Fraktsiyalar

Fraktsiya siyosiy partiyadan ko’rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Jo’qorg’i Kengesda ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasidir.

Jo’qorg’i Kenges deputatining fraktsiyaga kirishi to’g’risidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.

Jo’qorg’i Kengesning deputati faqat bir fraktsiyaning a’zosi bo’lishi mumkin.

Siyosiy partiyadan ko’rsatilgan va Jo’qorg’i Kengesga saylangan deputat faqat shu partiya fraktsiyasining a’zosi bo’lishi mumkin.

Fraktsiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Jo’qorg’i Kenges Reglamentida belgilanadi.

Jo’qorg’i Kengesning kamida besh nafar deputati fraktsiya tuzish huquqiga ega.

Fraktsiyalar ro’yxatdan o’tishi kerak. Jo’qorg’i Kengesning sessiyasida fraktsiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraktsiya tuzilgani haqida Jo’qorg’i Kengesga axborot beradi, bu Jo’qorg’i Kenges sessiyasining bayonnomasida qayd etiladi.

Jo’qorg’i Kenges fraktsiya tuzilganligi to’g’risida qaror qabul qiladi.

Fraktsiya:

-Jo’qorg’i Kenges sessiyasining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko’rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;

-Jo’qorg’i Kenges sessiyasida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraktsiya vakiliga kafolatlangan tarzda so’z berilishi huquqidan foydalanadi;

-muvaqqat komissiyalar tuzish to’g’risida masala qo’yadi;

-Jo’qorg’i Kenges sessiyasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;

-Jo’qorg’i Kenges sessiyasida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraktsiyaning fikrini Jo’qorg’i Kenges deputatlari o’rtasida tarqatadi;

-Jo’qorg’i Kengesning Prezidiumi, qo’mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi;

-Jo’qorg’i Kengesda muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan o’z takliflarini kiritadi;

-hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to’g’risida masala qo’yadi;

-fraktsiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;

-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.