Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining navbatdan tashqari o'ttiz to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
4639
Sessiyaga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati va Hukumat a'zolari, Respublika sektor va soha rahbarlari, shuningdek Jo'qorg'i Kenges deputatlari qatnashdi.
Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala ya’ni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Qaxraman Sariev boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Vazirlar Kengashi Raisini tayinlash masalasi ko'rib chiqildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga shu kungacha Xorazm viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Ermanov Farxod Urazbaevichning nomzodi taklif etildi.
Nomzod deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi va qo'llab-quvvatlandi.
Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga Ermanov Farxod Urazbaevich tayinlandi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati