Yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida, barcha soha vakillari xalqimizning zararsiz bu sinovli kunlardan o'tib ketishi uchun fidoiylarcha mehnat qilmoqda
1198
Shular qatori yurtimizning elektr energiyasi bilan bog'liq masalasi bugungi kunning bosh vazifasiga aylangan Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi xalqimizni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlashdagi ahamiyati o'zgacha.
Prezidentimizning tashabbusi bilan 2017 yilning dekabr oyida investitsiya dasturi asosida qurilishi boshlangan, Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida yangidan 280 Megavattlik ikkita bug' gaz inshoati 2020 yilda qurib bitkazildi.
Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan Xorazm viloyatini 100 foiz elektr energiyasi bilan ta'minlovchi issiqlik elektr stantsiyasi bo'lib, undagi yuqori gaz bosimi bilan ishlash holatini hisobga olib bugungi sovuq ob-havoda Qoraqalpog'iston Respublikasiga tabiiy gaz bosimi qo'shimcha ajratilmoqda va shuning hisobidan xonadonlarda gaz bosimining haddan ziyod pastlab ketishining oldi olinmoqda.
Hozirgi vaqtda Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash bo'yicha ishlar kuchaytirilgan rejimda olib borilayotgan bo'lib, 24 soat davomida aholini elektr energiyasi bilan doimiy ta'minlash bo'yicha barcha choralar ko'rilmoqda.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmati