Jo'qorg'i Kenges Raisi “Qo'shtruba”liklar bilan uchrashdi
2576
Odamlarimiz qaerda bo'lmasin, hatto eng chekka hududda ham baxtli va farovon turmush kechirishga haqli. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ana shu ezgu maqsadga qaratilgan.
Respublikamizning eng chekka hududlarida yashovchi aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni o'rganish maqsadida joriy yilning 8 avgust kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov poytaxtdan qariyb 280 km, tuman markazidan 170 km uzoqlikda joylashgan Taxtako'pir tumanining “Qo'shtruba” mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurdi.
Vazirliklar, muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tuman hokimligining rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillarining ishtirokida ochiq muloqat tarzida tashkil etilgan uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan masala va muammolar tinglandi.
Qo'shni Qozog'iston Respublikasiga eng yaqin hududlardan hisoblangan “Qo'shtruba” mahalla fuqarolar yig'inida bugungi kunda 140 nafardan ortiq aholi yashaydi. Ovul fuqarolar yig'ini 2002 yili tashkil etilgan bo'lib, mahalliy aholi asosan chorvachilik bilan shug'ullanadi.
O'tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar asosan ishsizlik, yo'l qurilishi, ta'lim, aloqa xizmati, tibbiy va transport xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash singari masalalarda murojaat qildi.
Fuqarolarning jami 40 ga yaqin murojaati tinglanib, shundan ma'lum qismi joyida o'z echimini tobdi. Ma'lum vaqt va atroflicha o'rganish talab etiladigan murojaatlar bo'yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shu kuni MFY hududida joylashgan oilaviy maktabgacha ta'lim muassasasi va veterinariya vrachlik punki o'z faoliyatini boshladi va aholining bu boradagi muammolari o'z echimini tobdi hamda yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha vazifalar belgilab berildi. Yangidan ochilgan bolalar bog'chasiga televizor, gilamlar sovg'a qilingan bo'lsa, vrachlik punktida ikki nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi. Hududtagi yangidan tashkil etilayotgan veterinar xizmati xodimlari uchun zamonaviy asbob-uskunalar topshirildi.
Yanada, mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 23-umumta'lim maktabiga kitoblar, 10 ta kompyuter jamlanmasi, sport anjomlari, muntazam elektr energiyasi bilan ta'minlovchi uskunalar va kam ta'minlangan oilalarga turli xil sovg'alar berildi.
Ma'lumot uchun, 6 avgust kuni Jo'qorg'i Kenges Raisi Ellikqal’a tumanining “Chuqurqoq” ovul fuqarolar yig'ini aholisining ham holidan xabar olgan edi.
