Tarbiya ostonadan boshlanadi
1564
Yurtimizda har bir ota-ona o'z farzandiga yoshligidan ochiq ko'ngillikni, mehr-oqibatli bo'lishni, kattaga hurmat, kichikka izzatda bo'lishni o'rgatadi. Bu albatta, bizning xalqimizga xos bo'lgan ajoyib tarbiya.
Shunday tarbiya olgan yoshlarimiz bugungi vaqtinchalik qiyin sharoitda barcha vatandoshlarimiz ko'ngliga iliqlik ulashmoqda.
Bu ezgu ishlar asosida "Savobli ish" aksiyasi yo'lga qo'yilib, ko'pchilik bu ishlarga o'z hissasini qo'shmoqda.
O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi vakillari va "Jaslar qanati" etakchilari hozirgi vaqtda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq obi-havo sharoitida jamoat joylariga chiqib, yo'lovchilarga issiq ichimlik tarqatayapti.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesning Axborot xizmati