Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Nukus voqealari bo'yicha gumonlanayotganlarga jazoni engillashtirishni so'radi
1871
Nukus voqealari bo'yicha sudda Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev ko'rsatma berdi. U suddan sudlanuvchilarning jazosini qonun doirasida engillashtirishni so'radi.
Sudlanuvchilar qilmishlaridan chin ko'ngildan pushaymon ekanliklarini bildirib, kechirim so'ragan va buni prezidentga etkazishni iltimos qilgan.
Amanbay Orinbaev sudlanuvchilar kim bo'lishidan qat’i nazar O'zbekiston fuqarolari, Qoraqalpog'iston azamatlari ekanligini, ularning iltimoslarini albatta etkazishini ma'lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida engillik berishni so'radi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati