Hurmatli fuqarolar!
2023
Hozirgi vaqtda respublikamiz hududida ob-havoning keskin sovib ketishi bilan bog'liq vaziyatda gaz tarmoqlariga bosimning kuchayishi sababli avariya holatlari yuzaga kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda, iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz iste’moliga bo'lgan talabning ortishi natijasida gaz etishmasligi kuzatilmoqda.
Shunday sinovli kunlarda xalqimizni bir maromda gaz bilan ta'minlash bosh vazifa bo'lib qolmoqda.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Vaziyat barqaror holatga qaytgunicha favqulodda vaziyatlarga javob berish bo'yicha tezkor ShTAB tashkil etiladi.
Barcha avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor stantsiyalari (metan zapravkalari) va umumiy ovqatlanish joylariga tabiiy gaz etkazib berish to'xtatiladi.
Barcha oliy ta'lim muassasalari va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlari, umumiy o'rta ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'til vaqti 16-yanvargacha uzaytiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan, aholining har kunlik jamoat transportlariga bo'lgan talabini hisobga olgan holda va doimiy transport xizmatini tashkil qilish maqsadida jamoat transportlariga benzin uchun kompensatsiya mablag'lari to'lab beriladi.
Hurmatli fuqarolar ortiqcha vahimaga berilmasliklaringizni so'rab qolamiz!
Davlatimiz tomonidan barcha favqulodda vaziyatlar hizmatlari tunu kun ish faoliyatini olib borish vazifasi yo'lga qo'yilgan hamda mazkur vaziyatdan chiqib ketish uchun barcha zarur choralar ko'rilgan.
Vaziyatning o'zgarishiga qarab, qo'shimcha vazifa va ma'lumotlar berib boriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati