Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesinig Raisi tadbirkorlar uchun navbatdagi qabulini o'tkazdi
2136
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Rahbari Amanbay Orыnbaev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Ertalab 10:30 boshlangan qabul deyarli 9 soat davom etdi va 19:00 da tugadi. O'tkazilgan qabul davomida 81 nafar tadbirkor tomonidan jami 87 masalada murojatlar kelib tushdi.
Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularga echim topish, mavjud kamchilikllarni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar ko'rildi. Shuningdek, uzoq muddatni talab etadigan murojatlar Jo'qorg'i Kenges Rahbarining shaxsan nazoratiga olindi, tez fursatda ijobiy hal qilish bo'yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Shu jumladan, o'z takliflari bilan kelgan tadbirkorlar fikrlari tinglanib, har bitta yangi loyiha ishlab chiqqan, yangi ish o'rinlarini yarataman degan tadbirkorlar qo'llab-quvatlanishi alohida ta'kidlandi.










Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati