Vatan himoyachilari kuni nishonlandi
2796
Respublikamizda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 31-yilligi keng nishonlandi.
Joriy yilning 14-yanvar kuni poytaxtimizdagi “Motamsaro ona” haykalida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi bilan Vazirlar Kengashi, Shimoliy-G'arbiy xarbiy okrugi, huquq tartibot organlari mehnat jamoalari, oliy ta'lim muassasalari urush va mehnat faxriylari nomidan gulchambarlar qo'yildi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orыnbaev ishtirok etdi.
Barcha xalqlar uchun davlat xavfsizligi, el-yurt tinchligi, xalq farovonligi eng katta boylik hisoblanadi.
Ota-bobolarimizdan bizga me’ros bo'lib qolgan ona Vatanimizni ko'z qorachig'idek asrash, yurtimiz tinchligini ta'minlash har birimiz uchun muqaddas burch bo'lib hisoblanadi. Shu sabab mazkur sana Vatanni sevish, xalqimizga sadoqat, mardlik va jasorat kabi insoniy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan bayram sifatida qalblarimizda chuqur o'rin egallaydi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati