Jo'qorg'i Kenges Raisi yangi korxona ishlari bilan yaqindan tanishdi
2060
Bugungi kunda xalqimizga sifatli ichimlik suvini etkazib berish, shu bilan bir qatorda qishloq ho'jaligi maydonlariga suv tejovchi uskunalar orqali suv etkazib berishni ta'minlashda suv quvurlarining tutgan o'rni ahamiyatli hisoblanadi.
Nukus shaxrida shu yo'nalishdagi ishlarga zarur xom ashyoni etkazib berishga ixtisoslashgan “SOF POLYMER” MChJ korxonasi ish boshladi.
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnboev yangidan faoliyat boshlagan ishlab chiqarish manzilini ko'rish maqsadida korxonaga tashrif buyurdi.
Jo'qorg'i Kenges Raisi korxona faoliyatini ko'zdan kechirib, sanoat sohasidagi ishlab chiqarishni kengaytirish, bu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish kunning ahamiyatli masalalaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Aytib o'tish joizki loyihaning umumiy bahosi 10 mlrd so'm bo'lib, hozirgi vaqtda 10 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta'minlangan. Korxonada sutkasiga 50 mm.dan 250 mm.gacha bo'lgan o'lchamlardagi 6 ming metr polietilen quvurlar ishlab chiqarilmoqda.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati