Jo’qorg’i Kenges tarixi

1994 yil 24 sentyabrda o’tkazilgan o’n ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Sovetining o’n ettinchi sessiyasining kun tartibiga muvofiq, “Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi va usha kundan e’tiboran Qonun harakatga kiritildi.
1994 yil 31 oktyabrda “Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Reglamentini kuchga kiritish to’g’risida” Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Sovetining Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining reglamenti 5 bob, 10 bo’lim hamda 117 moddadan iborat bo’ldi.
1994 yil 25 dekabrda mamlakatimizda yana bir tarixiy voqea yuz berdi. Xalqimiz mustaqilligimizni bundan buyon ham mustahkamlashga, xalq manfaatlarini himoya qilishga, odil demokratik yo’nalishni qo’llab-quvvatlaydiganligini ishonchli tarzda ko’rsatdi. Ya’ni, birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga ilk marta huquqiy-demokratik, ko’p partiyaviy asosida umumxalq saylovlar o’tkazildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan va hokimiyat vakillik organlaridan 172 ta nomzod 86 nafar deputatlik o’rin uchun kurash olib bordi. Saylovchilarga o’zlarining eng yaxshi vakillarin tanlash huquqi berildi. Birinchi bosqichda 75 ta saylov okrugida deputatlar saylangan bo’lsa, 11 ta saylov okrugida ko’rsatilgan nomzodlarning birontasi ham etarlicha ovoz to’play olmaganligi sabab 1995 yil 22 yanvarda qayta saylovlarning qo’shimcha bosqichi o’tkazildi. Shunday qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradigan yuqori davlat hokimiyat organi — Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deputatlar korpusi shakllandi.
Saylovlarga qatnashish huquqiga ega bo’lgan 669 ming 904 nafar saylovchidan 628 ming 407 nafar fuqaro o’zlarining konstitutsiyaviy huquqidan foydalandi, bu saylovchilarning 96 foizini tashkil etdi.
Saylangan deputatlarning 65,1 foizdan ortig’i, ya’ni, 56 deputat vakillik yuqorg’i organning tarkibiga birinchi marta kirdi. Deputatlarning barchasi oliy ma’lumotli iqtisodchilar, huquqshunoslar, olimlar, sanoat va qishloq xo’jaligining tajribali mutaxassislari, ijtimoiy soha vakillaridan iborat bo’ldi.
Jo’qorg’i Kengesga Qoraqalpog’iston Respublikasida yashaydigan asosan 5 ta millatning vakillari saylanib, bu umumiy teng huquqlik printsiplarini tasdiqlaydi. Shuningdek, parlament a’zolarining 12 nafari xotin-qizlar bo’lsa, deputatlarning uchtan ikki qismi 30 yoshdan 50 yosh oralig’idagi odamlarni tashkil etdi.
Jo’qorg’i Kenges sessiyasida hokimiyatning vakillik organlaridan saylangan 43 nafar deputatdan iborat blok, 41 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik partiyasining fraktsiyasi ro’yxatga olindi.
Birinchi chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga xalqning erk-iqrori bilan davlatning vakillik va qonun chiqaruvchi yuqori organining samarali ishlashini ta’minlaydigan katta intellektual va professional kuchlar jam bo’ldi. Shuning bilan birga, saylovlar demokratik yo’l bilan qonunlar va qabul qilingan xalqaro o’lchamlarni to’liq boshchilikga olib o’tkazildi. Bu jarayonni dunyoning ko’pgina davlatlaridan tashrif buyurgan mustaqil nazoratchilar ham tasdiqladi.
Birinchi chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining birinchi sessiyasida Jo’qorg’i Kenges Raisi huzuridagi Kenges a’zolarining tarkibi, Jo’qorg’i Kenges mandat komissiyasi, Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari (1. davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish va jamoat birlashmalari masalalari buyicha qo’mita, 2. Qonun chiqarish, qonunchilik va huquq tartibi masalalari buyicha qo’mita, 3. Iqtisodiy islohat va byudjet siyosati masalalari buyicha qo’mita, 4. Ijtimoiy rivojlanish, ilm va madaniyat masalalari buyicha qo’mita, 5. Sanoat, qurilish, transport, aloqa va xalqga xizmat ko’rsatish masalalari buyicha qo’mita, 6. Agrosanoat kompleksi va ekologiya masalalari buyicha qo’mita) ish boshladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga saylov to’g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonuniga muvofiq 1999 yil 5 dekabrda o’tkazilgan saylovda va 19 dekabrdagi qayta ovoz berishda Ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga 83 nafar deputat saylandi. O’tkazilgan saylovda va qayta ovoz berishda 527 ta saylov uchastkasida ro’yxatga olingan 756 ming 998 nafar saylovchidan 735 ming 710 nafar saylovchi, ya’ni umumiy saylovchilarning 97,2 foizi qatnashib, o’zlari tanlagan nomzodlar uchun ovoz berdi.
Saylangan deputatlarning 62 navari Xalq demokratik partiyasining, 5 nafari “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining, 1 nafari “Vatan taraqqiyoti” partiyasining a’zolari bo’lsa, 15 nafar deputat partiyasiz edi. Saylangan deputatlarning barchasi oliy ma’lumotli hisoblanib, ularning orasida 3 nafar o’qituvchi, 6 nafar shifokor, 40 nafar muhandis, 14 nafar iqtisodchi, 1 nafar jurnalist, 3 nafar huquqshunos va 5 nafar boshqa mutaxassislikdagi deputatlar bor edi.
Uchinchi chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga 2004 yil 26 dekabrda o’tkazilgan saylovlarda hamda 2005 yil 9 yanvardagi bo’lib o’tgan qayta ovoz berishda 544 ta saylov uchastkasida 85 nafar deputat saylandi.
2004 yil 26 dekabrdagi asosiy saylovlarda ro’yxatga kiritilgan 844 ming 1 nafar saylovchidan 762 ming 887, ya’ni 90,4 foiz saylovchi qatnashdi.
Saylangan deputatlarning 34 nafari Xalq demokratik partiyasidan, 36 nafari O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan, 5 nafari “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasidan bo’lsa, 10 nafar deputat partiyasiz edi. Saylangan deputatlardan 84 nafari oliy ma’lumotga, 1 nafari o’rta-maxsus ma’lumotga ega edi. Ularning orasida 11 nafar o’qituvchi, 5 nafar shifokor, 37 nafar muhandis, 6 nafar agronom, 14 nafar iqtisodchi, 1 nafar jurnalist, 1 nafar huquqshunos va 10 nafar boshqa mutaxassislikdagi deputatlar bor edi.
2009 yil 27 dekabrdagi saylovlarda hamda 2010 yil 10 yanvardagi qayta ovoz berishlarda 560 ta uchastkada saylovlar o’tkazildi. Asosiy saylovlar kuni ro’yxatga kiritilgan 1 mln. 11 ming 197 nafar saylovchidan 919 ming 191 nafar saylovchi, ya’ni umumiy saylovchilarning 90,9 foizi qatnashdi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning respublika organlaridan umumiy 257 nafar fuqaroning hujjatlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining deputatligiga nomzod etib ro’yxatga olindi.
2009 yil 27 dekabrda o’tkazilgan saylovlarda 74 ta saylov okrugidan deputatlar saylandi, 4 ta okrugda qayta ovoz berish, 8 ta okrugda qayta saylov o’tkazish zarurligi aniqlandi. 2010 yil 10 yanvar kuni 4 ta okrugda qayta ovoz berish o’tkazilib, ularning to’rttasida ham deputatlar saylanib, umumiy 78 ta saylov okrugida deputatlar saylandi. Shundan 27 nafar deputat Xalq demokratik partiyasidan, 21 nafar deputat “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan, 24 nafar deputat O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan, 6 nafar deputat “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan. Saylangan deputatlarning barchasi oliy ma’lumotli, shundan 7 nafar deputat o’qituvchi, 11 nafar deputat shifokor, 34 nafar deputat muhandis, 3 nafar deputat agronom, 12 nafar deputat iqtisodchi, 3 nafar deputat jurnalist, 4 nafar deputat huquqshunos va yana 4 nafar deputat boshqa mutaxassisliklardan.
2014 yil 21 dekabrda asosiy saylovlar kuni ro’yxatga kiritilgan 1 mln. 158 ming 823 nafar saylovchidan 1 mln. 63 ming 799 nafar saylovchi qatnashdi, bu umumiy saylovchilarning 91,8 foizini tashkil etdi. Saylovlar yakunida 58 ta saylov okrugidan deputatlar saylandi va 7 ta okrugda qayta ovoz berish zarurligi aniqlandi. Shunday qilib, 2015 yilning 4 yanvar kuni 7 ta okrugda qayta ovoz berish o’tkazilib, ularning barchasida deputatlar saylandi.
Saylangan deputatlardan 15 nafari O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining, 23 nafari O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining, 16 nafari O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining, 7 nafari O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining a’zolari bo’lsa, 4 nafar deputat partiyasiz edi.
Saylangan deputatlarning barchasi oliy ma’lumotga ega bo’lib, shundan 14 nafar deputat o’qituvchi, 7 nafar deputat shifokor, 24 nafar deputat muhandis, 6 nafar deputat agronom, 2 nafar deputat iqtisodchi, 3 nafar deputat jurnalist, 1 nafar deputat huquqshunos hamda 6 nafar deputat boshqa mutaxassisliklardan iborat.
Saylovlar yuqori saviyada tashkil etildi. Jo’qorg’i Kengesning samarali ishlarini ta’minlaydigan, yurtimizda tinchlikni asrash, Vatanimizning gullab-yashnashi, xalqimizning farovan turmishi, oldimizda turgan buyuk maqsadlar yo’lida samarali ishlar olib boradigan deputatlarni saylashga bo’lgan ishtiyoq hamma joyda sezildi.
“Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradigan yuqori davlat vakillik organi bo’lib hisoblanadi.