Bugungi kunda tabiat o'zgarishlarining biri, ya’ni, sovuq ob-havoda xalqimiz qiyin kunlarni boshidan o'tkazmoqda
1387
Elga kelgan sinov bag'rikeng xalqimizni biriktirib, yaxshi fazilatlaridan biri bo'lgan birdamligimizni, insonparvarligimizni va hamjixatligimizni yanada orttirdi.
Hozir ko'pchilik savobli ish qilyapdi. Bunday qiyin sharoitda xalqimiz bir-biriga yordam qo'lini cho'zib, qiyinchilikni bir engib o'tmoqda.
Hozirgi kunda har bir oilaga doimiy elektr-energiyasini etkazib berilishida nosozliklar kelib chiqmasligi uchun muhtoj oilalarning elektr-energiyasidan qarzlari bo'lsa Jo'qorg'i Kenges tomonidan aniqlanib bu masalani engillashtirish choralari ko'rilmoqda.
Hozir chin ma'noda birdamlikning yuqori natijasi ko'rsatilmoqda. Ochiqko'ngil va mehribon xalqimizga shunday qiyin davrni to'g'ri tushungani uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi o'zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi va birgalikda barcha mashaqqatni engib o'tadi deb qattiq ishonamiz.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati