ektining toifasi belgilanishini yoki o'zgartirilishini asoslovchi materiallar; ushbu Qonunda belgilangan hollarda shaharsozlik va loyiha hujjatlari; moddiy madaniy meros ob’ektlariga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan er qazish, er tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik ishlari va boshqa ishlarni asoslovchi xujjatlar.   17-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektlari qo'riqlanadigan tegralar Moddiy madaniy meros ob’ektining o'zgartirilishi mumkin bo'lmagan o'ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo'jalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qo'riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari belgilab qo'yiladi. Muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo'jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo'riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarining chegaralari va ularni saqlash tartibotlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi.   18-modda. Madaniy meros ob’ektlarining holati ustidan nazorat Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro'yxatiga kiritilgan madaniy meros ob’ektlari holatini nazorat qilib turishi hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarining asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta moddiy madaniy meros ob’ektlarining holatini ko'rikdan o'tkazishi va ularni qayd etib qo'yishi shart. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   19-modda. Madaniy meros ob’ektlarini Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritish Tarix, san’at, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega bo'lgan madaniy meros ob’ektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risidagi konventsiya hamda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro konventsiyada belgilangan tartibda tegishincha Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritish yo'li bilan jahon madaniy merosi ob’ektlari jumlasiga kiritilishi mumkin. Madaniy meros ob’ektlari tarixiy-madaniy ekspertizasining xulosasi asosida madaniy meros ob’ektlarini Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritish to'g'risidagi takliflar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YuNESKO) huzuridagi Umumjahon merosi qo'mitasi va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mita talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo'yicha Milliy komissiyasiga yuboriladi.  
  1. MADANIY MEROS OB’EKTLARINI ASRASh
  20-modda. Madaniy meros ob’ektlarini asrash chora-tadbirlari Moddiy madaniy meros ob’ektlarini asrash chora-tadbirlari ularni konservatsiyalash, tuzatish, ta'mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bog'liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini o'z ichiga oladi. Moddiy madaniy meros ob’ektini konservatsiyalash - moddiy madaniy meros ob’ektini mavjud ko'rinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Moddiy madaniy meros ob’ektini tuzatish - moddiy madaniy meros ob’ektining muhofaza mazmunini tashkil etuvchi o'ziga xos xususiyatlarini o'zgartirmagan holda ob’ektni foydalanish holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Moddiy madaniy meros ob’ektini ta'mirlash - moddiy madaniy meros ob’ektining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Moddiy madaniy meros ob’ektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish - moddiy madaniy meros ob’ektining tarixiy-badiiy qimmatini va asralishini o'zgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan unsurlarini ta'mirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui. Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini asrash chora-tadbirlari ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, hujjatlashtirish, targ'ib qilish va rag'batlantirish ishlarini o'z ichiga oladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Moddiy madaniy meros ob’ektini asrashga doir ishlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.   21-modda. Yo'qotilgan madaniy meros ob’ektini asli holiga keltirish Yo'qotilgan moddiy madaniy meros ob’ekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki o'zgacha ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan hollarda yo'qotilgan moddiy madaniy meros ob’ekti ta'mirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi. Yo'qotilgan nomoddiy madaniy meros ob’ekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan hollarda yo'qotilgan nomoddiy madaniy meros ob’ekti ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, ta'mirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Yo'qotilgan madaniy meros ob’ektini Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan asli holiga keltirish to'g'risidagi qarorni Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikrini hisobga olgan holda Qoraqalpog'istonRespublikasi Vazirlar Kengashi qabul qiladi.   22-modda. Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish (qazish va qidirish)ga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi beradigan ruxsatnomalar mavjud bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etayotgan shaxslar ularning boshlang'ich konservatsiya qilinishi va asralishini ta'minlashlari shart. Qazish va qidirish ishlari tugaganidan keyin, lekin ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari o'tmasidan oldin, arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etayotgan shaxslar Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot taqdim etishlari hamda qazish va qidirish natijasida topilgan hamda tarixiy, ilmiy, madaniy yoki o'zgacha qimmatga ega bo'lgan ashyolarni belgilangan tartibda davlatga topshirishlari shart. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)  
  1. MODDIY MADANIY MEROS OB’EKTLARIGA EGALIK QILISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI TASARRUF ETISh
  23-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishning o'ziga xos jihatlari Moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdori o'ziga qarashli bo'lgan moddiy madaniy meros ob’ekti yo'qotilsa uning o'rni to'ldirib bo'linmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, uni saqlab turish vazifasini zimmasiga oladi. Moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan er uchastkalarining egalari (mulkdorlari) zimmasiga mazkur ob’ektlarni saqlab turish vazifasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin. Moddiy madaniy meros ob’ektining ijarasi ijara shartnomasi asosida amalga oshirilib, unda moddiy madaniy meros ob’ektini saqlash talablari qayd etilgan bo'lishi kerak. Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros ob’ektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.   24-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish Moddiy madaniy meros ob’ektlarining mulkdorlari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar: (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) moddiy madaniy meros ob’ektining tashqi va ichki ko'rinishini moddiy madaniy meros ob’ektining pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni ma'lumotlariga muvofiq holda saqlash; moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan erlarda hamda ularga tutash hududlarda er qazish, er tuzish, qurilish, melioratsiya, xo'jalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun tegishli vakolatli organning ruxsatnomasini olish; (QR 26.12.2018 y. 225/XXIV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni saqlab turish tartibotini ta'minlash; moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdori tomonidan belgilanadigan shartlardagi moddiy madaniy meros ob’ektining hamma uchun ochiqligi talablarini albatta bajargan holda ularning asralishini ta'minlashga majburdirlar.   25-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanish huquqlarining cheklanishi Moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanish shartlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mazkur moddiy madaniy meros ob’ektining, uning tevarak atrofidagi tabiiy muhitning muhofaza qilinishi, asralishi, targ'ib qilinishi va undan foydalanilishi uchun, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi uchun qay darajada zarur bo'lsa, shu darajada cheklanishi mumkin. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Xususiy mulkda turgan moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanish huquqi qonunda nazarda tutilgan hollarda sud qarori bilan cheklanishi mumkin. Moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanishda cheklashni joriy etish zaruriyatini yuzaga keltirgan holatlar yoki shart-sharoitlar bartaraf etilgan taqdirda mazkur ob’ektdan foydalanish huquqi to'la hajmda tiklanadi.   26-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektiga doir mulk huquqining bekor qilinishi Moddiy madaniy meros ob’ektiga doir mulk huquqi qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishi mumkin. Xususiy mulkda turgan moddiy madaniy meros ob’ekti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud qarori bilan mulkdordan olib qo'yilishi mumkin. Umumiy mulkda turgan moddiy madaniy meros ob’ektlari va ularning ajralmas qismi hisoblanadigan er uchastkalari bo'linmaydi.   27-modda. Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros ob’ektini tekin foydalanishga berish Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros ob’ekti tekin foydalanish shartnomasi shartlarida quyidagilarga berib qo'yilishi mumkin: moddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga; bolalar jamoat birlashmalariga; nogironlar jamoat birlashmalariga; diniy tashkilotlarga. Moddiy madaniy meros ob’ektidan tekin foydalanish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va u moddiy madaniy meros ob’ektini saqlash bo'yicha talablarni o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.   28-modda. Moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanish huquqining bekor qilinishi Moddiy madaniy meros ob’ektidan foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi: moddiy madaniy meros ob’ektidan tekin foydalanish shartnomasi yoki ijara muddati o'tganidan keyin foydalanuvchi foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda; foydalanuvchi-jismoniy shaxs vafot etganda; foydalanuvchi-yuridik shaxs tugatilganda; (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) moddiy madaniy meros ob’ektiga foydalanuvchi qasddan zarar etkazganda; moddiy madaniy meros ob’ekti joylashgan er uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilganda. Moddiy madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.  
  1. ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN TARIXIY-MADANIY HUDUDLAR
  29-modda. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga kiritilgan alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan moddiy madaniy meros ob’ektlari hududida alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tashkil etilishi mumkin. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tarixiy-madaniy qo'riqxonalar, muzey-qo'riqxonalar, tarixiy manzilgohlar ko'rinishida va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda tashkil etiladi. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish tartibi hamda ularni saqlash tartiboti tegishli vakolatli organ tomonidan belgilanadi. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   30-modda. Tarixiy-madaniy qo'riqxonalar Diqqatga sazovor joy yoki uning bir qismi hamda shu tegrada joylashgan yodgorliklar va ansambllar birgalikda tarixiy-madaniy qo'riqxona hisoblanib, unda alohida tartibot o'rnatiladi. Bu tartibot moddiy madaniy meros ob’ektlari tevarak atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asralishini, tarixiy-madaniy qo'riqxona hududining yaxlitligini, shuningdek mazkur hudud chegaralarida qurilish va xo'jalik faoliyati tartibga solib turilishini ta'minlaydi. Tarixiy-madaniy qo'riqxona va u bilan bog'liq tabiiy landshaft tarkibiga kiruvchi moddiy madaniy meros ob’ektlarida muzeylar yaratilsa, shuningdek tarixiy-madaniy qo'riqxona hududida ilgari udum bo'lgan an’anaviy xo'jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tiklash zarurati tug'ilsa, mazkur tarixiy-madaniy qo'riqxona muzey-qo'riqxona deb hisoblanadi.   31-modda. Tarixiy-madaniy qo'riqxona va muzey-qo'riqxona chegarasi Tarixiy-madaniy qo'riqxona va muzey-qo'riqxona chegarasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tarixiy-madaniy reja va (yoki) tarixiy-madaniy qo'riqxona hamda muzey qo'riqxonaning taklif qilinayotgan chegarasini asoslab beruvchi boshqa materiallar asosida aniqlanadi. (QR 05.10.2007 y. 165/III-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Tarixiy-madaniy qo'riqxona va muzey-qo'riqxona chegarasi diqqatga sazovor joyning chegarasiga to'g'ri kelmasligi mumkin.   32-modda. Tarixiy manzilgoh Tarixiy manzilgoh deyilganda uning hududi doirasida o'tmishda yaratilgan, tarixiy, estetik, ijtimoiy-madaniy, arxeologik, me’moriy yoki shaharsozlik qimmatiga ega bo'lgan va xalqning o'ziga xosligini, uning jahon madaniyatiga qo'shgan hissasini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga molik moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan manzilgohlar tushuniladi. Tarixiy manzilgohda joylashgan va shaharning muayyan bo'lagi sifatida tarixiy qimmatga ega bo'lgan barcha ob’ektlar: rejaviy tarh, imorat, kompozitsiya, tabiiy landshaft, arxeologik qatlam, shahardagi turli (bo'sh turgan, imoratlar qurilgan, ko'kalamzorlashtirilgan) maydonlarning o'zaro nisbati, katta-kichik yoki uzun-qisqa ko'rinishlari, shahar qurilishining bo'lak-bo'lak va xaroba holidagi osori atiqalari, sahni, mahobati, tuzilishi, uslubi, materiallari, rangi va manzarali elementlari bilan ajralib turadigan binolar, inshootlarning shakli va tashqi qiyofasi muhofaza qilinishi kerak. Tarixiy manzilgohdagi tabiiy tarkib topgan va inson qo'li bilan yaratilgan manzaralar uyg'unligi, tarixiy manzilgoh taraqqiyoti davrida unga xos bo'lib qolgan turli jihatlar, shuningdek boshqa qimmatli elementlar saqlab qolinishi kerak.   33-modda. Tarixiy manzilgohda shaharsozlik, xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyatni tartibga solishning o'ziga xos jihatlari Tarixiy manzilgoh hududi doirasida shaharsozlik, xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyat moddiy madaniy meros ob’ektlari va mazkur manzilgohning boshqa qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish sharti bilan amalga oshirilmog'i lozim. Moddiy madaniy meros ob’ektlarini, shuningdek tarixiy-madaniy yoki tabiiy qimmatga ega bo'lgan boshqa ob’ektlarni saqlab qolish maqsadida tarixiy manzilgohlarda qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi belgilab qo'yiladi. Tarixiy manzilgohlarda shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organning hamda arxitektura-shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining nazorati ostida o'tkaziladigan moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bo'yicha izchil va o'zaro bog'liq tadbirlar tizimidan iborat. Alohida tartib tarixiy-me’moriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv va arxeologiya tadqiqotlari asosida tarixiy manzilgoh hududi chegaralarida tarixiy-madaniy qimmatga ega bo'lgan er uchastkalarida joylashgan, ham saqlanib qolgan, ham yo'qotilgan mazkur tarixiy manzilgohning rivojlanish bosqichlarini ko'rsatuvchi barcha shaharsozlik elementlari va inshootlarini asoslagan holda tarixiy-madaniy tayanch rejasini tuzishni, binolar hamda inshootlarning o'lchamlari va nisbatlariga, avtomobillar turadigan joylarni, reklamalar va lavhalarni joylashtirishni taqiqlash va cheklashlarga hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlash uchun zarur bo'lgan boshqa cheklashlarga taalluqli shaharsozlik reglamentini o'z ichiga oladi.   VII. YaKUNLOVChI QOIDALAR   34-modda. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning moliyalashtirilishi Madaniy meros ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish bo'yicha faoliyatni moliyalashtirish manbalari davlat va mahalliy byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari mablag'lardir. (QR 18.08.2018 y. 200/XXII-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo'lgan moddiy madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishi mulkdorlar va foydalanuvchilarning mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Moddiy madaniy meros ob’ektlarini foydalanishga berishdan, xizmatlar ko'rsatishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari hamda hayriyalaridan tushgan mablag'lar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash va targ'ib qilishga hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band bo'lgan xodimlarni moddiy rag'batlantirish uchun sarflanadi.   35-modda. Nizolarni hal etish Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.   36-modda. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza  qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.