Jo'qorg'i Kenges Raisi tomonidan Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylarning kalitlari topshirildi
3505
So'ngi yillarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, harbiy shaharchalarni obodonlashtirish, zamonaviy infrastrukturani shakllantirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun Nukus shahridagi Qumbuz ovul fuqarolar yig'inida Milliy gvardiya xodimlari uchun maxsus qurilgan ko'p qavatli, yangi turar joylarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev ishtirok etib, imorat egalarini yangi uyga ega bo'lganligi bilan samimiy tabrikladi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasining 30 nafar xodimlariga yangi uylarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.
Vatanimiz tinchligini asrash, jamiyatda tartib-intizom hukm surishi, eng avvalo fuqarolarimizning tinchligini ta'minlash yo'lida harbiy xizmatchilarning o'rni alohida ekanligini ta'kidlab o'tish zarur. Tinchlik posbonlarini qo'llab-quvvatlash yo'nalishida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida qurib, foydalanishga topshirilgan uy-joylarning dastlabki mablag'lari davlat tomonidan to'lab berilgan bo'lib, bu jarayon harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarning yana bir amaliy isboti hisoblanadi.







Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati