Qoraqalpog'istonda shamol elektr stantsiyasi qurish bo'yicha shartnoma imzolandi
1702
23 dekabr kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan Qoraqalpog'istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo'lgan shamol elektr stantsiyasini qurish bo'yicha shartnomalar imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Marosimda, Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xalid al-Falih, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan, O'zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur yirik quvvatli shamol elektr stantsiyasi 2026 yilda ishga tushirilishi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan.
Stantsiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) o'rnatiladi. Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi o'zgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.