Jo'qorg'i Kenges Raisi olis Taxtako'pirdagi chorvadorlardan xabar oldi
1448
Chorvachilik azaldan xalqimizning kundalik turmushida katta ahamiyatga ega yo'nalish bo'lib, tuya, ot, qoramol bilan birga mayda shoxli qoramollar doimiy boqib kelingan. Hozirgi kunda ham qishloq joylarning ko'pchilik xalqi turmushida chorvachilik o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Bugungi kunda ham respublikamizda bu yo'nalish yangicha ko'rinishda ya’ni klaster, chorvachilik fermer ho'jaliklari sifatida keng rivojlanmoqda.
Ushbu yo'nalishdagi ishlar bilan tanishish hamda chorvadorlarga hormasin aytish maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnboev Taxtako'pir tumanidagi olis Qo'ng'irotko'l hududida joylashgan, qorako'lchilikka ixtisoslashgan “Jeti nura” fermer ho'jaligi mexnatkashlaridan xabar oldi.
Usenov Orыnbasar boshchiligidagi fermer ho'jaligi ishlari ko'zdan kechirilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Aytib o'tish joizki, qorako'lchilikka ihtisoslashgan fermer ho'jaligida 500 boshdan ortiq qo'y boqilib uning sifatli sur teri va go'sht mahsulotlarini etkazib berishdagi ahamiyati katta. Bundan tashqari qora mol va echki boqish ham yo'lga qo'yilgan.
Jo'qorg'i Kenges Raisi fermer ho'jaligi ishlari bilan yaqindan tanishib, o'z navbatida yurtimizda chorvachilik shu bilan bir qatorda qorako'lchilik yo'nalishini yanada rivojlantirish zarurligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Shu bilan bir qatorda chorvani sifatli va arzon ozuqa bilan ta'minlash bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.





Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati