Sayt test rejiminde islemekte
Logo
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESI OLIY DAVLAT QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT ORGANI

NOSHIRLIK FAOLIYATI TO'G'RISIDA

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

12.11.2003 y. № 217/II

  

NOSHIRLIK FAOLIYATI TO'G'RISIDA

  Ushbu Qonunga qo'yidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan: 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonuni   1-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari Qoraqalpog'iston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida Qoraqalpog'iston Respublikasining noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.   2-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi Noshirlar o'z faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yo'nalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda mustaqildir. Noshir va buyurtmachi o'rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.   3-modda. Tsenzuraga yo'l qo'yilmasligi Nashrga tayyorlangan qo'lyozmalar va materiallarni tsenzuradan o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.   4-modda. Noshirlik faoliyati erkinligini suiiste’mol qilishga yo'l qo'yilmasligi Matbaa mahsulotida konstitutsiyaviy tizimni zo'rlik bilan o'zgartirishga da'vat etish, davlat ahamiyatiga molik sirlarni oshkor qilish, urush, zo'ravonlik va behayolikni targ'ib qilish, diniy va milliy nifoq solish, inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat qilish man etiladi. Noshirlik faoliyatida monopoliyaga, shuningdek noshirlik faoliyati erkinligidan qonun talablariga zid keladigan maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.   5-modda. Noshirlik faoliyati monitoringi va nazorati Nashrlarning noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari monitoringi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlari ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.     6-modda. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash Yuridik va jismoniy shaxslar noshirlik faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshirishga haqli. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.   7-modda. Litsenziyalar berishda va ularning amal qilish muddatini uzaytirishda davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari (QR 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan) Bolalar adabiyoti, o'quv, normativ ma'lumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va ularni nashr etish uchun litsenziya berganlik hamda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin. (QR 27.06.2014 y. 209/XV-sonli Qonuniga asosan o'zgartirishlar kiritilgan)   8-modda. Muassis Yuridik va jismoniy shaxslar nashriyotlar va matbaa korxonalarining muassislari (hammuassislari) bo'lishi mumkin. Muassis (hammuassis) noshirning ixtisoslashuvini belgilaydi va uning ustavini tasdiqlaydi.   9-modda. Noshir Noshir: nashriyotga, matbaa korxonasiga, shuningdek matbaa mahsulotlarini tarqatuvchi boshqa korxonalarga muassis (hammuassis) bo'lish; mavzular bo'yicha matbaa mahsulotlari chop etish rejasini mustaqil ravishda tuzish va tasdiqlash; Vatanimiz mualliflarining asarlaridan chet ellarda va chet ellik mualliflarning asarlaridan Qoraqalpog'iston Respublikasida foydalanish, ularni chop etish va tarqatish to'g'risida chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan shartnomalar tuzish va bu ishda vositachilik qilish; matbaa mahsuloti tayyorlash hamda nashr etish uchun buyurtmalar olish; o'z mahsulotini realizatsiya qilish va qonun hujjatlariga muvofiq o'zga faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.   10-modda. Matbaa mahsulotlarini tarqatish tartibi Matbaa mahsulotlarini tarqatish muassis, noshir, matbaachi va muallifning kelishuviga muvofiq yoki shartnoma asoslarida o'zga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Matbaa mahsulotini tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Matbaa mahsuloti noshir yoki uning vakolati bilan ish ko'ruvchi shaxs ruxsat berganidan keyingina tarqatuvga chiqariladi.   11-modda. Nashrga doir ma'lumotlar Matbaa mahsulotining nashrga doir ma'lumotlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.   12-modda. Mualliflik nashrlari Yuridik va jismoniy shaxslar o'z qo'lyozmalari va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga zid kelmaydigan hollarda o'z mablag'lari - hisobidan chop etish va tarqatishga haqlidir.   13-modda. Imtiyozli nashrlar Bolalar adabiyoti, o'quv, fan va texnikaga oid adabiyot, normativ ma'lumotlar, qomusiy qo'llanma va eksport uchun mo'ljallangan matbaa mahsulotlari, shuningdek ko'zi ojizlar va nogironlar uchun mo'ljallangan nashrlar imtiyozli asosda chop etilishi, qog'oz va boshqa resurslar, shu jumladan, matbaa quvvati bilan ta'minlanishi mumkin.   14-modda. Matbaa mahsulotini olib chiqish va olib kirish Qoraqalpog'iston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasiga chet el matbaa mahsulotini olib kirish va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   15-modda. Noshirlik faoliyatini tugatish Noshirlik faoliyati litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi.   16-modda. Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik Noshirlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzganlikda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.