Birdamlik, insoniylikning eng oliy darajasini ko'rsatayotgan barcha fidoiy insonlarga minnatdorchilik bildiramiz
1556
Bugungidek sinovli kunlarda xalqimiz bir bo'lib, mashaqqatni engib o'tmoqda. Bunda Jo'qorg'i Kenges deputatlarining ham faol ishtiroki tahsingo loyiq.
Masalan, Mo'ynoq tumanidan Jo'qorg'i Kenges deputatligiga saylangan Bibixan Utambetova Mo'ynoq tumanidagi nuroniylardan xabar olib, ularning qishdan talofatsiz o'tishi choralarini ko'rmoqda.
Shuningdek, deputat Tabassumxon Ruzmetova Taxiatosh tumanidagi yordamga muhtoj oilalardan xabar oldi. Ularning farzandlariga qishgi kiyimlar va birinchi galdagi oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
O'zLiDeP Qoraqalpog'iston Kengashi a'zolari sovuqda ishlayotgan fidoiylarga issiq choy ulashdi.
Jo'qorg'i Kenges deputati Anjela Omirova Taxiatosh tumanidagi boquvchisini yo'qotgan oilalarni borib ko'rdi. Ularga yordam berish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Albatta bu harakatlar ortida insonparvarlik, og'izbirchilik va eng asosiysi, «Inson qadri uchun» degan teran fikr bor.
Vaqtinchalik sinovli kunlarda sharoitni tushunib, bir-birimizga yordam berib, qo'lidan kelgancha harakat qilayotgan barcha tadbirkorlar bilan deputatlarga va fidoiy insonlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi o'z minnatdorchiligini bildiradi.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati