O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
3269
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:
Kaxramon Kuchkarovich Kuranbaev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari lavozimidan ozod etildi; Kaxraman Ramatullaevich Sariev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi; Umar Sapaevich Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo'yicha maslahatchisining o'rinbosari lavozimidan ozod etildi; Ulug'bek Islomovich Muxammadiev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari lavozimidan ozod etildi.